Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Моммзен Т. История Рима – М.: 1999.
2. Конноли П. Греция и Рим: энциклопедия военной истории. 
– М.: 2000.
3. Хрестоматия по истории Древнего Рима/Под ред. С. Л. Утченко. 
– М.: 1962.
Asosiy sanalar
Mil.avv. I ming yillik 
Kel’t qabilalarining Po daryo
o‘rtalarida 
vodiysiga kelib o‘rnashishi.
 
Mil.avv. 1800-yillar atrofi
Apennin yarim orolida Terra-Marra 
madaniyatining shakllanishi.
Mil.avv. 1000-yillar atrofi 
Villan madaniyatining paydo bo‘lishi.
Mil.avv. VIII asr 
Janubiy Italiyada yunon koloniya-
larining barpo qilinishi.
Mil.avv. 754–753-yillar 
Rim shahrining barpo qilinishi.


463
ETRUSKLAR. RIM PODSHOLIK DAVRIDA
 1. Etrusklar. 2. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510- 
yillar).
1. Etrusklar. Gerodot, Starabon, Katta Pliniy va Tatsit etrusk-
lar Kichik Osiyodagi Lidiyadan mil.avv. XIII asrda dengiz orqa-
li Italiyaga kirib kelganlar, deb ma’lumot beradilar. Etrusklar, 
ularning kelib chiqishi to‘g‘risida Gerodot, Strabon, Katta Pliniy, 
Galikarnaslik Dionisiy ma’lumot berganlar. Tarixshunoslikda 
Dempster (1579–1625-yillar, u etriskologiya fanining asoschisi 
ham sanaladi), Puje, Maspero, Nibur va boshqalar etrusklar-
ning kelib chiqishi bilan shug‘ullandilar. Lekin hozirgacha 
fanda etrusklarning kelib chiqishi to‘g‘risida aniq bir fikr yo‘q. 
Lotinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki 
tersenlar deb atadilar.
 Etrusklar tarixi bo‘yicha sag‘ana, dafn 
toshlari, qo‘rg‘oshin taxta, ko‘za, muhrlarda mavjud bo‘lgan 11 
ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning ko‘pchiligi bag‘ishlov, 
in’om mazmunida bo‘lib, qisqa yozilgan. Ularning yozuvi biror-bir
tilga yoki tillar oilasiga to‘g‘ri kelmaydi. 
Etrusklar to‘g‘risidagi ilk aniq ma’lumotlar mil.avv. VIII asr-
ga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O‘rta 
Italiyadagi Tibr va Arnus daryolari oralig‘ida rimliklar Etruriya 
(hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to‘plangan. Etruriya Li-
guriya, Sizalp Galliyasi, Umbriya va Latsiy viloyatlari bilan che-
garadosh bo‘lib, Tirren dengiziga chiqqan. Etruriya o‘rmonlar, 
qurilish toshi, gilga boy edi. Etrusklar uchun zarur bo‘lgan mis, 
qo‘rg‘oshin, qalay xomashyosi mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Qo‘shni Ilva 
(Elba) orolidan etrusklar temir rudasini olganlar. Ilk ar xeologik 
yodgorliklar etrusklarning ijtimoiy-iqtisodiyotda yuqori daraja-
da rivojlanganidan guvohlik beradi. Villan madaniyatiga tegish-
li urug‘-jamoa qo‘rg‘onlari qoldiqlari, Etruriya shaharlarining 
paydo bo‘lishi mil.avv. VIII asrga mansub.
 
Mehnat taqsimoti, ayirboshlashning rivojlanishi, jamoa 
tuzumi ning yemirilishi boy oilalarning – hukmronligini yuzaga 
keltiradi. Jamiyatning imtiyozli qatlami – harbiy kohinlar (lugu-
monlar) oqsuyak zodagonlar shakllanadi. Etruriyada qulchilik 
juda erta paydo bo‘lgan. Qulchilikning mavjudligidan etrusk zo-


464
dagonlarining qo‘rg‘onlarida uyushtiriladigan gladiatorlar jang-
lari guvohlik beradi. Qadimda jangda halok bo‘lgan yo‘lbosh-
chilar qabri ustida asirga tushgan dushmanni jang qi lishga 
majbur etilishi orqali gladiator janglari kelib chiqqan. Oqibatda 
ular tomosha sifatida saqlanib qolib, bunday tomoshani etrusk-
lardan boshqa Italiya shaharlari o‘zlashtirib olganlar. 
Qullar va qaram odamlardan tuzilgan qurolli guruh bi-
lan luqumonlar qo‘shni viloyatlarga hujum qilganlar, dengiz 
qaroqchiligi (piratlik) bilan shug‘ullanganlar. Etruriya sha-
harlarida podsholar boshda saylab qo‘yilgan. Siyosiy kurash 
natijasida ayrim shaharlarda podsholarning o‘rnini saylab 
qo‘yilgan lavozimlar egalladi. Podsho hokimiyati ramzlari – 
xivich bog‘lami va unga suqilgan bolta ko‘targan xizmatchilar 
podsho oldida borganlar, qizil zey berilgan toga, podsho o‘tir-
gichi – kreslo rimliklarga etrusklardan o‘tgan. Ko‘rinishidan 
rimliklar oliy hokimiyat (imperuim) tushunchasini etrusklar-
dan o‘zlashtirganlar. 
Etrusklar xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lib, 
ular toshloq yerlarga suvni kanallar, yer osti suv omborlari 
orqali yetkazganlar. Etrusk dehqonlari toshloq yerlarning 
botqoqlanishini oldini olish, zax suvlarni qochirish yo‘llarini 
bilganlar. Etrusklar Italiyada birinchi bo‘lib shaharsozlik, sha-
har hayoti va madaniyatini barpo qildilar. Aholisi ko‘p sonli va 
boy bo‘lgan Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tark-
viniya, Vulchi va Sere kabi etrusk shaharlari barpo qilindi. Sav-
do-hunarmandchilik rivojlanib, etrusk hunarmandchilik mah-
sulotlari chet elllarga chiqarilgan. Dengiz orqali vositachilik sav-
dosini jadal amalga oshirdilar. Etrusklarning savdo kemalari 
Karfagen, Finikiya, Yunoniston va boshqa sharq mamlakatlari 
portlarida muntazam langar tashladilar. Ular ichki va tashqi 
savdoning rivojlanishi uchun tanga-pul zarb qildilar. Etrusk-
lar metallga ishlov berishda yuqori natijalarga erishdilar. Etru-
riyaning o‘zida mis, qo‘shni Elba orolida temir rudasi qazib 
chiqarilgan. Etrusk kulolchilik mahsulotlari nihoyatda yuksak 
baholangan. 
Etrusklar Janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o‘z koloni-
yalarini barpo qildilar. Mil.avv. VII–VI asrlarda Etruriyada 
markazi Volsiniya shahri (bu shaharda etrusklarning oliy xu-
dosi Kertumnaning ziyoratgohi bor edi) bo‘lgan etrusklarning 
12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyo-
satiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan.


465
Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqo-
bat qildilar. Mil.avv. 535-yilda etrusklar Karfagen bilan ittifoq 
bo‘lib, Korsika oroli yaqinidagi Alali yonidagi jangda yunonlarni 
tor-mor qiladilar. Korsika oroli etrusklarning tayanch nuqta-
siga aylandi. Shu vaqtda Latsiya, Kampaniya va Shimoliy Ita-
liyaning bir qismi etrusklar qo‘lida edi. Rimda etrusklarning 
Tarkviniy sulolasi qaror topdi, yarim orolning shimoli-sharqida 
etrusklarning Adriya shahri Adriatika dengiziga o‘z nomini ber-
di. Mil.avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriya iqtisodiy-siyosiy 
hayotining yuksalish davri bo‘ldi.
Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha 
boshladi. Etrusklarning zaiflashuvining bir necha sabablari 
bor edi. Etrusk federatsiyasi hech qachon mustahkam bo‘lma-
gan. Shaharlar o‘rtasida doimiy raqobat, shaharlardagi ijtimoiy 
qatlamlar o‘rtasidagi ziddiyatlar siyosiy zaiflashuvga olib keldi. 
Italiya shaharlari etrusklarning hukmronligiga chek qo‘yish-
ga harakat qildilar. Etrusklar shimolda keltlarning hujumini 
qaytarish uchun og‘ir kurash olib bordilar. Etrusklar davlati 
hududlari qisqarib bordi. Etrusk federatsiyasiga kirgan sha-
harlar o‘rtasidagi ichki aloqa zaiflashdi. Etrusklar birdaniga 
yunonlar, rimliklar va keltlarning siquvi ostida qoldi. 
Rivoyatlarda rimliklarning etrusklarga qarshi urushlari ning 
yor qin tasvirlari saqlanib qolgan. Bir rivoyatga ko‘ra etrusk 
podshosi Parsenni o‘ldirish uchun rimlik o‘smir Gay Musiy 
etrusklar qarorgohiga kiradi, lekin uni ushlab oladilar. Parsena 
Gay Museyni qiynoqqa solib, sheriklarini aytishni talab qiladi, 
gay Stsevola og‘riq va o‘limdan qo‘rqmasligini ko‘rsatish uchun 
qo‘lini olovga tutadi va qo‘li qanchalik kuymasin, miq etib ovoz 
chiqarmaydi. Mil.avv. 524-yilda yunonlar Kampaniya yonida, 
mil.avv. 474-yilda Qum yonida etrusk flotini tor-mor qildilar. 
Mil.avv. 509-yilda rimliklar so‘nggi etrusk podshosi Tarkviniy 
Mag‘rurni shahardan haydab yubordilar. Mil.avv. 265-yilda 
etrusk shahri Voliniyaning
 qulashi bilan rimliklar Etruriyaning 
to‘la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida etrusklar roman-
lashuv jarayonida o‘z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan 
qo‘shilib ketdilar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling