Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Rim tarixini davrlashtirish. Rivoyatlarga ko‘ra, Rim
460 shahriga mil.avv. 753-yil 21-aprelda asos solingan. «Qadim- gi Rim» tushunchasi o‘n ikki asrdan ortiqroq vaqtni o‘z ichiga olgan (mil.avv. 753-yil 21-apreldan boshlanib, milodiy 476-yil 23-avgustida G‘arbiy Rim imperiyasining halokati bilan tugal- landi) davlat, jamiyat va sivilizatsiya tarixini o‘z ichiga oladi. Boshida uncha ham katta polis-davlat bo‘lmagan Rim mil.avv. 265-yilga kelib, butun Italiyani o‘ziga bo‘ysundirdi. Mil.avv. II asr o‘rtalarida eng qudratli O‘rtayer dengizi davlatiga aylandi. Milodiy I–II asrlarga kelib, O‘rtayer dengizi qadimgi sivilizatsi- yalarining ulkan madaniy merosini o‘zlashtirgan bepoyon im- periyaga aylandi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o‘zlashtirgan va keyingi avlodlarga yet kazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rim tarixi muhim ahamiyatga ega. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi uzluk- siz taraqqiyot jarayonida bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir. Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko‘ra, olti davrga bo‘linadi: 1. Podsholik davrida Rim (mil.avv. VIII–VI asrlar). Bu davr- da urug‘-qabila munosabatlari, tuzilmalari yemiriladi. Ilk sinfiy jamiyat paydo bo‘ladi va Rimning bo‘lajak siyosiy, ijtimoiy-iqti- sodiy taraqqiyotida asos bo‘lib xizmat qilgan ilk davlat muassa- salari shakllanadi. 2. Ilk respublika davri (mil.avv. V–III asrlar). U Italiyada quldor- lik jamiyati va davlatining uzluksiz taraqqiyoti bilan belgilanadi. 3. So‘nggi respublika davri (mil.avv. II–I asrlar). Bu davrda klassik qulchilik shakllanib, Rim O‘rtayer dengizi davlati tash- kil topadi. 4. Ilk imperiya yoki prinsipat (milodiy I–II asrlar) davri. Bu davr Rim imperiyasining oltin davri. O‘rtayer dengizi antik sivi- lizatsiyasining gullab-yashnashi, iqdisodiyot va madaniyatning o‘sishi bilan belgilanadi; 5. Umumiy tushkunlik. Rim imperiyasining yemirilish xavfi (milodiy III asr). Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilma- larida kuchli tushkunlik belgilari yaqqol ko‘rinadi va Rim dav- latchiligining halokati xavfi tug‘iladi; 6. So‘nggi Rim imperiyasi yoki Dominat (milodiy IV–V asrlar). Bu davr quldorlik jamiyatining yemirilishi, uning bag‘rida feo- dalizmning ilk belgilari shakllanishi va G‘arbiy Rim imperiyasi- ning qulashi bilan belgilanadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling