Unwto (unwto) ning turini oching)


Tabiiy meroslarga ta’rif bering


Download 89.05 Kb.
bet34/35
Sana05.04.2023
Hajmi89.05 Kb.
#1277015
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
culture javoblar final to\'liq

Tabiiy meroslarga ta’rif bering.

Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, oʻsimliklar, tuproklar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻptina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi.


XX-asrning oxiriga kelib qanday omillar tufayli turizm zamonaviy inson hayotiningstandartiga aylandi?

Zardushtiylik diniga ta’rif bering.
Zardushtiylik, zoroastrizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan din.[1] Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida qoʻllanib kelingan. Z.da "otash" va "quyosh" tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli deb hisoblangan. "Hyp", "otash" Z.ning ramzi, timsolidir. Z.da Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun 3. — mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. 3. taʼlimoti uning muqaddas kitobi — Avestoda bayon etilgan. 3. taʼlimoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va qorongʻulik, hayot va oʻlim oʻrtasidagi kurashga bog'liq, deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi kurash olam dagi jarayonlar mazmunini tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash erkinligiga ega boʻlgan, oʻz faolligi bilan dunyoda adolat tantanasiga taʼsir eta oladigan shaxsdir. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik dinida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtlikning axloqiy taʼlimoti "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topgan. Zardushtning talabiga koʻra, har bir inson tangrining yakkayu yagonaligini eʼtirof etishi, xoh erkak, xoh ayol boʻlsin ilm oʻrganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi — Zardushtlikda eʼtiqod erkinligi mavjud boʻlgan. Zardusht insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinch-totuv hayotni taʼminlash uchun kurashga chorlagan, unda maʼrifat zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi qoʻyilgan. Zardushtlikda har bir inson butun kuchini oʻzini kamolatga yetkazish yoʻliga sarf etmogʻi lozim. Zardushtlik murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.

Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tug'ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht O'rta Osiyodagi ko'pxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki fikr mavjud: birinchisi «G'arb teoriyasi» bo'lib, unga ko'ra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi.


Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.

Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo'lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bog'langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian vedja»)da yoqildi" deyiladi.



Download 89.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling