zarur,boshqaruv va davlat tuzilishi shakllari majmui esa, tashqi shaklni tashkil etadi.
Ayrim davlatshunoslar davlatga harakatdagi dinamik va tashkiliy statik tizim sifatida qarashni
taklif etadilar. Shu taklifdan kelib chiqqan holda ular dinamik jihatdan siyosiy (davlat) tartibni,
statik jihatdan esa, boshqaruv shakli va davlat tuzilish shakllarini davlat shakli deb hisoblaydilar.
Yuqoridagilarning
hammasi
yuridik
adabiyotlarda
davlat
shakli
bo`yicha
yagona
tushunchaning yo`qligidan dalolat beradi. Ayni paytda, ushbu tushunchaning an`anaviy
hisoblangan ta`rifi mavjud bo`lib, uni aksariyat olimlar ma`qullashadi, biz ham uni asos qilib
olishni tavsiya etamiz.
Shunday qilib, davlat shakli deganda, uch tarkibiy qismi (Yoki
tomoni) - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli
birlikda
olingan
siyosiy
hokimiyat
tashkiloti
tushuniladi
(S.A.Komarov).
Ushbu ta`rifga e`tiroz bildirmagan holda, biz, e`ti-boringizni «siyosiy
hokimiyat» hamda «siyosiy idora usuli» degan iboralarga jalb yetishni
istardik. Bu iboralar bizga tanish mazkur yo`nalishda tez-tez
qo`llanadi. Fikrimizcha, bu zaruriy shart emas. Shuning uchun ham
ba`zi mu-alliflar diqqatni chalg`itmaslik uchun bu iboralarni shunday
qo`llashadi: siyosiy (davlat) hokimiyat, davlat (siyosiy) idora usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |