Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Salavkiylar davlati. Aleksandrning safdoshlaridan biri
katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan Salavk Nikator (g‘olib) mil. avv. 321-yilda satraplar o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, Bobilni egalladi. Salavk I (mil.avv. 312–281-yillar) buqani faqat quruq qo‘li bilan yiqitishi mumkin bo‘lgan. Salavk diadoxlar o‘rtasida- gi kurash natijasida Eron satrapliklari, O‘rta Osiyoning ayrim hududlari ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. Ammo Osiyoning oliy hokimi Antigon tez orada Salavkdan Bobilni tortib oldi (mil.avv. 315-yil). Antigon bilan boshqa satraplar o‘rtasidagi kuchayib ketgan raqobatdan foydalangan Salavk Misr hukmdori Ptole- meyning yordami bilan mil.avv. 312-yilda Bobilda o‘z hokimi- yatini qayta tikladi. Aynan shu yildan boshlab Salavk sulolasi- ning mil.avv. 64-yilgacha davom etgan hukmronligi boshlandi. 429 Salavk I (mil.avv. 312–280-yillar) Suriyani o‘z davlatining bosh viloyatiga aylantirdi, o‘zi Orontdagi Antioxiya shahrida, Yuqori Suriya yoki Dajla daryosi yoqasidagi Salavkiya shahrida yashadi. Salavk g‘arbda diadoxlar o‘rtasida davom etayotgan urushdan foydalanib, Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida u Eron va O‘rta Osiyo satrapliklarini qayta qo‘lga kiritdi. Yu- rish oxirida Salavk Hindistonda Maurilar davlatining asoschisi Chandragupta bilan to‘qnashdi. Urush Salavkni ilgari Alek- sandr davlati tarkibiga kirgan barcha hind mulklaridan voz ke- chishi, buning evaziga Chandragupta tomonidan 300 jangovar fillarning Salavkga sovg‘a qilishi bilan tugadi. Salavk mil.avv. 305–304-yillar atrofida o‘zini podsho deb e’lon qildi. Shundan sal o‘tgach, Shimoliy Suriyani, mil.avv. 281-yilda Kichik Osiyo- ning katta qismini bosib oldi. Shu yildayoq u Makedoniyani egallash uchun bo‘lgan yurishda halok bo‘ldi. Salavkiylar davlati tarkibiga boshda Mesopotamiyaning bir qismi, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston kirgan. Davlatning poytaxti Suriyada- gi Oront daryosi qirg‘og‘idagi Antioxiya edi. Salavkiylar davlati o‘zining gullab-yashnagan davrida Aleksandrning Osiyodagi sobiq mulklarining katta qismini o‘z tarkibiga oldi. Bu bepo- yon hududda turli iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida turgan, etnik va til jihatidan ola quroq bo‘lgan xalqlar joylash- gan edi . Salavkiylar davlatida yunon va makedonlar podsho boshchiligida hukmron tabaqaga aylandilar. Ular barcha oliy hokimiyat lavozimlarini egallab olib, qo‘shinning asosiy qismini tashkil etdilar. Mahalliy zodagonlar hokimiyat boshqaruvida deyarli ishtirok etmadi. Faqat Bobil shaharlarining fuqaro-ibo- datxona jamoalari ma’lum bir imtiyozlardan foydalandi. Salavkiylar davlati aholisining asosiy qismi jamoachi deh- qonlardan tashkil topgan. Bu jamoalar podsho foydasiga pul va natural majburiyatlarni o‘tar edi. Jamoachi dehqonlar shaxsan erkin bo‘lgan. Lekin davlat hokimiyati dehqonlarni asta-sekin qaram qila boshladi. Bu ularni yerga biriktirib qo‘yishda ko‘ri- nadi. Davlat yerlari ikki qismga bo‘lingan. Bir qism yerlar pod- shoning shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lsa, ikkinchi qismi shaharlar, mahalliy zodagon-hokimlar, qabilalar va jamoalarga tegishli bo‘lib, podsho hokimiyati tomonidan nazorat qilingan. Salav- kiylar davlat boshqaruvida yunon-makedonlarga suyandilar, mahalliy aholini huquqlarda kelgindi yunon-makedonlarga tenglashtirilmadi. 430 Davlatning butun hududi 72 satraplikga bo‘linib, undan kichik ma’muriy birliklar – yeparxiya va giparxiyalar edi. Sat- raplik boshida satrap (Antiox III davrida strateg) turib, u fuqar- olik va harbiy hokimiyatni amalga oshirgan. Moliya muassasasi esa mustaqil bo‘lgan. Salavkiylar davlatida O‘rta Osiyo va Eron hududlari muhim o‘rin tutar edi. Salavk I davrida uning o‘g‘li va merosxo‘ri An- tiox I Soter (mil.avv. 281–261-yillar) bu hududlarni boshqarar edi. Antiox I Salavkning onasi Spitamenning qizi malika Apama Salavkiylar saroyida katta hurmat-e’tiborga ega edi. O‘rta Osiyo- da sulola hokimiyatini mustahkamlash uchun yangi shaharlar va harbiy manzilgohlar qurildi, eskilari qayta tiklandi (Marv vo- hasi devor bilan to‘liq o‘rab olindi). Antiox I Kichik Osiyoda Per- gam davlatining ajralib chiqishiga qarshilik qila olmadi. Antiox II davrida (mil.avv. 261–247-yillar) mil.avv. III asr o‘rtalarida Baqtriya, So‘g‘diyona va Parfiya ajralib chiqdi. Vi- finiya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo‘ldi. Qora va Kaspiy dengizlari oralig‘ida Armaniston davlati, Midiyaning shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylar davlatidan ajralib chiqib, Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga kel- di (Yunon-Baqtriya mil.avv. 130–yillargacha, Parfiya davlati esa milodiy 227-yiligacha mavjud bo‘ldi). Qobilyatli sarkarda An- tiox III buyuk (mil.avv. 223–187-yillar) davlatni eski chegaralar- da tiklash uchun bu davlatlarni bo‘ysundirish uchun mil.avv. 212–205-yillarda Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xara- jatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibo- datxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo‘ysundiril- di. Yunon-Baqtriya shaharlarining ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo‘shin- lari Hindiqush tog‘laridan o‘tib, Hindiston yerlariga bostirib kir- di va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzdi. U Hindistondagi salavkiylarga tobe yerlardan voz kechdi, buning evaziga Antiox hind jangovar fillariga ega bo‘ldi. Antioxning bu yurishi Salavkiylar davlatining yemirilishini vaqtincha to‘xtatdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta qismi bosib olindi va Kelesiriya Misrdan batamom tortib olindi. Kuchayib ketgan Salavkiylar davlati Per- gam va Rodosning xavfsizligiga jiddiy xavf sola boshladi. Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, Rimdan yordam so‘ra- di. Rim ham Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo‘mondo- 431 ni Gannibalning maslahatchi bo‘lib turganidan norozi edi. Mil. avv. II asr boshlarida Salavkiylar bilan Rim respublikasi o‘rta- sida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Mil.avv. 189-yilda Rim bilan bo‘lgan urushda Antiox III qo‘shinlari yengildi. Mam- lakat hududlarida norozilik, Salavkiylarning zulmiga qarshi qo‘zg‘olon va isyonlar boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya va Parfi- ya o‘z mustaqilliklarini qayta tikladi va Parfiya g‘arbga tomon yurish qilib, Salavkiylar hududlarini bosib ola boshladi. Midi- yada satrap Timarxning isyon ko‘tarishi bu viloyatni parfiya- liklar tomonidan bosib olinishiga yordam berdi. Bundan tash- qari, parfiyaliklar Fors va Elamni egalladilar. Antiox III ning o‘g‘illaridan biri Antiox IV Epifan (mil.avv. 175–164-yillar) shijoatli hukmdor bo‘lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davri- da mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi. Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o‘tmishdagi kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududi- ni kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib olish uchun kuchli qo‘shin bilan yurish boshladi. Yo‘lda uni Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy Lena to‘xtatdi. Aytishlaricha, Salav- kiylardan ko‘ra, qudratli bo‘lgan Rim elchisi Antiox IV o‘tirgan joyning atrofini doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha (Misrga yurishni to‘xtatish) Antiox IV ni doira ichidan chiqib ketishini taqiqlagan. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to‘xtatilgan. Antiox VII Sidet (mil.avv. 138–129-yillar) davlatning yaxlitli- gini tiklashga urinishi uning mag‘lubiyati va halokati bilan tu- gadi. Bu Bobil, Parfiya va mahalliy sulolalar hokimiyati ostiga o‘tgan Fors va Midiyaning ajralib ketishiga olib keldi. Mil.avv. I asr boshlarida Yahudiya va Kommagen o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Salavkiylar davlatining yemirilish jarayoni tezlashib ketdi. 35 yil ichida taxtda 12 da’vogar almashdi. Ko‘p hollarda bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch podsho taxtga chiqdi. Natija- da Salavkiylar davlati hududi Suriya, Finikiya va Kilikiyaning bir qismi bilan chegaralanib qoldi. Salavkiylarning so‘nggi va- kili Antiox XIII Rim tomonidan tan olindi, lekin 2 yildan ke- yin Pompey uni taxtdan tushirdi. Siyosiy ta’sir vositasi bo‘lgan armiya va flotdan mahrum bo‘lgan Salavkiy hukmron guruhlari Rim va Parfiyaning qo‘g‘irchoqlariga aylandi. Mil.avv. 63-yilda Salavkiylar davlatining qoldiqlari Rim tomonidan bosib olinib, 432 uning hududida Suriya provinsiyasi tashkil etildi. Sharqiy Pont, Paflagoniya, Galatiya, Kappadokiya, Armaniston va Kommagen Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling