Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
QADIMGI RIM Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Apennin yarim orolining geografik o‘rni va tabiiy sha- roiti.
QADIMGI RIM
Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi 1. Apennin yarim orolining geografik o‘rni va tabiiy sha- roiti. 2. Qadimgi Rim tarixi manbalari. 3.Rim tarixi tarix- navisligi. 4. Rim tarixini davrlashtirish. 5. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi. 1. Apennin yarim orolining geografik o‘rni va tabiiy sha- roiti. Qadimgi Italiya (yunoncha «Buzoqlar mamlakati») deb, dastlab o‘zining sero‘t yaylov-o‘tloqlari bilan ma’lum bo‘lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli O‘rtayer dengizi dunyosining markazida joylashgan bo‘lib, qa- dimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega bo‘lgan. Italiyani sharq, janub va g‘arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adri- atika dengizlari o‘rab, uni O‘rtayer dengizining barcha mam- lakatlari bilan bog‘lagan edi. Mil.avv. I ming yillikda Italiya ning shimoliy hududlari mo‘tadil iqlim zonasida bo‘lib, Apennin yarim orolining qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Mes- sin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‘arbiy qirg‘og‘i qulay buxtalarga boy bo‘lib, dengizchilik va savdoning rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko‘pgina qismini tog‘lar egallaydi. Faqatgina 20 % hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliya ning unumdor yerlari, Latsiya tekisligi va Po daryo vodiysi dehqon- chilik uchun qulay bo‘lganligi uchun bu yerda tariq, bug‘doy, pol- ba ekilgan. Qadimda bog‘dorchilikda zaytun daraxt lari va uzum- chilik bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o‘rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‘p emas edi: temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. Qadimgi Italiyani geografik jihatdan 3 qismga bo‘lish qabul qilingan: 1. Shimoliy (Liguriya, Alp orti Galliyasi va Venetsiya); 455 2. O‘rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy); 3. Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). Apennin tog‘lari janubiy-sharqqa tomon cho‘zilib, Arelin tu- manida Adriatika dengizigacha yetib boradi. Yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o‘rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo‘lib, keyinchalik Italiya deb atala boshlangan. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Mil.avv. V asrda Po daryo vodiysiga gallar ko‘chib kelib, u yerdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli, bu o‘lka Rimda «Sizalp Galliyasi» deb nom oldi. U Sispadan Galliyasi, Po daryosining o‘ng qirg‘og‘i va Transpadan Galliyasi (daryo- dan shimol tomondagi viloyat)ni o‘z ichiga oladi. Italiyaning o‘zi Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyaning g‘arbiy qismi madaniyat tarixida o‘z yer tuzilishiga ko‘ra, muhim rol o‘ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), lotin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik yotadi. Bu yerdan kemachilik uchun qirg‘oqlari qulay tabiiy portlari bo‘lgan Tibr daryosi oqib o‘tadi. Lotin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy-sharq- dan Sabin, sharqdan Alban, janubdan Volsk tog‘lari bilan o‘rab turishi yarim orol tarixida lotin xalqlarining yuksalishiga sabab bo‘ldi. Italiyaning sharqiy qismi tog‘lik bo‘lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani bo‘lgan yovvoyi Sabin tog‘lari cho‘zilib ketadi. Undan so‘ng Samniy tepaliklari yota- di. Janubiy Italiyaning g‘arbiy qismida samniylarga qarindosh tog‘li qabilalar joylashgan tog‘lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo‘lib, bu yerda Tarent qo‘ltig‘i orqali Yunonistondan kolonistlar kel- gan. Bu yerda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko‘p sonli yunon koloniyalari barpo etilib, qadimda Buyuk Yunoniston deb atalgan. Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‘rin tutadi. Orolning sharqiy va janubiy hududlarini mil.avv. VIII asr- dan boshlab yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq finikiya- liklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsel) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o‘stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar 456 olib keldilar. Yunonistonga qaraganda, Italiyada hosildor yerlar ko‘proq. Ayniqsa, Po daryo vodiysi, Kampaniya viloyati sikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqon- chilik uchun juda ko‘p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning mohir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metall juda kam bo‘lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo‘rg‘oshin, Elba orolidan temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling