Unsurlari Boshqaruv shakli


- «noto`g`ri» (zolimlik va istibdod) shaklga ega monarxiyalarni ajratib


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana28.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1732105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Davlat shakllari Muftillayeva Gulruh @@

- «noto`g`ri» (zolimlik va istibdod) shaklga ega monarxiyalarni ajratib
ko`rsatgandi. Hozirgi zamon olimlari yuridik asoslarnigina hisobga
olishadi. Ularga ko`ra, cheklangan monarxiya (feodalizm davrida)
tabaqaviy-vakillik
hamda
konstitutsiyaviy
monarxiyaga
bo`linadi.
Konstitutsiyaviy monarxiya o`z navbatida dualistik va parlamentlik
monarxiya (kapitalizm davrida) ko`rinishlariga egadir.


Konstitutsiyaviy monarxiya burjuaziya jamiyatining shakllanish davrida paydo bo`lgan. U shunday
boshqaruv shaklidan iboratki, bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan cheklangan bo`ladi. Bu esa,
parlament tasdiqlaydigan konstitutsiyada mustahkamlanadi. Uni o`zgartirishga monarxning haqi yo`q. Shu
asosda dualistik hokimiyat ikki taraflama xususiyatga ega bo`lishini tushunib olishimiz mumkin (mazkur
so`zning tarjimasi ham shundan guvohlik berib turibdi).
Amaldagi mavjud va yuridik hokimiyat monarx shakllantiradigan hukumat bilan qonunchilik organi
sifatida maydonga chiquvchi parlament o`rtasida bo`linadi. Mamlakatni boshqarish monarx ixtiyorida bo`lib,
vazirlar unga hisob berib turadilar. Hukumat parlamentning partiyaviy tarkibiga bog`lanmagan holda
shakllantiriladi. Boshqaruv dualizmi (ikki taraflamaliliga) shundan iboratki, misol uchun monarx feodallar
manfaatlarini, parlament esa, burjuaziya va boshqa tabaqalar manfaatlarini ifodalaydi.
Bunday boshqaruvga Prussiya, Italiya, Ruminiya (o`tmishdagi) davlatlari misol bo`la oladi. Hozirgi vaqtda
boshqaruvning bu shakli o`z umrini yashab bo`ldi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling