Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Apennin yarim orolining qadimgi aholisi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi. Arxeologik
461 qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashgani- ni tasdiqlaydi. Ular dastlab g‘orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Mil.avv. 1800-yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o‘rnashdilar. Ular o‘zlari bilan Terra-Marra (italyancha – «qora unumdor yer») dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan ko‘tarilgan ustunlarga o‘rnatilgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oq- da qurilgan uylarda yashaganlar. Keyinchalik bu madaniyat- ning vakillari lotin, samniy, umbr qabilalariga bo‘linib ketdilar. Mil.avv. I ming yillik atrofida qabilalarning yangi to‘lqini Vil- lan madaniyatini (Boloniya yaqinidagi joy nomi bo‘yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlaganlar. Mil.avv. VIII asrda Itali- yada ikki til guruhida so‘zlaydigan: lotin-sikull, sabin-umbrlar qabilalar guruhi tashkil topdi. Lotinlar dastlab qadimgi Lat- siya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida, samniylar tog‘li Samniy viloyati, Shimoliy Kampaniya, Apuli- ya, Lukaniya va Bruttiyada hayot kechirganlar. Tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin bo‘lgan volsklar lotinlardan janubdagi hududda joylashganlar. Aterna daryosining so‘l qirg‘og‘ida vestin va marusin qabi- lalari yashaganlar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Mamlakatning shimoliy-g‘arbidagi ligurlar itali- yaliklar kelishigacha eng qadimgi tub joy aholi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Itali- yaning shimoliy-g‘arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylash- gan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashaganlar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davr- da Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib, jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Mil.avv. I ming yillikda yarim orol aholisining aso- siy qismini hind-yevropa qabilalari bo‘lgan italiyaliklar, illiriya- liklar va yunonlar tashkil qildi. Yunonlar ilk bor Italiyada mil.avv. II ming yillikda pay- do bo‘ldilar. Mil.avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada ko‘plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi. Janubiy Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va Kro- ton; Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga asos solindi. Yunonlar uzumchilik, zaytun daraxti, donli ekin- lar ekish, chorvachilik bilan shug‘ullandilar. Yunon shaharla- 462 rida hunarmandchilik rivojlanib, Tarent qizil zarbof matosi, Regiy bronza buyumlari, Sirakuza kemalari, Qum shahri kulol- chilik bilan shuhrat qozondi. Yunon koloniyalarida savdo-hu- narmandchilik, dehqonchilik gullab-yashnadi. Bu koloniyalar o‘z ona vatanlari – Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo va bosh- qa hududlar bilan faol savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar. Vaqt o‘tishi bilan bu hudud Buyuk Yunoniston nomini oldi. Yunon koloniyalarida ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta ziddiyatli edi. Yunon- lar va ularning koloniyalari joylashgan hududlardagi xalqlar- ning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, davlat tuzumi, madaniy turmush tarzi o‘zaro bir-biriga ta’sir qilib, taraqqiyot jarayonida jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Po daryosi vodiysida kel’t qa- bilalari o‘rnashdilar. Ular bosh kiyimlarini xo‘roz patlari bilan bezar edilar. Shu sababli, rimliklar ularni gall (lotincha gallus – «xo‘roz») deb atadilar. Mil.avv. VI asrdan Sitsiliya va Italiya- ga finikiyaliklar o‘rnasha boshladilar. Mil.avv. III asrda Itali- ya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi. Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bi- lan yaqinlashib, romanlashish jarayonini boshdan kechirdi. Mil.avv. I asrga kelib lotin tilida so‘zlashadigan yagona italiyan xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Italiya deb atala boshlandi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling