Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Tarix matnlari. Mil.avv. V asrda ilk bor o‘tmish voqea-
hodisa larining matnini tuzish va xalq oldida bayon qilish boshlanadi. Mil.avv. V asrda yunonlarda jamiyat taraqqiyoti- 401 ga bag‘ishlangan ana shunday matnlar paydo bo‘ldi. Uzoq vaqt turli o‘lkalarda bo‘lgan Gerodot (mil.avv. 485–425-yillar atrofi- da yashagan, Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug‘ilgan) ilk bor ko‘rgan va eshitgan voqealarini ma’lum bir tizimga solib, hikoya qilishga kirishdi. U tuzgan matnni Afinada ilk bor xalq oldida o‘qib berdi. Keyinchalik mil.avv. III asrda Aleksandriya olimlari uning hikoyalarini 9 jilddan iborat kitob holatiga kel- tiradilar. 9-jild «Tarix» (yunoncha «Istoriya» – «tasvir» ma’nosini bildiradi) yoki «Muzalar» deb atalib, asosan yunon-fors urush- lariga bag‘ishladi. Lekin muallif bayon qilish davomida Misr, Eron, skiflar tarixiga ham murojaat qiladi. Gerodot insonlar faoliyatida xudolarning ishtirokiga shubha qilmadi. Olorning o‘g‘li Fukidid (mil.avv. 460/51–396-yillar) boy afi- nalik oiladan bo‘lib, frakiyadagi oltin konlarini merosga oldi. Siyosiy hayotga faol qatnashdi. Peloponnes urushi davrida strateg bo‘ldi, lekin harbiy ishda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun Afi nadan quvg‘in qilindi. Fukidid Peloponnes urushiga bag‘ish- langan 8 kitobdan iborat tarixiy asarning muallifi. Uning asari afsonaviy va haqiqiy voqealarni Gerodotga xos bo‘lgan, quruq bayon qilishning aksi bo‘lgan haqiqiy tarixiy tadqiqot edi. Fuki- did tarixchilar ichida birinchi bo‘lib tarixiy voqealarni, ularning harakatga keltiruvchi kuchlari, taraqqiyot yo‘llari bilan o‘za- ro aloqada ko‘rishga harakat qildi. Voqealarning sabablarini o‘rganish uchun siyosiy voqelikni ilmiy tahlil qilish usullarini qo‘lladi. Fukidid xudolarni tarix doirasidan chiqardi. U tarix- ni xudolar emas, balki kishilar o‘z faoliyatlari bilan yaratadi- lar deb hisoblar edi. Kishilarning «tabiati» hamma vaqt qonun va shartnomalardan kuchliroq bo‘ladi. Kishilarning qiyofasi va uning ko‘rinishlari Fukidid uchun shu davr jamiyatining vo- qeligini tushinishda yetarli edi. Gerodot va Fukidid yunon po- lislari fuqarolarining o‘z ozodligini himoya qilishi, vatanparvar- lik va o‘zini qurbon qilishdek qahramonlik kurashiga murojaat qildilar. Fukidid an’analarini Ksenofont (mil.avv. 430–355-yillar) davom ettirdi. Uning «Anabasis», «Lakedemeon politiyasi», «Kiro- pediya», «Agesilay» va «Daromadlar to‘g‘risida» asarlarida o‘sha davr yunon dunyosining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti aks etadi. Efor (mil.avv.405–330-yillar) 30 kitobdan iborat «Tarix» asarida yunon dunyosi, shuningdek, yunon koloniyalari tari- xini yoritdi. 402 Mil.avv. V asrda yunon dunyosida yuz bergan kuchli siyosiy jarayonlarni tahlil qilgan, shu davrning siyosiy arboblari Femis- tokl va Perikl kabi afinalik demokratiya yo‘lboshchilarini ayovsiz tanqid ostiga olgan siyosiy adabiyotlar yuzaga keldi. Shunday adabiyotlardan biri «Afinaning boshqaruvi to‘g‘risida»gi risola mil.avv. 430-yillar atrofida paydo bo‘ldi. Kritiyning «Lakedemon politiyasi»da Sparta jamiyati qurilishi ko‘klarga ko‘tarildi, Afina demokratiyasiga salbiy nazar bilan qaraldi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling