- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma`naviy jarayonlariga yagona rahbarlikni amalga oshirish. Bu moddiy va
ma`naviy boyliklarni taqsimlash ishini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish imkonini beradi;
- ishchilar sinfi va uning partiyasining ijtimoiy va davlat hayotidagi rahbarlik roli;
- hokimiyatning tarmoqlarga bo`linish zaruratini inkor yetish.
Odatda, boshqaruv sotsialistik shaklining uch ko`rinishi: Parij Kommunasi, Sovet respublikasi va xalq-demokratik (xalq)
respublikasi qayd etiladi. Ular asosida esa prolyetariat diktaturasi tamoyili yotadi.
Ma`lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan. Uning fuqarolari ham xuddi shu
hududda istiqomat qilishadi. O`zining ijtimoiy funksiyalarini bajarish - fuqarolarning iqtisodiy
turmushi va himoyasini tashkil yetish, sug`urta zahiralarini yaratish va hokazolar uchun davlat
turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Ammo aholining soni ancha ko`p, hududiy o`lchami katta
bo`lgan sharoitlarda bir markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish - qariyb uddalab
bo`lmaydigan vazifadir.
Fuqarolar soni va hudud ko`lami muayyan chegaraga yetganda mamlakat hududini okruglar,
viloyatlar, o`lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tuman singari hududlarga bo`lish hamda shu
hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug`iladi. Shu
tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o`rtasida vakolatlarni
bo`lish ehtiyoji ham paydo bo`ladi. Bu davlat (hududiy) tuzilishi zaruratini keltirib chiqaradigan
birinchi sababdir.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |