Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

6. Yunoniston materigi va orollar. Yunoniston hudu-
didagi talonchilik urushlari iqtisodiy hayotni butunlay izdan 
chiqardi. Ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi. Bu esa og‘ir qa-
rama-qarshiliklarni tug‘dirdi. Joylarda hokimiyatni tiranlar 
egallay boshladi.
Aholi Argosda tiran Aristomaxni, Megalopolda Aristodemni
 
qo‘llab-quvvatladi. Mil.avv. III asr o‘rtalarida Xios va Teri
 orol-
larida ijtimoiy-iqtisodiy norozilik harakatlari kuchayib ketdi. 
Antik mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, ellin davrida Yuno-
nistondan aholining katta qismi sharqqa ko‘chdi. Faqat Afina va 
Korinf o‘z ahamiyatini saqlab qolishga urindi. Mil.avv. 284-yil-
da Etoliya ittifoqi tashkil topdi. Aleksandr va uning vorislari 
yo‘q qilgan Axey ittifoqi ham qayta tiklandi (mil.avv. 280-yil). 
Axey ittifoqi alohida yunon davlatlari o‘rtasidagi mudofaa va 
hujum ittifoqi edi. Umumiy tadbirlar va pul tizimi kiritildi, le-
kin shaharlar mustaqil boshqaruvlarini va o‘z muassasalarini 
saqlab qoldilar. Yilda ikki marta ittifoq a’zolari Egeya shahriga 
to‘planar edilar. Ittifoqning oliy lavozimi strateg deb ataldi. Mil.
avv. 284-yilda tashkil etilgan Etoliya ittifoqi Axey ittifoqi bilan 
muntazam dushmanlik munosabatida bo‘ldi. Sparta har ikkala 
ittifoqni ham zaiflashtirishga harakat qildi. Mil.avv. 222-yilda 
Senlaziya yonidagi jangda spartaliklar yengildi. Makedoniya-
liklar bu g‘alabadan keyin Spartaga kirdilar va Spartaliklarni 
Axey ittifoqiga qo‘shilishga majbur qildilar. Makedoniya davlati 
Rimga olingandan so‘ng (mil.avv. 268) Axey va Etoliya ittifoqlari 
ham Rim tomonidan tugatildi. 
Dimitriy Poliorket. Tushkunlik holatidagi yunon shaharlari 
Kassandr hukmronligi ostida edi. Aleksandrning safdoshi An-
tigonning g‘ayratli o‘g‘li Dimitriy Poliorket Afinani Kassandrdan 
tortib oldi. Afinaliklar Dimitriy va uning otasini o‘z shaharlari-
ning «homiy-ilohlari» deb e’lon qildilar, Dimitriyning haykalini 
yaratish uchun o‘zaro raqobat qildilar. Iloh sifatida Afina ibo-
datxonasining bir qismini unga qarorgoh qilib berdilar. Dimitriy 
Peloponnes va uning shaharlarini ozod qildi. Va shaharlarning 
erkinligini tikladi. Buning evaziga Istma o‘yinlarida u Yunonis-
tonning oliy yo‘lboshchisi deb e’lon qilindi.
Dimitriy kayf-safoda, axloqsizlikda hammadan o‘tib tush-
di. Lekin u yaxshi lashkarboshi, ulkan tez harakat qiladigan 
kemalar, qamal mashinalari ixtirochisi edi. Shu sifatlari bi-
lan u dushmanlarini hayratga soldi va Poliorket (shaharlarni 
bo‘ysundiruvchi) laqabini oldi. Lisimax va Salavk birlashib, 


436
Dimitriyning 80 yoshli otasi Antigonga qarshi qo‘shin tortdilar. 
Dimitriy Poliorket otasiga yordamga keldi, lekin mil.avv. 301-
yil Frigiyada Ips yonidagi jangda yengildi. Afina o‘z homiysiga 
yordam bermadi. Dimitriy qo‘shinni ta’minlashga mablag‘ to-
pish uchun Xersones shahri va Lisimaxga tegishli viloyatlarni 
talon-taroj qildi. Misr hukmdori Ptolemey Dimitriy bilan yaqin-
lashdi. Dimitriy Antioxiyada uning qizi Stratonikaga uylandi. 
Shundan so‘ng Afinaga flot bilan suzib borib, shahar himoyasi-
da turgan tiran Laxaritni uzoq qamal va ochlik bilan taslim 
bo‘lishga majbur qildi. U afinaliklardan xoinliklari uchun o‘ch 
olmadi, aksincha ochlik hukm surayotgan shaharga katta 
miqdorda oziq-ovqat sovg‘a qildi. Dimitriy Afinadan Spartaga 
yurish qilib, spartaliklar qo‘shinini yanchib tashladi, u yunon 
podsholigini barpo qilishni rejalashtirdi. Shu vaqtda Kas sandr 
vafot qildi. Uning katta o‘g‘li Antipatr onasi Fessalonikani voris-
likka ukasi Aleksandrni tanlagani uchun o‘ldirdi. Aleksandr 
yordam so‘rab Epir podshosi Pirrni chaqirdi. Pirr yetib kelib, 
aka-ukalarni murosaga kelib, podsholikni bo‘lib olishni taklif 
qildi. Dimitriy o‘z qo‘shini bilan yetib kelganda, Aleksandr uni 
qaytib ketishga ko‘ndirishga urinib, Dimitriyga Larissa shah-
rigacha hamrohlik qildi. Aleksandr Dimitriyga ishonmay, un-
dan ajralishni rejalashtirgani uchun bazmlardan birida Dimit-
riy uni chopib tashlashga buyruq berdi. Makedoniyaliklar shu 
lahzadayoq Dimetriyni Aleksandrning o‘rniga podsho deb e’lon 
qildilar. Antipatr o‘z qaynotasi Lisimax oldiga qochib ketdi. 
Dimitriyni barcha Makedon podshosi deb tan oldi. Dimitriyning 
eski raqiblari Salavk (uning qaynotasi), Ptolemey, Lisimax va 
keyinchalik Pirr o‘zaro birlashib Makedoniyaga yurish qildilar. 
Dimitriy ularga qarshi turdi.
Ammo makedonlar Dimitriyning sharqona hashamati, mut-
laq hokimiyati va turmush tarzidan norozi bo‘lib, xiyonat qil-
dilar va Pirr tarafiga o‘tib, uni o‘z podsholari deb e’lon qildilar. 
Dimitriy o‘ziga sodiq ozgina askarlar bilan o‘g‘li Antigon Gonat 
qarorgohiga qochdi. Pirr va Lisimax uning podsholigini bo‘lib 
oldilar. Dimitriy hech qachon Makedoniyaga qaytmadi. Yuno-
nistonda qo‘shin va flot to‘plab, Dimitriy Osiyoga jo‘nadi, Milet 
shahrida Ptolemeyning qizlaridan biriga uylandi. Keyin o‘z qay-
notasining barcha hududlarni vayron qilib, Kariya va Lidiyaga 
o‘tdi. Bu hududlarda u podsholik barpo qilmoqchi edi. Lekin 
Lisimaxning kuyovi Agafokl unga qarshi chiqib, bir necha jang-
larda uni yanchib tashladi. Chorasiz qolgan Dimitriy kuyovi 


437
Salavkka yordam so‘rab murojaat qildi. Salavk Agafoklni che-
kinishga majbur qildi. Dimitriy yordamga javoban nonko‘rlik 
qilib, yana bosqinchilik yurishi qildi va Salavkning qarorgohi-
ga tunda hujum qildi. Oldindan ogohlantirilgan Salavk zarba 
berishga tayyorlanishga ulgurdi, Salavkning taklifi bilan Di-
mitriyning askarlari uning tomoniga o‘tdilar. Dimitriy o‘rmon-
zor, tog‘larga qochdi, lekin to‘rt tarafdan o‘rab olingach, taslim 
bo‘ldi. Salavk himmat ko‘rsatib, uni kechirdi. Dimitriyga Su-
riyadagi Apameya shahrida yashashga, barcha qulayliklardan 
foydalanishga ruxsat berdi. Lekin uning orqasidan o‘ta qattiq 
nazorat qilishga buyruq berdi. Podsholikdan mahrum bo‘lgan, 
jo‘shqin faoliyatdan chetlashtirilgan Dimitriy Poliorket barcha 
vaqtini ovda, azart o‘yinlarda, ichkilikbozlikda o‘tkazib, tutqun-
ligining uchinchi yilida 54 yoshda mil.avv. 284-yil vafot etdi. 
Dimitriy Poliorket Aleksandrning safdoshi Antigonning o‘g‘li, 
Yunon shaharlari yo‘lboshchisi, Makedoniya podshosi, qudratli 
Ptolemeyning ikki qizining turmush o‘rtog‘i, Salavkning qayno-
tasi, qobiliyatli sarkarda, shahar qamali mashinalari va katta 
kemalar ixtirochisi edi. 
Sparta. Spartada ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni bartaraf 
etish uchun podsholar – Agis III (mil.avv. 244–235-yillar) va 
Kleomen III (mil.avv. 235–221-yillar)lar islohotlar o‘tkazishdi. 
Agis III qarzlarni bekor qilishga, Likurg qonunlarini tiklashga 
harakat qildi. Yerlar yangidan 700 oila o‘rtasida taqsimlandi. 
Fuqarolar sonini ko‘paytirish uchun qolgan yerlarni 15 ming 
perieklarga taqsimlab berishni taklif qildi. Agis o‘z mol-mulki-
ni ham spartaliklarga hadya qildi. Qadimgi Sparta tarbiyasi va 
urf-odatlari qayta tiklandi, perieklar hisobiga fuqarolar soni 
ko‘paydi. Aholining katta qismi islohotlarni qo‘llab-quvvat-
ladi. Sparta qo‘shinining qudrati kuchayib, Spartaning aso-
siy raqibi Axey ittifoqiga qarshi g‘olibona urushlar olib bordi. 
Agisning bu siyosati Sparta zodagonlariga yoqmadi. Ular fitna 
uyushtirib, islohotchi podshoni bo‘g‘ib o‘ldirdilar. 
Spartaning keyingi podshosi Kleomen III (mil.avv. 235–221-yil-
lar) Agisning siyosatini davom ettirishga harakat qildi. U dast-
lab podsho hokimiyatini kuchaytirishga, qudratli eforlarning 
hokimiyatini zaiflashtirishga harakat qildi. Kleomen Axey ittifo-
qi bilan navbatdagi urushda g‘olib chiqdi. U Spartaga yollanma 
askarlar bilan kirib, to‘rt eforni o‘ldirib, efor unvonini bekor qil-
di. Eforlar kollegiyasi tugatilib, davlatni boshqarish vakolatla-


438
rining katta qismi podsho qo‘lida to‘plandi. Qarzdorlarning qar-
zi to‘liq bekor qilinib, yerlar qayta teng taqsimlandi. 
Lekin bu islohotlar Axey ittifoqi bilan yangi urush natijasida 
nihoyasiga yetdi. Axey ittifoqi Makedoniyaning yordami bilan 
Spartaga qarshi urush boshladi va Sparta qo‘shinlarini mil.avv. 
222-yil mag‘lubiyatga uchratdi. Kleomen Misrga qochib ketdi 
va Ptolemey Filopatrdan yordam so‘radi. Filopatr yordam ber-
madi. Filopatrdan o‘ch olish niyatida Kleomen unga qarshi Misr 
fuqarolarini gij-gijladi. Lekin hech qanday natijaga erishma-
di, podshoning qo‘liga tushmaslik uchun o‘zini o‘ldirdi. Uning 
onasi va bolalari qatl qilindi. Kleomenning jasadi teriga o‘ralib, 
dorga osib qo‘yildi. Sparta tushkunlikka uchrab, oxir-oqibatda 
mil.avv. 146-yil o‘z mustaqilligini yo‘qotdi va Rim provinsiyasi 
tarkibiga kirdi. 
Hududda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy-iqti-
sodiy ziddiyatlar kuchayib, mil.avv. III asrda yerlarni qayta taq-
simlash harakati Yunonistonda avj oldi. 
Rodos. Mil.avv. III–II asrlarda Rodos oroli xalqaro savdo 
yo‘lida joylashgani uchun gullab-yashnadi. Rodos orqali Yu-
nonistondan vino, keramika, zaytun yog‘i; Finikiya qizil ma-
tosi, sharq xushbo‘y moylari, qimmatbaho matolar, zargarlik 
buyumlari, Misr g‘allasi tashilar edi. Vositachilik savdosi Ro-
dosda yiliga 1 mln draxm daromad keltirgan, Rodos orqali 1 yil-
da 50 mln draxma miqdorida tovar (taxminan hozirgi 500 mln 
dollar) o‘tar edi. Rodos Bolqon Yarim oroli va Egey havzasini 
O‘rtayer dengizi, Finikiya portlari va Misr Aleksandriyasi bilan 
bog‘lagan. Rodosning tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi sav-
do yo‘llari xafvsizligini ta’minlash bo‘lib, shu sababli u kuchli 
harbiy flot saqlagan. Dengiz savdo yo‘lining xavfsizligini ta’min-
lash uchun Rodos dengiz piratlari bilan shafqatsiz urush olib 
borgan. U doimiy ravishda biror-bir qudratli davlat panohida 
bo‘lishga harakat qildi. Rodos mil.avv. III asrda qudratli Misr 
bilan ittifoqqa, mil.avv. III asr o‘rtalarida Pergam podsholigiga 
tayandi. Shu asr oxirida qudratli Rim davlati bilan ittifoq tuz-
di. Rodos dengiz va bo‘g‘ozlarda yetakchilik uchun Makedoniya 
bilan doimo dushmanlik munosabatlarida bo‘ldi. Shu sababli 
Rodos Makedoniyaga qarshi har qanday urushga kirgan dav-
latlar bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatdi. Ikkinchi Rim 
– makedon urushi davrida (mil.avv. 200–196-yillar) Rim to-
monida turib, rimliklarning dengiz ta’minotini amalga oshirdi. 
Makedoniya bo‘ysundirilgandan keyin Rim respublikasi Rodos-


439
ning savdo-harbiy va siyosiy qudratini zaiflashtirish siyosati-
ni olib bordi. Rim senatining qarori bilan Rodosning qit’adagi 
boy mulklari tortib olindi. Rodosning dengiz savdosidagi mo-
nopoliyasini tugatish uchun Delos orolidagi port bojsiz savdo 
qiladigan nuqta deb e’lon qilindi. Natijada dengiz savdosining 
bir qismi Delos oroli orqali o‘tib, Rodosning savdo va siyosiy nu-
fuzi keskin qisqardi. Keyinchalik esa Rodos oroli Rimga qaram 
hududga aylandi. 
Rodosda san’at gullab-yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik 
maktablari shakllandi. mashhur Lisippning shogirdi haykalta-
rosh Xares Rodosning homiysi xudo Geliosga bag‘ishlab 36 
metrli haykal yaratdi. Bu haykal 12 yil davomida bunyod qilin-
di (taxminan mil.avv. 304–292-yillar). Dunyoning 7 mo‘jizasi-
dan biri sanalgan bu haykal Pergamdagi mavzoley va Galikar-
nosdagi Artemida ibodatxonasining kichik zamondoshi edi. 
Shuningdek, Rodosda Lisipp maktabi vakillari «Ilonlar bilan 
kurashayotgan Laokoon
 va uning o‘g‘illari» haykallari guruhini 
yaratdilar. 
Rodosda notiq Esxin asos solgan Rodos notiqlik maktabi 
faoliyat ko‘rsatdi. Mil.avv. II asr oxiri – I asr boshida Rodos-
da
 mashhur Sitseronning o‘qituvchisi notiq Molon ta’lim olgan. 
Rodos homiyligida orollarda ipakchilik va vinochilik markazi, 
Kosda mashhur tabiblar maktabi faoliyat ko‘rsatdi.
Mil.avv. III asrda yangi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqi-
yot Bolqon Yunonistonining madaniy markaz sifatidagi roli 
yo‘qolishiga olib keldi. Natijada bu hudud ellin dunyosining 
chekka hududiga aylandi. Yunonistonning madaniy o‘choq si-
fatidagi shuhratini Afina bir qadar qo‘llab-quvvatlab turdi. Afi-
nada yunon falsafasi o‘qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy 
haykaltaroshlik maktablari mavjud edi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling