Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Yunon tragediyasi. Yunon tragediyasining mil.avv. V asr-
dagi yuksak parvozi uch buyuk tragik shoirlari – Esxil, Sofokl, 
Yevripid va komediograf Aristofanlar asarlari bilan belgilanadi. 
Esxil. Yunon tragediyasining asoschisi Esxil (mil.avv. 
525–456-yillar) hisoblanadi. Afina yaqinidagi Elevsin sha-
harchasida tug‘ilgan Esxil 30 yoshida o‘z tragediyalari bilan 
shuhrat qozonib, 20 yil davomida yunon tragediyasining birin-
chi darg‘asi bo‘lib keldi. Lekin mil.avv. 468-yil yosh Sofokldan 
mag‘lub bo‘lib, faqat o‘n yildan keyin «Oresteya» trilogiyasi bilan 
g‘alaba qildi. Shundan so‘ng Esxil Sitsiliyaga ko‘chib o‘tib, u 
yerda vafot etdi. Uning 70 ta tragediyasidan 7 tasi yetib kelgan. 
Shoirning «forslar» (mil.avv. 472-yil) tragediyasi Salamin jangi-
ga bag‘ishlangan. «Zanjirband Prometey» tragediyasida erkinlik 
g‘oyasi ilgari suriladi.
Sofokl. Esxildan so‘ng Attika teatrida Sofokl (mil.avv. 
496–405-yillar) yetakchi o‘rinni egalladi. Sofokl ko‘pgina ras-


404
som, faylasuflar hamda Perikl bilan do‘st edi. Sofokl Afina den-
giz ittifoqining xazinachisi, strateg lavozimini egalladi. U teatr-
ga uchinchi aktyorni olib kirdi, xor ishtirokchilarini ko‘paytirdi. 
Sofokl mahsuldor ijod qilib, 123 ta komediya yozdi, undan 7 
tasi bizgacha yetib kelgan. Shoirning «Shoh Edip», «Antigona», 
«Fivaga qarshi yetti», «Agamemnon», «Xoeforalar», Yevmenid», 
«Gerakl», «Avlidadagi ifigeniya», «Gekuba», «Androomaxa», «Ion», 
«Yelena», «Edip Kolonda» asarlarida axloqiy va etik muammolar 
ko‘tariladi. 
Yevripid. Yevripid (mil.avv.480–406-yillar) polis mafkurasi-
ning tushkunligi davrida ijod qildi. Uning asarlari falsafiy ruh-
da bo‘lib, faqat to‘rt marta g‘olib bo‘ldi xolos. Lekin 100 yildan 
so‘ng uning tragediyalari ellin teatrlarining barchasida qo‘yildi. 
Natijada Yevripidning 90 asaridan 18 tasi saqlanib qoldi. Shoir 
«Vakxankalar», «Gerakl», «Medeya», «Ippolit», «Iffegeniya» trage-
diyalarida insonning chuqur ruhiy dunyosi, his-tuyg‘usini aks 
ettirdi. Bu asarlar jahon teatri sahnasidan tushmay kelmoqda.
Attika teatrida tragediyadan tashqari komediya (mil.avv. 
445–386-yillar) janri ham keng tarqalgan. Bizgacha yetib kel-
gan komediyalarning ko‘pchiligi Aristofan qalamiga mansubdir. 
Aristofanning «Tinchlik», «Axaryaliklar», «Lisistrat», «Suvoriy-
lar», «Qurbaqalar» va «Bulutlar» komediyalarida mil.avv. V asr 
yunon dunyosining siyosiy ziddiyatlari hajv qilinadi. Aristofan-
dan II komediya qolgan. Mil.avv. IV asrda Yunonistonda 15-20 
ming kishilik teatrlar qurilishi avj oldi. Afinadagi mashhur Di-
onis teatri marmardan yarim doira shaklida tepalikda qurilgan 
edi. Barcha fuqarolar teatr tomoshalariga borganlar. Teatrga 
kirish uchun fuqarolarga pul berilgan. Yunon teatri omma-
viy san’at o‘chog‘iga aylandi. Mil.avv. VI–V asrlarda yashagan 
yarim afsonaviy Ezop masal janrida ijod qilib, allegorik obraz-
larni yaratdi. Rivoyatga ko‘ra u ozod bo‘lgan qul bo‘lib, Lidiya 
hokimi Krez saroyida yashagan. Qadimda Ezopning bir necha 
masallari ma’lum edi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling