Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Adabiyot va teatr. Mil.avv. VIII–VI asrlarda yunon 
madaniyati taraqqiyotida qadimgi Sharq madaniyatining ta’siri 
kuchli bo‘ldi. Yunonlar o‘zlarining Kichik Osiyodagi shaharlari 
orqali qadimgi Sharqning boy madaniyati bilan tanishdilar. 
Bu davrning asosiy madaniy o‘choqlari (Yunonistonning o‘zida 
bo‘lmay) Kichik Osiyodagi Milet shahri, Lesbos va Samos orol-
larida edi. Adabiyotda poeziya janri rivojlandi. Alkey, Arxilox, 
Feognid, Safolar yunon poeziyasida yorqin iz qoldirdilar. Les-
bosda tug‘ilgan, Spartada yashagan shoira Safo 9 poetik asar 
yaratdi. Shundan faqat bitta poema bizgacha yetib keldi. Uning 
mavzusi go‘zallik va muhabbat edi. Qul Ezop o‘zining masallari 
bilan mashur bo‘ldi. 
Qadimgi Yunonistonning eng noyob adabiy yodgorligi ijod-
kor shoir Gomerning (mil.avv. IX yoki VIII asrlar yashagan deb 
taxmin qilinadi) «Iliada» va «Odissey» dostonlaridir. Hozir bu po-
emalarni ikki yoki bir necha guruh mualliflar yozgan deb faraz 
qiladilar. «Iliada» dostonining birinchi varianti bir necha asr 
oldin Kichik Osiyodagi Frigiyada yaratilgan deb faraz qilinadi. 
Gomerning asarlari paydo bo‘lgunga qadar yunon xalq og‘zaki 
ijodining ajoyib namunalari: qo‘shiqlar, ertaklar, rivoyatlar va 
masallar yunon adabiyotining haqiqiy poydevori edi. Gomer-
ning qahramonlik dostonlari u yashagan (taxminan mil.avv. 
IX–VIII asrlar) davrdan oldingi mil.avv. XI–IX asrlar voqealari-
ning adabiy tasviridir. 
Arxaik davrda lirika keng tarqalgan bo‘lsa, mil.avv. V asr-
da Afina adabiyoti va poetik ijodiyotning markazi bo‘lgan bir-
lashma Attika tragediyasi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Tragediya 
(«Echkilar qo‘shig‘i») vinochilik xudosi Dionisning echki terisi 
kiygan quvnoq, doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlar ayta-
digan xor qo‘shiqlaridan kelib chiqdi. Mil.avv. VII asrdayoq bu-
tun Yunonistonda shunday «Echkilar xori» yoki satirlar keng 
tarqalgan edi. Attika tragediyasining tug‘ilishida Afina tirani 
Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida Buyuk Dionisiy 


403
bayramlarini ta’sis etishi muhim o‘rin tutdi. Shoir Fespid mil.
avv. 530-yil atrofida Dionis bayramida xor qo‘shiqlariga ilk bor 
musiqa asboblari hamrohligida hikoyani qo‘shadi. Shu vaqtdan 
drama tug‘iladi. Aktyor xorga hikoya bilan «javob» berib, xor 
bilan dialog olib borar edi. Shu tariqa, tragediya dramatik ko‘ri-
nishga aylandi. Tragediyada boshqa ko‘rinish qatnashchilari 
Dionis to‘g‘risidagi afsona-miflardan sahna ko‘rinishlari o‘ynar 
edilar. Keyinchalik boshqa afsonalarga navbat keldi. Mil.avv. V 
asr birinchi yarmida Esxil tomoshabin oldiga ikkinchi aktyorni
Sofokl uchinchi aktyorni qo‘shdi va natijada qadimgi «Echkilar 
xori» to‘la dramaga aylandi. 
Attika teatrida Dionis sharafiga o‘tkazilgan bayram vaqtida 
faqat uch kun tomosha ko‘rsatilgan. Birdaniga uch tragediya 
qo‘yilib, keyin satirik drama yana bir mifologiyadan yengil quv-
noq sahnalashtirilgan parcha berilgan. Teatr ko‘rinishi ochiq 
havoda, dumaloq maydoncha – orxestrada namoyish qilingan. 
Tomoshabinlar uchun Akropolning toshloq qiyaligida toshdan 
o‘rindiqlar (teatron) yo‘nilgan. Tomoshabin o‘tiradigan tosh 
o‘rindiq teatron deb atalib, teatr so‘zi shundan kelib chiqqan. 
Ochiq va katta teatrda aktyorlar imo-ishoralarini va kiyimla-
rini aniq ko‘rib bo‘lmas edi. Shu boisdan, aktyorlar sahnaga 
uzun tantanali kiyim va niqoblarda hamda aktyor gavdasini 
baland qilish uchun baland poshnali oyoq kiyim – koturnada 
chiqqan lar. Teatr tomoshalari mart oyining oxiri, aprel oyining 
boshlari da ko‘rsatilgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling