Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Pergam. Attalidlar davlati. Mil.avv. 287-yil Pergam Salav-
kiylar davlati tarkibiga kirdi. Makedon zodagoni Attalning o‘g‘li Fileter Salavkiylarning noibi edi. U Diadozlarning o‘zaro urush- laridan foydalanib, Pergam va bu yerda saqlanayotgan xazinani bosib oldi. Fileter Pergamni 22 yil boshqarib, keyin hukm- ronlikni jiyani Attalga topshirdi. Mil.avv. 240-yil Salavkiy lar noibi hisoblangan Attal I Pergamni mustaqil deb e’lon qilib, podsholik tojini kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbiy qismi va Misiya viloyatidan iborat edi. Attalid- lar sulolasi hukmdorlarining faol tashqi siyosati hamda mohir diplomatiyasi sababli, Pergam davlatining hududi mil.avv. II asr boshlarida G‘arbiy Kichik Osiyoning Troada, Lidiya, Kariya va Likiyani qo‘shib olinishi bilan kengaydi. Bu hududlarda qa- dimdan rivojlangan yunon polislari mavjud bo‘lganligi sababli, rivojlangan iqtisodiyotga ega edi. Attalidlar tashqi siyosatda sharqda Salavkiylar podsholigi- ga qarshi turib, g‘arbda kuchli ittifoqchi sifatida Rim davlati- 434 ga tayandilar va bu amalda Pergamni Rim respublikasiga tobe bo‘lishga olib keldi. Attal I (mil.avv. 241–197-yillar) galatlar us- tidan g‘alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U 1- va 2-makedon urushlarida (mil.avv. 215-205-yillar va 200–197-yillar) rimliklar tomonidan ishtirok etdi. Rimliklarning homiyligi yordamida Pergam podsholigi Kichik Osiyodagi barcha Salavkiylar mulk- larini egallab oldi va o‘zining eng qudratli davriga kirdi. Ammo Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III hukmronligi davrida Rim Pergam jamiyatining hukmron ta- baqalariga kuchli ta’sir o‘tkazgan holda podsholik ning ichki va tashqi siyosatiga faol aralasha boshladi. Oqibatda Attalidlar sulolasining so‘nggi podshosi mil.avv. 133-yilda vafot etgan At- tal III ning vorisi bo‘lmaganligi sababli, o‘z davlatini rimliklarga vasiyat qilishga majbur bo‘ldi. Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari pod- sho Yevmen II ning noqonuniy o‘g‘li Aristonik boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Qo‘zg‘olonni yunon shaharlari aholisi qo‘llab-quvvatlamadi. Natijada qo‘zg‘olonchilar yengildi. Aris- tonik mil.avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasi- yat qilingan podsholik o‘rniga Rimning Osiyo provinsiyasi tash- kil etildi. Pergam ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan markazlaridan biri edi. Qulay iqlim va tabiiy sharoit qishloq xo‘jaligini uzluksiz rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Pergam O‘rtayer dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo‘jaligi mah- sulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga aylandi. Qul mehnatidan unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz savdosi yo‘llarida turganligi uchun mamlakatning boy xom- ashyolari (metall, yog‘och, smola, teri, jun), Pergam hunar- mandchilik mahsulotlari, jumladan , pergament qog‘ozi butun O‘rtayer dengizi ehtiyojlarini qondirdi. Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka homiylik qildilar. Yunon tipidagi yangi shaharlarga asos sol- dilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan bir qatorda tezda iqti- sodiyot va madaniyat o‘choqlariga aylandi. Attalidlar fan, ada- biyot va san’atga faol homiylik ko‘rsatdilar. Podsholik poytaxti Pergamda galatlar ustidan g‘alaba sharafiga ulkan Zevs ibo- datxonasi qurildi. Yevmen II mashhur Pergamda kutubxona binosini barpo qildi. Bu kutubxona antik mualliflar asarlari to‘plami hamda filologiya maktabiga ega bo‘lib, mashhur Alek- sandriya kutubxonasi bilan raqobat qildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling