respublikalarni vujudga keltirdi.
Parlamentar respublikalarning boshqalardan farq qiluvchi xususiyati hokimiyat
pog`onalarida kelishmovchiliklarning bo`lmasligidir. Zero, ijroiya hokimiyati
boshlig`i (bosh vazir) va uning mahkamasi parlament, to`g`rirogi, parlament
a`zolarining ko`pchiligi tomonidan tayinlanadi va nazorat qilinadi. Hukumat qonun
chiqaruvchilar ko`pchiligi qo`llab-quvvatlab turgan muddatlardagina o`z
vazifalarini bajara oladi. Bunday ko`pchilikdan mahrum bo`lganda esa, mazkur
hukumat iste`foga chiqishga majbur bo`ladi. Odatda, parlament respublikalarida
prezident katta rol o`ynamaydi: ijroiya hokimiyati go`yo qonun chiqaruvchi
hokimiyatning davomi sifatida ish olib borishi tufayli hokimiyat tarmoqlari
o`rtasida vujudga kelishi mumkin bo`lgan ixtiloflarning oldi olinadi.
Biroq, parlament respublikasi ham kamchiliklardan xoli emas. Partiya tizimining o`ta mayda
bo`laklarga
bo`linib
ketganligi
shunday
kamchiliklardan
biridir.
Mazkur
hol
parlament
koalitsiyalarining ham maydalashuviga, bu esa, o`z navbatida hukumatning beqarorligaga olib keladi.
Muayyan sharoitlarda, hatto ozchilikni tashkil etuvchi ekstremistik partiyalar ham, parlament
ko`pchiligi koalitsiyasining bir qismi bo`lib qolishi mumkin. Bu esa, mamlakatga ijroiya va qonun
chiqaruvchi hokimiyatlar o`rtasidagi ziddiyatlardan kam bo`lmagan jiddiy salbiy oqibatlar keltirishi
mumkin.
Boz ustiga, parlament respublikasida shu parlament oddiy ko`pchiligi kuchi bilan mustabidlikni
Do'stlaringiz bilan baham: |