Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
MAKEDONIYANING YUKSALISHI. ALEKSANDR
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
MAKEDONIYANING YUKSALISHI. ALEKSANDR
ISTILOLARI VA UNING OQIBATLARI 1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon hukmronligining o‘rnatilishi. 2. Aleksandrning Sharqqa yurishlari. 3. Diadoxlar urushi. 1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon huk- mronligining o‘rnatilishi. Makedoniya Bolqon yarim orolining shimolida joylashgan bo‘lib, uning shimol va sharq dagi qo‘shnilari qadimgi frakiya qabilalari, g‘arbda illir qabilalari, janubda fessali- yaliklar edi. Makedoniya uncha baland bo‘lmagan tog‘lar va bir necha hosildor vodiylarda joylashgan. Iqlimida dengiz va konti- nental iqlimning uyg‘un qo‘shilib ketgani ko‘rinadi. Makedoniyada temir, mis, oltin va kumush za xiralari mavjud. Tog‘ hududlari- da kema qurish uchun zarur bo‘lgan daraxt navi o‘sgan. Make- doniyada ko‘p etnik guruhlar yashagan. Aholining asosiy qismini tashkil etgan makedonlar mil.avv. XIII–XII asrlardan beri bu yerda yashar edilar. Bundan tashqari, epir, illir va frakiyaliklarga tegish- li etnik guruhlar mavjud edi. Makedoniyada mil.avv. VI–V asrlar oralig‘ida ilk davlat va jamiyat shakllandi. Makedoniya yunon shahar-davlatlaridan ko‘ra, zaif rivojlangan, urug‘chilik an’analari kuchli bo‘lgan davlat edi. U dengizga chiqadigan yo‘lga ega emas edi. Shu sa- babli, dengiz savdosi va koloniyalar barpo etishda ishtirok eta olmadi. Makedoniya dehqonchilik mamlakati bo‘lib, aholining asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Peloponnes urushlari- dan so‘ng Makedoniya yunon sivilizatsiyasini tez o‘zlashtira boshladi. Ayniqsa, yunon harbiy san’ati va harbiy texnikasi yaxshi o‘zlashtirildi. Yunonlar uchun Makedoniya qoloq varvar- lar mamlakati edi. Podsho Aminta va uning o‘g‘li Aleksandr hukmronligi davri- da Makedoniya yunon-fors urushlariga tortildi. Makedon podsho lari vaziyatga qarab, har ikki tomonni ham qo‘llab-quv- vatlaganlar. Boshda Makedoniya forslar tarafida bo‘ldi. Pod- sho Alek sandr (mil.avv. 498–454-yillar) Kserksning mil.avv. 413 480–479-yillardagi mag‘lubiyatidan so‘ng yunon shahar-dav- latlari bilan yaqinlasha boshladi. Yunonlar hatto Aleksan- drga umumyunon Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga rux- sat berdilar. U yugurish musobaqasida g‘alaba qozondi. Pod- sho Arxelay (mil.avv. 419–399-yillar) qator islohotlar o‘tkazib, podsho hokimiyatini kuchaytirdi. U Makedoniyaning chekka hududlaridagi yarim mustaqil hokimlarning o‘zboshimchaligi- ni chekladi. Podsho mamlakatning turli hududlarida bir necha qal’alarni qurib, ularni qo‘shin va oziq-ovqat bilan ta’minlash qulay bo‘lgan to‘g‘ri yo‘llar bilan bog‘ladi. Podsho Arxelay ot- liq qismlarni takomillashtirdi va uni zarbdor kuchga aylantirdi. Dengizga va dengizbo‘yi shaharlariga yaqin Pella shahrini poy- taxtga aylantirdi. Podsho Arxelay Afina bilan yaqinlashib, uning yordamida Xalkida va Fessaliyadagi bir necha yunon shaharlarini bosib oldi. Makedoniya urug‘ zodagonlarining bir qismi podsho hoki- miyatining mustahkamlanishi, boshqaruvning markazlashuvi hamda yunon shaharlari bilan yaqinlashuvidan norozi bo‘lib, fitna uyushtirdilar. Natijada Arxelay o‘ldirildi. Makedoniya bir necha o‘n yil ichki ziddiyatlar ichida qoldi. Makedon podsho- lari hududiy separatizmga barham berib, podsho hokimiyatini mustahkamlash siyosatini olib bordilar. Makedon davlatchiligining rivojlanishida Filipp II kat- ta yutuqlarga erishdi. Makedon podshosi Filipp II (mil.avv. 359–336-yillar) makedon urug‘-qabilalari o‘rtasidagi nizolarga qat’iy chek qo‘ydi. O‘z hokimiyatini butun mamlakat miqyosida tan olinishiga erishdi. U harbiy islohot o‘tkazib, makedon fa- langasini tuzdi. Og‘ir qurollangan piyoda (goplitlar) 16-29 qator saflanadigan jangchilar bo‘lib, 5 metrgacha uzunlikdagi sarissa (nayza) bilan qurollangan. Orqa safdagilar sarissalarini oldin- gi qatordagilar yelkasiga qo‘yar edilar. Og‘ir qurollangan jang- chilar katta qalqonlar bilan himoyalanib, sarissalarni tikandek chiqarib, dahshatli kuchni tashkil qilar edilar. Makedon zoda- gonlaridan tuzilgan og‘ir qurolli suvoriy getayrlar («podshoning o‘rtoqlari») qo‘shinda muhim o‘rin tutgan. Qo‘shin tarkibida turli qamal qurollari bilan ta’minlangan injener qismlar mav- jud edi. Filipp II o‘z maqsadiga erishish uchun har qanday vosi- tadan qaytmadi. U «Oltin ortilgan eshak eng baland devorni ham oshib o‘tadi», deb aytar edi. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Makedoniya Bolqon shimolidagi eng kuchli davlatga aylandi. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Makedoniya 414 kuchli qo‘shin bilan Epir va Frakiyani egalladi. Shu vaqt dan boshlab Makedoniya yunon davlatlarining ishlariga faol ara- lasha boshladi. Mil.avv. 355-yilda Makedoniya Fiva va Fokida o‘rtasidagi urushga aralashib, Fokidani tor-mor qildi. Natija- da Makedoniya butun Shimoliy Yunonistonga egalik qildi. Tez orada Fessaliya, Xalkidika yarim orolining bir qismi, Frakiya- ning janubiy qirg‘og‘i, Bosforgacha Makedoniyaga qaram bo‘ldi. Makedoniya endi dengiz davlatiga aylandi. Yunonlarni Qora dengizga chiqish yo‘li Makedoniya qo‘liga o‘tdi. Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi tura olishi mumkin edi. Lekin Afinada makedon va antimakedon partiya- si mavjud edi. Makedon partiyasi (yetakchisi Isokrat) yunon- lar Filipp II boshchiligida Eronga qarshi yurish qilib, katta o‘lja olishi mumkin, yunonlar ichidagi o‘zaro kelishmovchiliklarga chek qo‘yiladi, Kichik Osiyoni bosib olib, norozi kambag‘allarni yerga ko‘chirish mumkin, deb hisoblar edilar. Filipp II Afinada o‘z tarafdorlarini sotib olish uchun oltinni ayamadi, o‘z taraf- dorlarini qo‘llab-quvvatladi. Demosfen boshchigida antimake- don partiyasi Makedoniya bilan ittifoq yunon davlatlarining erkinligi va demokratiyani yo‘qotishga olib keladi deb hisobladi- lar. Demosfen Afina, Fiva, Korinf, Xios, Evfeya va Vizantiy kabi boshqa yunon shaharlari birlashgan kuchli antimakedon gu- ruhini tuzdi. Mil.avv. 338-yil avgust oyida birlashgan yunon shaharlari va Filipp II qo‘shinlari o‘rtasida Beotiya (Xeroneya)da hal qiluv- chi jang bo‘ldi. Demosfenning o‘zi oldingi qatorda oddiy askar bo‘lib jang qildi. Makedon qo‘shinlari yunonlarni tor-mor qil- di. Shundan so‘ng, mil.avv. 338-yilda (591-yilda) Filipp II Ko- rinf shahrida umumyunon kongressini chaqirdi. Kongressda muhim qarorlar qabul qilindi. Yunon shaharlarining ittifoqi tuzildi. O‘zaro urushlar taqiqlandi. Yunon davlatlari makedon podshosi bilan abadiy mudofaa va hujum ittifoqi tuzdi. Filipp II Korinf kongressida ellin davlatlaridan Eronga yurish uchun ke- malar va odamlarni berishni talab qildi va o‘zini yunonlarning yo‘lboshchisi deb e’lon qilishga majbur etdi. Spartadan tash- qari Argos, Arkadiya, Messeniya va Elidaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Eron bilan urush boshlashga qaror qilindi. Kongressda xususiy mulkning daxlsizligi e’lon qilindi, qarzlarni kassatsiya qilish, birovning mulkini bosib olish va qayta taqsimlash, qul- larga erkinlik berish va ulardan siyosiy maqsadlarda foydala- nish taqiqlandi. Faqat Sparta bu kongressda qatnashmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling