Parlamentlik monarxiya mamlakatlari (hozirgi Angliya, Belgiya,
Norvegiya, Shvetsiya)da qirol shoxlik vazifasini o`tasada, mamlakatni
to`la ma`noda boshqarolmaydi. Hukumat parlament tomonidan
saylovlarda ko`p ovoz olgan muayyan partiyalar vakillaridan iborat qilib
shakllantiriladi. Eng ko`p deputatlik mandatlariga ega bo`lgan partiya
rahbari hukumat boshlig`i bo`ladi. Qonun hujjatlari parlament
tomonidan qabul qilinib, rasman monarx imzolaydi. Shunday qilib,
qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud sohalarida monarx hokimiyati ramziy
ma`noga ega.
Respublika (lotincha Respublisa - xalq ishi) - davlat hokimiyati aholi muayyan muddatga
saylab qo`yadigan organlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv shaklidir. Respublika ham
monarxiya singari muayyan tarixiy xususiyatga ega. Boshqaruv respublika shaklining bir qancha
turlari mavjudligi tarixdan ma`lum. Ular quldorlik sharoitlaridayoq namoyon bo`la boshlagan edi.
Demokratik respublika Afina davlatida (eramizgacha V-IV asrlar) mavjud bo`lgan. Buni
jamiyatning ijtimoiy tarkibi, quldorlikning shu yerga xos xususiyati, ya`ni ozod afinaliklarni qulga
aylantirishning istisno etilganligi, quldor jamoalar bo`lganligi, davlat boshqaruvining samarali
tizimi mavjudligi bilan izohlash mumkin edi.
Sparta (eramizgacha V-IV asrlar) va Rim davlati (eramizgacha V-II asrlar) aristokratik
respublikalar hisoblanadi. Davlat sifatida ular ko`proq aholining aristokratik qismi manfaatlarini
ifodalardi.
Kapitalizm davri parlamentar (parlament) respublikasi hamda prezidentlik
Do'stlaringiz bilan baham: |