University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet72/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Savol va topshiriqlar
1. Otning lug’aviy ma’nolarini aytib bering.
2. Otning grammatik ma’nolarini aytib bering.
3. Turdosh otlarga misollar keltiring.
4. Atoqli otlarga misollar keltiring.
5. Shaxs otlariga misollar keltiring.
6. Narsa-buyum otlarga misollar keltiring.
7. O’rin-joy otlariga misollar keltiring.
8. Yakka va jamlovchi otlarga misollar keltiring.
9. Sanaladigan va sanalmaydigan otlarga misollar keltiring.
10. Aniq va mavhum otlarga misollar keltiring.
11. Atoqli ot turlarini sanang.
12. Gidronim, toponim, antroponim, mifonim, zoonim, teonim, antroponimlarga misollar keltiring.
I bosqich.Talabalarning bilimlarini tekshirish uchun nazorat savollari:

  1. Ot deb nimaga aytiladi?

  2. Otning lug’aviy ma’nolarini sanang.

  3. Otning grammatik ma’nolarini sanang.

  4. Turdosh va atoqli aotlar haqida gapiring.

  5. Sanaladigan va sanalmaydigan otlar haqida gapiring.

  6. Yakka va jamlovchi otlar haqida gapiring.

  7. Shaxs oti, narsa oti, o’rin-joy otlari haqida gapiring.

  8. Qanday atoqli ot turlarini bilasiz?



II bosqich. Topshiriqlar bilan ishlash:
1.Kichik matn tuzish va undagi ot turkumiga kiruvchi so’zlarni aniqlash .
2. Turdosh otlarni ajratib turlarga ajrating va izohlang.


III bosqich. Mashqlar bilan ishlash:


1-mashq. O‘qing, atoqli va turdosh otlarni aniqlang, ularning farqini izohlang.
Odatda katta iste'dod egalari hayotda ham yorqin shaxslar bo‘ladi. Men Oybek va G‘afur G‘ulom, Mirtemir va Shayxzoda kabi ulkan so‘z san'atkorlari suhbatida bo‘lib, shunday e'tiqodga kelganman. Bu ustozlar kirib kelgan uylarda chiroq yoqilganday bo‘lar, o‘zgacha bir fayz qo‘shilar edi. Aminmanki, Hamid Olimjon, Usmon Nosirlar ham shunday farishtali odamlar bo‘lishgan.
... Usmon Nosirning “Yurak”, “Nil va Rim” she'rlari, “Naxshon” dostoni o‘zbek she'riyati xazinasidan joy olgan. Shoir qilgan tarjimalar bu olijanob san'atning yorqin namunalari sifatida ko‘p avlod tarjimonlar uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.(E. Vohidov)


2- mashq. Murodjon Rahmonovning «Samimiylik» she'rini ifodali o‘qing. Aniq va mavhum otlarni aniqlab, farqini tushuntiring.
Sen borsanki, hayot shirin, ishq barqaror, samimiylik,
Sen borsanki, do‘stlik mangu, yor vafodor, samimiylik.
Sen bor joyda ko‘ngil ravshan, dillar charog‘on hamisha,
Sen bor joyda yo‘q kin, g‘araz, yo‘qdir ozor, samimiylik.
Sen bor joyda turmush go‘zal, kulib boqar baxt, istiqbol,
Sen bor joyda yaxshilik bor, ezgulik bor, samimiylik.
Sen borsanki, sof dil odam, el farovon, zamon xurram,
Sen bor joyda bo‘lmas gumon, yo‘q hyech g‘ubor, samimiylik.
Sen borsanki, ko‘ngillarda doim bahor, samimiylik.
Sen bilandir saodat ham, pok xislatlar, sadoqat ham,
Mangu yasha sen jahonda, bo‘lgin bisyor, samimiylik...



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling