University of economics and pedagogy


IV bosqich. Testlar bilanishlash


Download 1.79 Mb.
bet73/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

IV bosqich. Testlar bilanishlash:

1.To`g`rilik bilan xiyonat, bilan diyonat chiqisha olmaydi. Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini va gapdagi vazifasini toping.


A) 4 ta, to`ldiruvchi va ega vazifasida
B) 3 ta, barchasi ega vazifasida
C) 3 ta, to`ldiruvchi va ega vazifasida
D) 4 ta, barchasi ega vazifasida

2. Qaysi qatordagi atamalar morfologiyaga tegishli?


A) kirish so`z, bosh so`z, undalma
B) ismlar, lug`aviy shakllar, mavhum otlar
C) lug`aviy ma'no, ma'nodosh, ko`p ma'nolilik
D) taqlid so`z, juft so`z, badiiy uslub

3. "Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari yetaklaydi", -dedi bobo sevinchdan ko`zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so`z turkumidan yasalgan?


A) sifat, son, ot, fe'l
B) olmosh, son, sifat, fe'l
C) olmosh, ot, sifat
D) ot, sifat

4. Qismlari mavhum otlardan iborat bo`lgan juft otlar qaysi qatorda berilgan?


A) yig`im-terim, kam-ko`st, huzur-halovat
B) orzu-armon, ko`cha-ko`y, savdo-sotiq
C) kuch-g`ayrat, his-tuyg`u, aql-idrok
D) fan-texnika, arzon-garov, odob-axloq

5. Shu sevinch, ikkovlariga ham kuch-g`ayrat, dadillik baxsh etgandek bo`ldi. Ushbu gapda mavhum otlar sonini aniqlang.


A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

6. Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar...


A) shaxs otlari B) faoliyat-jarayon otlari
C) turdosh otlar D) bunday ta’rif yo’q

7. Iste'dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil To`xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she'rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar. Ushbu gapda nechta shaxs oti ishtirok etgan hamda ularning nechtasi yasama hisoblanadi?


A) 3 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama
B) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama
C) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 5 tasi yasama
D) 8 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 7 tasi yasama

8. Qaysi gapda uyushiq to`ldiruvchi faqat shaxs otlari bilan ifodalangan?


A) Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo`yardi.
B) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo`lga tushdim.
C) Maxdum bo`ychan, siyrak mo`y, oq tan, istarasi issiq bir domla edi.
D) O`n-o`n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori
boshidan kechirdi.

9.O`rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlarni aniqlang.


A.Mahalla, bostirma, bezak
B.Ko`cha, guzar, shahar
C.Qishloq, to`mlam, toshloq
D.Tugma, achitqi, qamishzor

10. Narsa nomlarini toping.


A.Bezak, siniq, ichki
B.Teshik, tiniq, tashqi
C.Tilak, uchuq, turtki
D.Kesik, yetuk, yozgi

11. Qaysi qatordagi so`zlar faqat ot so`z turkumiga mansub?


A.kelma, o`qima, tugma
B.gazlama, childirma, ko`rsatma
C.yasama, qaydnoma, to`qima
D. uchirma, bo`lma, bog`lama

12. Quyidagi grammatik ma'nolardan qaysi biri ot turkumi uchun asosiy va doimiydir?


A) egalik va kelishik
B) son, kelishik.
C) kelishik
D) egalik

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling