Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Yozuvlar. Qadimgi Rim tarixiga oid turli yozuvlar saqlanib 
qolgan. Hujjatli manbalar haqida antik mualliflar asarlarini 
o‘qib ma’lumot olish mumkin. O‘n ikki jadval qonunlari matn-
larining parchalari huquqshunos va boshqa mualliflar asarla-
rida mavjud, lekin bunday yodgorliklar juda kam. Tarixchilar-
ning asarlarida shartnomalar, qonunlar saqlanib qolgan. 
Rimning imperiya davridan imperatorlarga bag‘ishlangan 
yozuvlar, qabr toshidagi yozuvlar, katta inshootlar devorida-
gi yozuvlar, imperator farmonlari, senat qarorlari (mil.avv. III 


459
yildagi agrar qonun, manisipiylar to‘g‘risidagi Yu. Sezar qo-
nuni), Vespasianning hokimiyati tog‘risidagi senat qarori, An-
toninlar davridagi kolonat munosabatlari to‘grisidagi hujjat-
lar, xudolarga murojaat va boshqalar. Jami 10 mingga yaqin 
hujjatlar saqlanib qolgan. Misrning Rim imperiyasining turli 
bosqichlaridagi hayoti to‘g‘risida ma’lumot beradigan papirus 
yozuvlari Misrda topilgan. Rim tarixiga oid manbalardan biri 
qadimgi tangalar hisoblanadi. 
Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yod-
gorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan 
birga, Rim imperiyasi qaramog‘ida bo‘lgan Italiyadan tashqari
 
Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada
 ko‘p miqdor-
da me’moriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari 
qoldiqlari, ko‘p riklar, portlar saqlanib qolgan. 
3. Rim tarixi tarixnavisligi. Rim tarixini o‘rganish uyg‘onish 
davridan lotin va yunon matnlarini to‘plash va chop etishdan 
boshlandi. Antik mualliflarning asosiy asarlari XIV–XVI asrlar-
da izlab topildi. XVII asr oxirida fransuz olimi Abbat Tillemon-
ning 16 tomli «Cherkov tarixi» kitobining 6 tomi Rim imperiya-
si tarixiga bag‘ishlangan. XVIII asrda fransuz olimi Monteske 
«Rimliklarning buyukligi va halokati to‘g‘risida mushohadalar» 
asarini Rim tarixini tahlil qilishga bag‘ishladi. Eduard Gibbon 
(1737–1794-yillar) «Rim imperiyasining tushkunligi va yemiri-
lishi» nomli asarida Rim tarixini Antoninlar davridan Konstan-
tinopolning halokatigacha – 1453-yilgacha tasvirladi. Bu asar 
juda ko‘p manbalar asosida yaratilgan. Navbatdagi asar Bartold 
Georg Niburning (1776–1831-yillar) 3 tomli «Rim tarixi» bo‘lib, 
asar jamoa davridan birinchi Puni urushigacha bo‘lgan davrni 
o‘z ichiga olgan. Teodor Mommzen (1817–1903-yillar) 3 tomli 
«Rim tarixi», 3 tomli «Rim davlat huquqi» asarlarini yozdi. Bi-
rinchi asarda Rim hayotining barcha tomonlari yoritiladi, aso-
siy e’tibor siyosiy tarixga qaratiladi. Ikkinchi asarda Rim dav-
lat muassasalari (magistratura, komisiyalar, senat, munisepial 
kengashlar) tizimli yoritiladi.
XIX–XX asrlarda E.Meyer, E.Paysa, G.Ferrero va boshqa 
olimlarning asarlarida Rim tarixining turli muammolari yoritila-
di. Bu asarlarda Rim davlati va jamiyati taraqqiyoti masalalari 
bo‘yicha turli konsepsiyalar ilgari suriladi. «Kembrij qadimgi ta-
rixi» ko‘p jildli kitobning VII tomidan Rim tarixi bayon qilinadi. IX 
jilddan XII jildgacha to‘la qadimgi Rim tarixiga bag‘ishlangan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling