University of economics and pedagogy


Shartsiz optimallash masalasini yechish usullari


Download 215.95 Kb.
bet2/8
Sana02.06.2024
Hajmi215.95 Kb.
#1835634
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
J.Xamidjonov

2.Shartsiz optimallash masalasini yechish usullari
Chiziqsiz optimallash masalasi har xil usullarda yechiladi. Ixtiyoriy sonli o‘zgaruvchili funksiya ekstremumini izlab topish quyidagicha amalga oshiriladi.
Avvalo izlash boshlang‘ich nuqta kooordinatasi beriladi. Izlash vaqtini qisqartirish uchun, iloji boricha boshlang‘ich nuqta izlanayotgan ekstremumga yaqin tanlash kerak bo‘ladi. Agar real (aniq) masala yechilayotgan bo‘lsa, u holda mutaxassis hamma vaqt ekstremum topiladigan kutilayotgan sohani biladi va boshlang‘ich nuqtani unga yaqin qilib tanlaydi. Agar yechilayotgan masalani shu soha mutaxassisi yechmayotgan bo‘lsa, u holda boshlang‘ich izlash nuqtasi yaxshi tanlanmasligi mumkin. Boshlang‘ich yaqinlashuv nuqtasini tanlashning eng asosiy talablaridan biri maqsad funksiyasi bu nuqtada noldan farqli bo‘lishi kerak, ya'ni .


5.1 rasm

Ekstremumni izlashning asosiy g‘oyasi quyidagidan iborat:


1. . Boshlang‘ich nuqtani berish.
2.Berilgan nuqtada birinchi qadamda bj harakat yo‘nalishini aniqlash.
3. t1 qadam kattaligini qabul qilish.
4.Birinchi qadam oxiri koordinatasini aniqlash.
5.Birinchi qadamda ekstremum belgisi qiymatini hisoblash.
6.Ekstremum belgisi bajarilishini tekshirish.
Agar shart belgisi bajarilsa, u holda shu nuqtada ekstremum topilgan bo‘ladi, aks holda esa keyingi qadam bajariladi.
Izlash usuli deb shunday usulga aytiladiki, unda b yo‘nalishni va t qadam kattaligini aniqlash uchun faqat maqsad funksiyasi qiymati ishlatiladi.
Bunday usullarga nolinchi tartibli usullar deyiladi. Gradient usullar ham mavjud bo‘lib, ularga birinchi tartibli usullar deyiladi va ular b yo‘nalishni va t qadam kattaligini aniqlashda maqsad funksiyasi birinchi tartibli differensiali qiymatini ishlatadi va uning gradienti aniqlanadi.
N'yuton usuli ham mavjud bo‘lib, unga ikkinchi tartibli usullar deyiladi va ular b yo‘nalishni va t qadam kattaligini aniqlashda maqsad funksiyasi ikkinchi tartibli differensiali qiymatini ishlatadi.

Download 215.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling