Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
6. Notiqlik san’ati. Yunon shahar-davlatlarida demokratik
tartib-qoidalarning o‘rnatilishi, fuqarolarning xalq yig‘ini, sud ishlarida faol ishtiroki notiqlik san’atining rivojlanishiga sa- bab bo‘ldi. Sudda so‘zlanadigan nutqlar keng qiziqish uyg‘otdi. Qadimgi mifologiya qahramonlari hikoyasiga yoki maqtoviga bag‘ishlab tuzilgan namunaviy nutqlar keng tarqalgan. Notiqlik san’atiga arzimas haq evaziga o‘qitilgan. Afina notiqlik san’ati markazi bo‘ldi (mil.avv. V asr). Afina notiqlari uch xil: siyosiy, 405 sud, tantanali nutqlar tuzganlar. Sud nutqi bo‘yicha Lisiy (mil. avv. 459–380-yillar) shuhrat qozondi. U Afina fuqarolariga pul evaziga sudda ko‘riladigan ish uchun ayblovchi, oqlovchi nutqlar tuzib berdi. Ikkinchi bir mashhur notiq Isokrat (mil.avv. 436–338-yillar) edi. Mil.avv. 391-yilda Isokrat notiqlik san’ati maktabini ochdi. Isokratning bu maktabida mashhur notiqlar Demosfen, Giperin, Esxin, Likurg va tarixchilar Feopomp, Efor va Filistlar yetishib chiqdi. Isokrat kuchli ovozga ega bo‘lma- ganligi sababli, omma oldida kam nutq so‘zlagan. Isokrat siyo- siy targ‘ibot olib bordi. U Afinada Periklgacha bo‘lgan aristokra- tik tuzumni maqtab, o‘zining publitsistik to‘plamlarini tarqatdi. Isokrat o‘tmishni ko‘klarga ko‘tarib, yunonlarni makedoniyalik Filipp atrofida jipslashib, Sharqda eski dushman – Eron usti- ga yurishga chaqirdi. Ehtimol u Makedoniyaning kuchayishi Yunonistonga qanday xavf tug‘dirishini bilmagan edi. Afsonaga ko‘ra, yunonlarning Xeroniya yonidagi mag‘lubiyatidan so‘ng mil.avv. 338-yilda Isokrat o‘zini ochlikdan o‘ldiradi. Isokratning eng yaxshi o‘quvchilaridan biri afinalik mash- hur siyosiy arbob Demosfen (mil.avv. 384–322-yillar) Afinada- gi antimakedon guruhning murosasiz rahbari edi. Demosfen boshidayoq Makedoniyaning kuchayishi Afina demokratiyasi va mustaqilligi uchun halokatli ekanligini ko‘ra bilgan edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling