University of economics and pedagogy


Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ma’lumot yozish


Download 1.79 Mb.
bet74/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ma’lumot yozish

Tinglovchi-talabaga besh daqiqa davomida taklif etilgan mavzu bo‘yicha ular biladigan hamma ma’lumotlarini erkin uslubda yozish taklif qilinadi. Besh daqiqa o‘tgandan so‘ng esa ishni ijodiy ravishda yakunlash uchun yana bir daqiqa qo‘shib berish ham yaxshi natijalarga olib keladi. Chunki tig‘iz (kritik) sharoitlarda imkon miyasiga eng yaxshi va samarali fikrlar kelishi mumkin. Keyin esa ularning ba’zilaridan yozganlarini bir-birlariga aytishlarini, munozara qilishlarini yoki barcha sinf o‘quvchilariga o‘qib berishlarini so‘rash mumkin. Ularga ma’ruza davomida qaysi bir fikr, g‘oyalar yoki kimning fikri to‘g‘ri chiqishiga ahamiyat berishni so‘rash ularning fikrini jamlashga va keyinchalik bo‘-ladigan ma’ruzani diqqat-e’tibor bilan tinglashga katta yordam beradi. Bunda, albatta, o‘qituvchi shart-sharoitga va o‘quvchilarning qiziqish darajasiga bog‘liq ravishda bundan boshqa imkoniyatlarni ham keng miqyosda qo‘llashi mumkin.


25-mavzu. Ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari.


Reja:
1. Otlarning birlik va ko’plik shakllari.
2. Otlarning nokategorial shakllari.
Tayanch so’z va iboralar: birlik, ko’plik, nokategorial shakllar.
Mantiqiy zanjir usuli
Bu usul ko‘pincha tezda faollashtirilish va o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatiga etish o‘ta muhim bo‘lgan mavzularni o‘rganishda yoki shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan guruhlarda qo‘llaniladi. O‘qituvchi ushbu mavzu bilan uzviy bog‘liq so‘zlar ketma-ketligini (gapni, fikrni, qoidani, faktni, tushuntirishni, gipotezani, xronologik ketma-ketlikni, sabab-oqibat zanjirini va hokazo) ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va ularni bir qancha alohida so‘z qismlariga bo‘lib, alohida qog‘ozlarga yozib chiqadi. Keyin talabalar (tinglovchilar) guruhlariga fikrlarini jamlab muhokama qilish natijasida, so‘zlarni ma’no-mohiyatiga ko‘ra to‘g‘ri tartibda joylashtirish vazifasini beradi. Bir qancha tinglovchi/talaba bu ishni bajarib, guruh yagona bir xulosaga kelganidan so‘ng, o‘qituvchi ularga bu fikr o‘rganilayotgan ma’ruza matnida qanday ma’noda kelishiga e’tibor berishni va ma’ruzadan so‘ng uni iloji boricha aniqroq va batafsilroq aniqlashga harakat qilish kerakligini bildiradi. Demak, endi talabalar ma’ruza davomida bu so‘z/fikr qachon va qay tarzda hamda qanday ma’noda kelishiga alohida e’tibor beradilar, ya’ni ularning fikri ma’ruza davomida bir tomonga yo‘naltirilgan (fokuslashgan) holatda bo‘ladi. Yo‘naltirilgan fikr-e’tibor esa ularga mavzuni aql nuri bilan yoritishga va undan tegishli ma’noni atroflicha o‘qishga olib kelishi tabiiy.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling