Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Din va falsafa. 2.Tabiiy va aniq fanlar. 3. Adabiyot va
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Din va falsafa.
1. Din va falsafa. 2.Tabiiy va aniq fanlar. 3. Adabiyot va
san’at. Ellin davrining (mil.avv. III–I asrlar) eng muhim mero- si madaniyat bo‘lib, bu madaniyat ellin dunyosining barcha hududlariga keng tarqalib, Rim madaniyatining rivojlanishiga hamda o‘rta asrlar madaniyatiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘z navbatida qadimgi Sharqning 4 ming yillik ilm-fan va madaniy yutuqlari mil.avv. III asrdan boshlab g‘arb dunyosi tomonidan o‘zlashtiril- di. Sharqning bu yutuqlari Yunon-Rim dunyosi madaniyati, Rimga qaram bo‘lgan boshqa o‘lkalarning madaniy-ma’naviy, si- yosiy taraqqiyotida sezilarli o‘rinni egalladi. Chunki bu davrdan boshlab sharq va g‘arbning savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy- ma’naviy aloqalari kuchaydi. Misr, Mesopotamiya, O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy g‘arb dunyosi bilan yaqin aloqa o‘rnatdilar. Sharq madaniyati, diniy e’tiqodlari Britaniya orollarigacha kirib bordi. Parfiya, Kushonlar davlati, Xitoy va Hindiston g‘arb dunyosi tomonidan ochildi. Shu sababli ilmiy adabiyotda Ellin madaniyati deb nomlangan mil.avv. III–I asrlardagi madaniyat bir xil bo‘lmay, har bir hududda mahalliy barqaror madaniyat an’analari va boshqa madaniyatlar unsurlarining o‘zaro qo‘shi- lishi natijasida shakllandi. Mil.avv III–I asrlarda O‘rtayer den- gizi havzasining madaniy-ma’naviy shakllanishida davlatlar- ning ulkan hududlari, cheklanmagan podsho hokimiyatining mavjudligi, shaharlarning amaldagi mustaqilligining yo‘qolishi o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu davrda fan va texnika notekis rivojlan- di. Davlat hokimiyati manfaatdor bo‘lgan harbiy ish, kemasoz- lik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi. 1. Din va falsafa. Ellinizm davrida yunon dunyosi Sharq diniy tasavvurlarini qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig‘inish avj oldi. Misr ma’budasi Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi (Kibela – yerning onasi) bosh ma’buda sifatida qabul qilina boshlandi. Ellinlashgan Sharq ilohlarining barchasi mis- tik va ekstatik edi. 442 Ellin davlatlarida turli xudolar, turli xalqlarning diniy e’tiqod- lari keng tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda din- ning universalligini namoyish qilishga intilib, barcha xudolar- ga atab ibodatxona – Panteon qurila boshlandi. Ana shunday Panteon Aleksandriyada qurildi. Yunonistonda yahudiy dini tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar «prozelit- lar» deb ataldi. Turli hududlarda turli xudolarga e’tiqod qilish saqlanib qol- sa-da, ayrim xudolarga e’tiqod qilish keng tarqaldi. Zevs, Dio- nis, Osiris hamda Kichik Osiyo ma’budlari Sabaziy va Adonis- ga, ayol ma’budalardan Misr Isidasiga sig‘inish keng yoyildi. Sharqda shakllangan sinkretik e’tiqodlar Kichik Osiyo, Yunon- iston va Makedoniya, keyinchalik esa G‘arbiy O‘rtayer dengiziga kirib bordi. Ellin madaniyatining tarqalishidagi eng muhim omil an’ana- viy va yangi paydo bo‘lgan ko‘plab bayramlar bo‘ldi. Xudolar sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar bir qatorda homiy podsho- lar sharafiga diniy markazlar va poytaxtlarda o‘tkaziladigan maxsus bayramlar paydo bo‘ldi. Misol uchun, ana shunday bayramlardan biri mil.avv. 165-yil poytaxt Antioxiya yaqinida salavkiy sulolasi hukmdori Antiox IV (mil.avv. 175–160-yil- lar) tomonidan o‘tkazilgan bayramni ko‘rsatish mumkin. Bu bayram ning ochilishida 50 mingga yaqin piyoda va otliq askar- lar, jang ara valari va fillar, oltin gulchambar kiygan 800 o‘smir va oltin hamda kumush bilan bezalgan taxtiravonlarda o‘tirgan 580 ta ayollar; xudolar va qahramonlarning son-sanoqsiz boy bezalgan haykallari; yuzlab qullar oltin va kumush buyumlar, fil suyagini olib borar edilar. Manbada 300 qurbonlik dastur- xonlari va minglab boqilgan buqalar ko‘rsatiladi. Bayram 30 kun davom etib, bayram davomida turli xil gimnastika o‘yinlari, bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga mo‘ljallangan bazmlar va ov uyushtiriladi. Ptolemeylar Misrda qadimgi fir’avnlar davrida bo‘lganidek, podsho hokimiyatining mavqeyi kuchayib ketdi va ellin shar- qidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga sig‘inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o‘zi va o‘z singlisi Arsinoyaga sig‘inishga farmon berib, o‘zi va singlisi sharafiga ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va uning xotini Berenikaga sig‘inish keng yoyildi. 443 O‘sha davr falsafasida inson shaxsini o‘rganish muammosi bi- rinchi o‘ringa chiqa boshladi. Mil.avv. V–IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik va epikur maktablari vujudga keldi. Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida bosh qoti- ra boshladilar. Afinada stoiklar maktabiga mil.avv. 302-yil kelib chiqi shi Kipr orolidan bo‘lgan faylasuf Zenon (mil.avv. 336–264-yil- lar) asos soldi. Bu maktabga ellin davrining ko‘pgina taniqli fayla- suflari va olimlari kirgan edi. Stoiklar Afinaning eng gavjum joyi bo‘lmish ago rada, naqshin peshayvon «stoya» ostida va’z aytib, o‘z tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham shu so‘zdan kelib chiqqan). Stoizm yunon va Sharq nazariyalarining sintezi edi. U keng tarqalgan va shu bilan birga, uzoq yashagan ellin falsafiy maktabi edi. Stoiklar hamma narsani, shu jumladan, fikr, so‘z, olov va shu kabilarni ham jism deb atar edilar. Butun olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar edi. Stoik lar barcha odamlar teng degan g‘oyani ilgari surdilar. Ular insonlar tabiat bilan uyg‘un holda yashab, baxt va ilohiylik topadi, degan fikrni shakllantirdilar. Mil.avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllan- di. Faylasuf Epikurning bog‘ida uning do‘stlari va shogirdlari to‘planib, falsafiy suhbatlar qurdilar. Bozorlar, maydonlar, odam lar ko‘p bo‘lgan joylarda o‘z ta’limotlarini targ‘ib qilgan stoiklardan farq qilgan holda Epikur tinch va sokin joyda ta- fakkur qilishni yo‘lga qo‘ydi. Epikurchilar «Baxtning mohiyati – azobning yo‘qligidir», «Kimda kam ehtiyoj bo‘lsa, u kishida ko‘p farog‘at bo‘ladi» tushunchalarini ilgari surdilar. Aleksandrning ustozi faylasuf Aristotel «Afina politiyasi» asa- rini yozib, davlat boshqaruvining uch shaklini: bir kishining qo‘lidagi hokimiyat – monarxiyani, ozchilik hokimiyati – oli- garxiya, uchinchisi ko‘pchilikning hokimiyati demokratiyani ko‘rsatdi. Mil.avv. III asrda yana bir falsafiy maktab – skeptiklar maktabi shakllandi. Bu maktabga Arastuning kichik zamon- doshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof dunyoni bilib bo‘lmay- di, uning tabiati to‘g‘risidagi barcha nazariyalar xayol deb hi- sobladilar. Shuning uchun ular fizika bilan shug‘ullanmadi- lar. Dunyoni bilish nazariyalarini yaratmadilar. Lekin boshqa maktablar yaratgan nazariyalar tanqidiga e’tibor berdilar. Ular: «Barcha narsalarni hech qachon bilib bo‘lmaydi, ular haqida na haqiqatni, na yolg‘onni aytishlari mumkin emas», deb hi- sobladilar. 444 Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi. Tabiblar ka- salliklarning sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor kasalligini kuzatish kerak, kasallikni kasalda dorilarni sinash bilan davolash zarur, degan tushunchani ilgari surdilar. Mil.avv. IV asrda falsafada yana bir maktab – kiniklar pay- do bo‘ldi. Bu maktab asoschisi Antisfen bo‘lib, Diogen uning mashhur o‘quvchisi edi. Kiniklar tabiatga qaytish qulaylikla- ridan voz kechishni talab qildilar. Inson yaratgan qonun-qoi- dalari tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar. Ular ko‘chalar, maydonlar va portlarda olomon oldida so‘zga chiqib, mavjud tartib-qoidalarning noto‘g‘riligini asosladilar. Kambag‘allikni nafaqat so‘zda, balki o‘z turmush tarzlari bilan targ‘ib qildilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling