jihatdan shakllanib bo`lgan bir qancha kichik davlatlar mustaqil yashashga intilishadi-yu, biroq
tashqi xavf-xatar va ichki qiyinchiliklar ulardan boshqa o`zlariga o`xshash davlatlar bilan
birlashishni talab qilayotginiga ishonch hosil qiladilar. Shunday qilib, ular mazkur birlashuv
nimalardan iborat bo`lishi hamda qanday qonuniy tartibda bu amalga oshirilishi haqida shartnoma
tuzib, yagona davlatni barpo etadilar. Bu birlashuv, odatda, «abadiy» deb e`lon qilinadi.
Shveytsariyada xuddi shunday voqea sodir bo`lgan. U yerda kuchli qo`shnilarga qarshi kurash
davomida dastlab 1321 yili Uri, Shvits, Nidvalden va Obvalden deb nomlangan kichik davlatlar
(kantonlar) strategik jihatidan birlashishdi va keyinchalik «ittifoq yorlig`i»ni taqishdi. 1332 yili ular
federatsiyasiga Lyutsern kantoni qo`shildi. 1352 yili TSyurix, Glarus va TSug federatsiyaga
birlashdi. 1353 yili Bern «abadiy» ittifoqqa qo`shildi. 1415 yili Aargau kantoni Avstriyadan ajratib
olindi va federatsiya tarkibiga kiritildi. Shu yildan boshlab Shveytsariyada har yili o`tka-ziladigan
federal s`ezdlar o`z ishini boshladi.
Ancha keyinroq Amerika Qo`shma Shtatlari xuddi shunday asosda birlashdilar.
Ular dastlab bir-biridan mustaqil 13 ingliz mustamlakasidan iborat bo`lib, ularning
har biri o`zining maxsus siyosiy va konstitutsiyaviy tarixiga ega edi. 1775 yili bu
koloniyalar Angliyaga qarshi kurashda strategik maqsadlarda birlashishdi. 1781 yili,
keyin esa, 1787 yili shtatlar federal konstitutsiyalarini ishlab chiqishdi, ya`ni ular
endi davlatchilik asosida birlashishgandi. Keyin ular safiga Fransiyadan sotib
olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |