University of economics and pedagogy
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
Mavzu yuzasidan mashqlar
1-mashq. O‘qing, ot so‘z turkumining nutqimizda qay darajada ishtirok etishiga diqqat qiling. Ona tilimizni boyitish va sofligini saqlash uchun nimalar qilishimizni bilib oling. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi faqat o‘zbeklar uchungina emas, balki respublikamiz hududida yashayotgan barcha millat vakillari uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki bu qonun o‘zbek tilini Davlat tili sifatida e’tirof etish bilan birga, respublikamizda to‘p bo‘lib istiqomat qilayotgan boshqa xalqlar tillarini ham himoya qiladi. 2-mashq. «Yaxshi so‘z — muxtasar» mavzusidagi matnni o‘qing. Ot so‘z turkumining matnda ishlatilishiga e’tibor bering. YAXSHI SO‘Z — MUXТASAR Bir donishmanddan shogirdlari: — Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz? — deb so‘radilar. Donishmand: — Hech qayerda hech kimga birorta so‘z so‘zlamang, sukut eting, — deb javob berdi. Shunda shogirdlari: — Axir, doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo‘l ko‘rsating! — dedilar. Donishmand shunday maslahat berdi: — Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’noli so‘zlang, og‘zingizdan sira ham nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi, bundan saqlaning. Bayt: Yaxshi so‘zdan ko‘rasan mehr-u vafo, Nomunosib so‘zlasang, yetgay jafo. Ha, til bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham — boshga balo. Shuning uchun donishmandlar so‘zni doriga o‘xshatadilar. «Ortiqchasi zarar keltiradi», — deydilar. Bu fikrni ulug‘ bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» nomli ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan: Тilingni avayla — omondir boshing, So‘zingni avayla — uzayar yoshing. Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik, Ortiq so‘z qiladi va boshni egik. Bu fikrlar bundan o‘n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana qanchadan qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO‘Zga bo‘lgan munosabati hamon turliligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri Тolib Yo‘ldosh shunday izohlaydi: Bir so‘z bilan har kishi O‘zligini ko‘rsatar, So‘z gavharin ko‘pincha Dono olar, ko‘r sotar. Afsuski, o‘zlarining bo‘lar-bo‘lmas gaplari, mahmadonaliklari bilan kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhimi, ularning sog‘lig‘ini, qimmatli vaqtlarini o‘g‘irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalarga ko‘cha-ko‘yda ham, oshxona va majlislarda ham, bazm-u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz. Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshatadi va davom etib yozadi: «Oz gapirmoq hikmatga sabab; oz yemoq — sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni demoq — nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq — hayvonning ishi» Bayt: «Ko‘p demak birla bo‘lmagil nodon, Ko‘p yemak birla bo‘lmagil hayvon». Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. (S. Mo‘minov) Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling