Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Дэвис Дж. К. Демократия и классическая Греция. – М.: 2004.
2. Карпюк С.Г. Общество политика и идеология классических 
Афин. – М.: 1994.
3. Арский Ф. Н. Перикл. – М.: 1971.
4. Бергер А. К. Политическая мысль древнегреческой 
демократии. – М.: 1966.
5. Лурье С. Я. Эксплуатация афинских союзников. – Вестник 
древней истории, 1947, № 2.
6. Сахненко Л. А. Аристофан и афинские союзники. – Вестник 
древней истории, 1979, № 3.
Asosiy sanalar
Mil.avv. VI asr oxiri 
Ahamoniylar davlatining shakllanishi
hamda Kichik Osiyodagi yunon.
shaharlari va Lidiya podsholigining
bosib olishi.
Mil.avv. VI–V asrlar 
Afinada sport musobaqalarining
rivoj lanishi.
Mil.avv. V asr 
Attikaning kuchayishi.
Mil.avv. 492–490-yillar 
Fors qo‘shinlarining Yunonistonga
bostirib kirishi.
Mil.avv. 481-yil 
Yunon polislari «Yunon ittifoqi»ni tuzdi.
Mil.avv. 448-yil 
«Kalliy» sulh shartnomasining tuzilishi.
Mil.avv. 445-yil 
Afina va Sparta o‘rtasida 30 yilga
mo‘ljallangan tinchlik shartnomasi
imzolandi.
Mil.avv. 444–429-yillar
Periklning Afina demokratiyasiga
rahbarligi.


388
MIL.AVV. V ASR SO‘NGGI CHORAGI – IV ASRDA 
YUNONISTON. POLIS TIZIMINING TUSHKUNLIGI
1. Peloponnes urushlari. 2. Polis tizimining tushkunligi.
1. Peloponnes urushlari. Yunon-fors urushlaridan so‘ng 
Yunonistonda iqtisodiyotning umumiy o‘sishi kuzatildi. Polislar 
o‘rtasida va xalqaro savdo rivojlandi. Bu jarayon savdo-hunar-
mandchilik bilan shug‘ullanadigan polislar o‘rtasida raqobatni 
kuchaytirdi. Ayniqsa, gavjum savdo-hunarmandchilik, dengiz 
savdosi bilan shug‘ullangan Afinaning Korinf va Megara bilan 
raqobati kuchaydi. Afina va Sparta boshchiligidagi ikki kuch-
li harbiy-siyosiy ittifoqlar o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Afina 
yunon polislaridagi demokratik tuzumlarni, Sparta esa oligar-
xiya hukm surgan polislarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi. 
Yana shuningdek, Sparta va Afina o‘rtasida Yunonistonda ye-
takchilik uchun raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes 
urushlariga olib keldi. Urush mil.avv. 431-yilda Sparta qo‘shin-
larining Attika hududiga bostirib kirishi bilan boshlandi. Afi-
na harbiy kuchlarini boshqargan Perikl quruqlikda mudofaa 
taktikasini qo‘llash, dengizda esa faol urush harakatlarini olib 
bo rish kerak, deb hisobladi. Sparta qo‘shinlari Attika hududini 
talon-taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga kirib 
jon saqladi. Tezda shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib, 
xolera epidemiyasi tarqaldi. Xalq norozi bo‘ldi. 15 yil davomi-
da arxont lavozimiga ketma-ket saylangan Perikl birinchi mar-
ta mil.avv. 430-yilda arxont etib saylanmadi. U sudga tortilib, 
jarima to‘lashga majbur qilindi. Lekin mill.avv. 429-yilda u ozi-
ni oqladi va arxont etib saylandi. Ammo u shu yilda yuqumli 
kasallikdan vafot etdi. 
Periklning o‘limi natijasida Afinada siyosiy beqarorlik bosh-
lanib, tinchlik bitimi tuzish tarafdorlari bo‘lgan mo‘tadillar Ni-
kiy va savdo-hunarmandlar manfaatlarini aks ettirgan radikal 
demokratlar Kleon boshchiligida o‘zaro kurash boshladilar. 
Natijada davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini olib borish 
tarafdori bo‘lgan Afina demokratiyasining vakillari qo‘liga o‘tdi. 
Uning rahbarlaridan biri Kleon kelib chiqishi hunarmandlar-
dan bo‘lgan ustaxona egasi edi. U ajoyib notiq, shijoatli siyosat-


389
chi bo‘lib, urushni g‘alabagacha davom ettirish tarafdori edi.
 
Uning davrida Afina floti Peloponnes qirg‘oqlarida faol urush 
harakatlarini boshladi. Afinaliklar mil.avv. 425-yil Messeni-
yadagi muhim Pilos hududi va uning qarshisidagi Sifakteriya 
orolchasini bosib oldilar. Spartaliklarning ahvoli og‘irlashib 
qoldi. Ular urush harakatlarini shimolga – Frakiyaga ko‘chir-
dilar. Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan ittifoqdan 
chiqdi. Mil.avv. 422-yilda Amfiopol shahri yaqinida katta jang 
bo‘lib, har ikki tomondan ko‘plab qurbonlar berildi. Afinaliklar 
Kleon boshchiligida jangda yengildilar.
Yunonlar uchun urush faqat ba’zida bosqinlar o‘tkazish va 
dushman shaharini qamal qilish bilan cheklangan. Chet el 
bosqinchilari bilan urush siyrak bo‘lgan. Sarkardalar o‘z askar-
larining intizomi, jangovar qobilyatiga, jang bo‘ladigan joyda qu-
lay o‘rnashishga suyangan. Jang boshlanishi bilan jangchilarni 
boshqarish qiyin bo‘lgan. Bir yoki bir necha sarkardalarning 
o‘limi yoki qochishi, qo‘shinda hujumga o‘tishga qo‘rquv, va-
himaga, to‘s-to‘polonga sabab bo‘lgan. Yunon qoshinining aso-
siy qismi og‘ir qurollangan piyodalar (goplitlar) bo‘lib, ular yelka-
ma-yelka saf tortib (falanga) jang qilganlar. Ular bardosh berib, 
safni buzmay o‘z qatorlari bilan himoya qilinganlaar. Lekin ular 
vahimaga tushsalar, saflari buzilib, dushman 30 kg og‘irlikdagi 
qurol-aslahali goplitlarni yakka-yakka to‘zitib yuborishi oson 
bo‘lgan. 
Ahmoniylar bu urushda har ikki raqib tomonlar bilan mu-
nosabatda o‘z foydasini ko‘zlab ish olib bordilar. Kariya satra-
pi, tajribali diplomat Tissafern Kichik Osiyodagi yunon koloni-
yalarini fors davlatiga qaytarish sharti bilan mil.avv. 412-yil 
Sparta ga yordam ko‘rsatdi. Mil.avv. 411-yilda esa u Alkiviad 
vositachiligida Afina bilan muzokara olib bordi. Har ikki to-
mondagi urushni davom ettirish tarafdorlarining kuchlari zaif-
lashdi. Natijada Afina bilan Sparta o‘rtasida 50 yil muddatga 
tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning elchi-
si Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi. Ammo bu 
tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada mil.avv. 420-yilda Sparta
bilan urushni davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani Al- 
kiviad boshchiligida hokimiyatga keldilar va bir necha Pelo-
ponnes polislarida Spartaga qarshi fuqarolarning chiqishini 
uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish g‘oyasini ilgari 
surdi. Bundan tashqari, Janubiy Italiya, hatto Karfagenni 


390
bosib olishni orzu qildi. Uning istilochilik rejalari Afinada keng 
qo‘llab-quvvatlandi. Mil.avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya ora-
lig‘idagi Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyas-
ini uyushtirdilar. Alkiviad bu urushda qatnashmadi. Chunki 
u urush boshlanishida diniy jinoyatda ayblanib, Spartaga qo-
chib ketdi. Spartaning yordami bilan Sirakuza Afina qo‘shin-
larini tor-mor qildi. Natijada 7000 afinalik asirga olinib, qul 
qilindi. Afina dengiz flotining Sitsiliyadagi halokati natijasida 
uning dengiz davlati qudratiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari 
bo‘lgan bir necha yirik shahar va orollar vaziyatdan foydalanib, 
Afinadan ajralib ketdi. 
Yunon polislarida maxfiy siyosiy ittifoqlar – geteriyalar tuzi-
lar edi. Geteriyalarni tuzishdan asosiy maqsad, saylovlarda 
o‘zaro yordam uchun o‘z a’zolarini sudda himoya qilish, diniy 
muloqot qilish edi. U oligarxiya va demokratiya yo‘nalishlarida 
tuzilgan. Afinada mil.avv. 411–404-yillardagi oligarxik to‘nta-
rishlarda geteriya muhim rol o‘ynadi. Sparta o‘z hukmronligini 
o‘rnatishning tayanchi deb qarab, uni qo‘llab-quvvatladilar. 
Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon sha-
harlariga o‘z ta’sirini kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarx-
lar bosib oldilar (mil.avv. 411-yil) va ular Sparta bilan tezda 
tinchlik o‘rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushi-
ning ikkinchi bosqichi Dekeley urushi (mil.avv. 415–404-yillar) 
deb ataldi. Spartaliklar Qora dengizga boradigan yo‘llardagi 
bo‘g‘ozlarni bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan ta’min-
lashni qiyinlashtirdi. Afinaning yunon dunyosidagi obro‘-e’tibori 
tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning gegemonligi o‘rnatildi. 
Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab, har ikki tomon-
ga yordam berib turgan, aslida Afina va Sparta munosabat-
larini keskinlashtirgan Eron asta-sekin yunon polislarida o‘z 
ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda, biror-bir yunon polisi bu 
urushdan foyda ko‘rmadi, aksincha, bu urush yunon

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling