Unli tovushlar Unli fonemalar sistemasi Unli va undosh fonemalari
Download 23.5 Kb.
|
Vokalizm sistemasining fonologik tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Singarmonizm.
- Assimilyatsiya.
Unli fonemalar sistemasi
Tilning uch darajadagi (yuqori, o‘rta va quyi) ko‘tarilish va lablanishlabnanmaslik belgilari kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy (konstitutiv) belgilari hisoblanadi. Unlilar qatori (old qator, o‘rta qator va orqa qator) so‘z shakl tarkibidagi pozitsiyaga bog‘liq belgi bo‘lgani uchun unlilarning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi. Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifini quyidagi jadvalda ko‘ring: Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra o‘zbek tilining unli fonemalari oppozitsiyasi «uch pog‘onali», lablanish belgisiga ko‘ra ikki sinfli to‘rtburchak sistemadir. Keng o a o‘rta keng (o‘rta tor) o‘ e tor u i Lablanish belgisi tor unlidan keng unliga qarab kuchsizlanib boradi: u –kuchli lablangan, o‘ – kuchsizroq lablangan, o – o‘ta kuchsiz lablangan. Yuqoridagi unli fonemalar tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra bo‘linishida (o,a: o‘, e: u, i:) kenglik, o‘rta kenglik, torlik belgilari shu mikrostruktura elementlari uchun birlashtiruvchi, mikrostrukturalar uchun esa farqlovchi belgi rolini o‘ynaydi. Bu unlilar bir belgiga asoslangan quyidagi teng huquqli oppozitsnyalarni hosil qilishi mumkin: lablanish belgisining bor-yo‘qligiga ko‘ra: (o-a, o‘-e, i-u), kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra umumiy, lablanish belgisiga ko‘ra farqli belgiga ega, kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra: o (kompakt, ochiq), u (diffuz,yopiq), a (komlakt; ochiq), i (diffuz, yopiq), shu bilan birga, mazkur ikki oppozitsiya a’zolari o‘rta ko‘tarilish (yarim ochiq, yarim yopiq) unlilariga, bir tomondan, «kompakt-kompakt emaslik», ikkinchi tomondan, «diffuz-diffuz emaslik» belgisiga ko‘ra oppozitsiyaga kirishadi: o (kompakt) – u (kompakt emas) a (kompakt) – o (kompakt emas) i (diffuz) – e (diffuz emas) u (diffuz) – o‘ (diffuz emas). Unlilarning yuqoridagidek oppozitsiyasini A.M.Shcherbak shunday aks ettiradi. a – e, e – i lablanmagan (oddiy tonnalik) o – o‘, o‘ – u lablangan (bemol’ tonnalik) ochiq yopiq yarim yarim ochiq yopiq A.A.Abduazizov o‘zbek tili unlilarining ikki farqlovchi belgisiga ko‘ra ham oppozitsiyasini ko‘rsatadi.2 Bunga asosan, unlilar quyidagicha oppozitsiyaga kirishadi: (i-u) yopiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan: (i-o) yopiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan) (e-o) yarim yopiq, lablanmagan – ochiq, lablangan) (a-u) ochiq, lablanmagan – yopiq, lablangan) (a-u) ochiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan) Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili unlilarining bir belgi asosida farqlanuvchi uchta oppozitsiyasi, ikki belgi asosida farqlanuvchi oltita (unda lablanish belgisi bilan tilning ko‘tarilish darajasi belgisi birga olinadi) jami 9 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud. Agar lablanish belgisi bilan tilning ko‘tarilish belgisi alohida olinsa, o‘zbek tilida 13 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud bo‘ladi. Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutk jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib kolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning kombinatorpozitsion (lot. combinare — qoʻshmoq, birlashtirmok va positio — holat, joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. accomodatio— moslashish) — yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g , x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) — muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan Fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (yun. rgokore) — soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope — qisqartirish) — soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore — tugallanmani qisqartirish) — soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi Fonetik oʻzgarishlar kuzatiladi: eliziya (lot. elisio — siqish, siqib chiqarish) — unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Mac, yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi — aloqa, bogʻlanish) — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan F.oʻ.: ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) — oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kucheizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk > kioska kabi. Reduksiya (qarang) ham nutqda muayyan fonemaning kucheiz talaffuz etilishi yoki tushib qolishi bilan bogʻliq Fonetik oʻzgarishlardan biridir. Kombinator va pozitsion o`zgarishlar, singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, proteza, epenteza, eliziya, diereza, reduksiya, apakopa, sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa. Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo`shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon bo`ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o`zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga almashadi. Nutq jarayonida sodir bo`ladigan o`zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o`zgarishlari deyiladi. Masalan, rus tilidagi лодка va город so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi. Лодка va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta’sirida yuz bersa, город va obod so`zlari talaffuzida o`zgarish tovushning so`z tarkibidagi mavqeyi bilan bog`liqdir. Birinchi holat kombinator o`zgarish bo`lsa, ikkinchi holat pozitsion o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz. 1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o`zgarishi farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o`zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg`unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir. Uning ikki asosiy ko`rinishi mavjud: a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi. Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam so`zidagi [q] undoshi chuqur til orqa undoshi bo`lganligi bois, birinchi bo`g`indagi [a] unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo`ladi. Buning natijasida esa keyingi bo`g`inda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi. Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo`ladi. Bunda unlilar ham til oldi - til orqalik jihatidan, ham lablanganlik- lablanmaganlik jihatidan o`zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga ko`ra, so`z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo`lsa, so`z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So`z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo`lsa, so`z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo`ladi. Masalan, boshqird, sog`in, bo`g`in so`zlaridagi kabi. 2. Assimilyatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo`ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi: ket+di=ketti, ayt+di=aytti, ot+dan=ottan, yurak+ga=yurakka. Keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, uch+so`m=usso`m, tuz+sin=tussin. Rus tilida отдать so`zi oддать tarzida talaffuz etiladi. Bu ham regressiv assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisban nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o`ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so`zining talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo`lmog`i lozim. Assimilyatsiya to`liq va qisman bo`lishi mumkin. To`liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi va to`lig`icha uning tusiga kiradi. Yuqorida keltirilgan so`zlarning hammasi to`liq assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Qisman assimilyatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biror tomondan qisman o`xshatadi (moslashtiradi): osh+ga-oshka, ish+ga-ishka so`zlarida jo`nalish kelishigidagi [g] tovushi oldingi [sh] tovushining ta’sirida [k] tovushiga aylanmoqda. Bu so`zda qisman assimilyatsiya yuzaga kelmoqda, ya’ni [g] jarangli tovushi o`zidan oldingi [sh] tovushiga faqat bir tomonlama – jarangsizlanish tomonidan o`xshamoqda, xolos, lekin to`liq uning tusiga kirgan emas. [Uchta] leksemasining ushta, [pochta] leksemasining poshta deb talaffuz qilinishi ham shu hodisaga misol bo`la oladi. Rus tilidagi кaробкa, вoдкa: inglizcha: goods, cats so`zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud. Download 23.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling