University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet65/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Savol va topshiriqlar

1. Juft so‘z deganda nimani tushunasiz?


2. Тakroriy so‘z deganda-chi?
3. Juft va takroriy so‘zlar sodda so‘zlardan ma’no jihatdan qanday farq qiladi?
4. Juft va takroriy so‘zlar qanday yoziladi?
5. Qisqartma so‘zlar deganda nimani tushunasiz?
6. Qisqartma so‘zlar qanday usullar bilan hosil qilinadi?
7. Mustaqillik davrida vujudga kelgan qisqartma so‘zlarga misollar keltiring va ularni kengaytiring.
Tayanch so’z va iboralar: grammatika, so’zning grammatik maʼnosi, grammatik shakl, so’zlarning sintetik shakli, analitik shakli, juft va takroriy shakli, aralash hamda nol ko’rsatkichli shakllari, grammatik kategoriya, grammatik maʼno, morfologiya, sintaksis.
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. Gaplarni fonetik, morfologik va so‘z tarkibi bo‘yicha og‘zaki tahlil qiling.

Bizni ona yanglig‘ oq yuvib, oq taragan Vatanni sevmoq bu muqaddas burchdir. (M. A. Sholoxov) Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon yerida ildiz otsin. (I. S. Тurgenev) Bizga ota-onalar, bolalar, xesh-u aqrabolar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz «Vatan» otli so‘zda mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, axir, qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan. (Siseron)




2-mashq. O‘qing. So‘zlarni turkumlarga guruhlab daftaringizga ko‘chiring.

1. Bir narsaga so‘z berdingmi, uni, albatta, bajar. So‘zda turish imon alomatidir. Buni yaxshi bilib ol. 2. Yolg‘onchining muruvvati bo‘lmaydi. U har insonga zahar sochadi. Yolg‘onchiga ishonma, so‘ziga aldanma. 3. Biror narsa haqida faqat imonlilar bilan maslahatlash. Bu maslahat seni faqat yaxshilikka erishtiradi. 4. Intiqom olgan yaxshi odam emas. Yaxshi odam intiqom olmaydi. 5. Qadringni bilganing sayin imonli bo‘lasan, qadringni bilmasang, sharmanda bo‘lasan. 6. Dunyoda vaqt juda qimmatlidir. Vaqtning qadrini bil. Ne yoziqki, ko‘p odamlar buning qadriga yetmaydilar. 7. Ishlagan kishi vaqt qiymatini, dangasalar esa vaqtlarining qiymatini bilmaydilar, o‘zlarini yomonliklardan qutqara olmaydilar. 8. Xayrli ishni niyat qilgan vaqtingda uning mevasiga shoshilma, toki hoy-u havasning shaytoni seni yengmasin.


(M. Kamol)

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling