Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
va Eskvilinni egalladilar. Mil.avv. VII – VI asrlarda 285 gektar yerni egallagan Palatin, Seliy
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
va
Eskvilinni egalladilar. Mil.avv. VII – VI asrlarda 285 gektar yerni egallagan Palatin, Seliy , Eskvilin tepaliklaridan tashqari boshqa Kvirinal va Viminal tepaliklari ham qo‘shib olindi. Bu tepaliklar va Palatin o‘rtasidagi bo‘shliq shahar markaziga aylandi. Shu yerda uzoq yuz yilliklar davomida Rim davlat hayoti to‘plangan bosh maydon – Forum Romanum paydo bo‘ldi. «To‘rt kvartalli» shaharning paydo bo‘lishida etrusklarning roli katta edi. Ular shaharga Roma (Rim) nomini bergan bo‘lish- lari mumkin. So‘nggi Rim tarixchilarining aytishicha, Rimning eng birinchi podsholaridan biri Serviy Tulliyning kelib chiqishi etrusklardan bo‘lib, Serviy Tulliy davrida shahar yanada ken- gaydi. Kapitoliy va Aventin tepaliklari qo‘shib olinib, mustah- kam devorlar bilan o‘rab olingan. Endilikda Rim eng qudratli 469 lotin shahriga aylandi va tezda Latsiy viloyatida Al’ba Longadan yetakchilikni tortib oldi. Ilk Rim jamiyatining asosi urug‘(gent) edi. Urug‘ a’zolari umumiy mulkka ega bo‘lib, diniy marosimlarni birgalikda ba- jarar edilar. Bu qadimgi urug‘ jamoa tuzilmasining izlari Rim ismlarida ko‘rinadi. Rim ismlari uch qismdan iborat bo‘lgan: birinchi qism – shaxsiy ism, ikkinchi qism – urug‘ning nomi va uchinchi qism – urug‘ shoxchasi yoki shu odamga tegish- li laqab. Misol uchun, Gay (shaxsiy nom), Yuliy (urug‘ nomi), Sezar (urug‘ shoxchasiga tegishli laqab). Bu keyinchalik merosiy bo‘lib o‘tgan. Vaqt o‘tishi bilan urug‘chilik aloqalari zaifla shib, oilaviy aloqalar kuchaydi. Bu aloqalar nafaqat oila a’zolarini, balki xonaki qullarni ham qamrab oldi. Patriarxal oila tepasida barcha oila a’zolarining hayoti va o‘limi ustidan cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan «pater fa- milius» (oila otasi) turar edi. Rim oilasi ajdodlarning an’ana va urf-odatlarini saqlovchisi edi. Oila juda mustahkam edi. Far- zand ko‘rmaslik ham oilani buza olmagan. Farzandsiz oila qa- rindoshlarining bolalarini asrandi o‘g‘il-qiz qilib olganlar. Rimda er-xotinning ajralishi oson bo‘lsa-da, er-xotinlar ajralmaganlar. Er oila boshlig‘i, xo‘jayini edi. Oila a’zolari biror-bir ayb qilib qo‘ysa, ota oila sudini amalga oshirar, hatto o‘g‘lini qatl qilishi yoki sotib yuborishi mumkin edi. Ayollar oilada izzat-hurmatda bo‘lib, ular erlarining yordamchilari edi. Erga chiqqan rimlik ayol matrona deb atalgan. Matronalar erlari bilan mehmon- ga borar, uydagi ziyofatlarda ishtirok etar edilar. Farzandlari ham ularni hurmat qilganlar. Oilada bir xizmatkor bo‘lsa, ona uy ishlari bilan shug‘ullanmagan. Uning faxrli ishi ip yigirish bo‘lgan. Zodagon matronalarga yuqori darajada hurmat ko‘rsa- tilgan. Erkaklar ularga yo‘l berganlar. Matronalarning dafn ma- rosimlari ham hashamatli bo‘lgan. Ular erlari ustidan hukm surishni yaxshi ko‘rib, oila or-nomusini saqlashni o‘z burchlari deb bilganlar. Ular erlariga buyruq va maslahat berishni xush ko‘rganlar. (Mil.avv. I asrda Yuliy Sezarga qarshi fitnada ayol- lar erlari bilan birga qatnashganlari tarixda ma’lum). Farzand o‘g‘il-qizlar ham ota-onaning so‘zini ikki qilmas, oila g‘ururini saqlashga bir umr harakat qilganlar. Podsholik davrida qullar hali ham kam sonli bo‘lgan. O‘sha vaqtda Rimning to‘la huquqli fuqarolari «Populus Romanus» (Rim xalqi) shahardagi uch etnik unsur – lotin, sabin va etrusklarni aks ettirgan uch trib (qabila)ga bo‘lingan. 470 O‘n kuriya bir trib (qabila)ni tashkil qilgan. Har bir trib o‘n kuriyani, har bir kuriya esa o‘n urug‘ni o‘z ichiga olgan edi. Shunday qilib, Rim tarixchilarining ma’lumotiga ko‘ra, Rimning erkin aholisi dastlab 300 urug‘dan iborat bo‘lgan. Podshoning chaqirig‘iga ko‘ra, ular kurial yig‘inlari – komisiyalariga to‘planar edilar. Saylov kuriyalar bo‘yicha o‘tkazilgan. Kuriya yig‘inlarida urushlar, tinchlik, diniy e’tiqodga oid qarorlar qabul qilingan. Boshqa lotin shaharlari kabi Rimda ham jamoalar tepasi- da kuriya komisiyalarida (xalq yig‘ini) saylanadigan podsho tu- rar edi. Podsho oldida uning hokimiyati ramzi bo‘lgan, bolta ko‘targan 12 liktorlar borgan. Davlatni podsho bilan dastlab 100, keyinchalik 300 a’zodan iborat bo‘lgan oqsoqollar ken- gashi – senat (senatus – senex so‘zidan keksa) boshqargan. Senat komisiyalar qabul qilgan barcha qarorlarni tasdiqlagan. Podsho vafot etgan taqdirda, senat yangi podsho saylaguncha o‘z ichidan har besh kunda bir kishini vaqtinchalik podsho («in- terreks»)ni tayinlagan. Bu odat keyingi vaqtlarda ham saqlanib qoldi. Rimda oliy mansabdor shaxs – konsul vafot etganda ham bu odat qo‘llanilgan. Podsho oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo‘lib, zaruri- yat bo‘lganda bir qancha yordamchilar – kvestorlarga tayan- gan. Kvestorlar odam o‘ldirish ishlari bo‘yicha sudni amalga oshirganlar. Podsho mutlaq hukmdor bo‘lmasa-da, etrusklar davrida uning hokimiyati juda kuchli bo‘lib, Rim oilasi («pa- ter familius») hokimiyatini eslatar edi. U umrbod saylab qo‘yil- gan. Podsho qonunlarni qo‘llash huquqiga ega bo‘lib, lekin uni o‘zgartira olmas edi. Romul davridan Rim podshosi (rex) shaharning sudyasi, bosh kohini va lashkarboshisi bo‘lgan. Rim etrusk davlat hokimiya- ti ramz va belgilarini o‘zlashtirib oldi. Rim podshosi oltin toj, tilla iplar bilan tikilgan qizil rangli hashamatli kiyim, baland poshnali qizil etik kiyib, qo‘lida burgut tasvirli podsholik asosi- ni ushlagan. Podshoga qo‘llarida qamchi va bolta ushlagan tan soqchilar hamrohlik qilar edilar. Ular podshoning buyrug‘i bilan aybdor fuqaroni o‘lim jazosiga tortish yoki tan jazosi berishga doimo tayyor turganlar. Podsho fil suyagidan yasalgan taxtda o‘tirib, sud ishini amalga oshirgan. Podsho hokimiyati imperiya (oliy) deb atalar edi. Podsho o‘z vorisini tayinlash huquqidan mahrum edi. Yangi podshoni xalq saylagan. Urug‘ tashkilotlari a’zolari Rim xalqi (Romanus populus)ni tashkil qildi. Boshda ko‘chib kelganlar hisobidan to‘ldiriladigan 471 Rim fuqarolik jamoasi kuriyalar (Rimda o‘n urug‘ bir kuriyaga birlashtirilgan) bo‘yicha taqsimlangan edi. Ank Martsiy davri- da jamoa yer (ager publicus) zaxiralari tugadi. Chetdan ko‘chib keladiganlar endilikda jamoaga qabul qilinmadi va Rimda yopiq jamoa hosil bo‘ldi. Natijada qadimgi Rimning ikki sinfiy toi- falari – patritsiylar va plebeylar shakllandi. Imtiyozli patritsi- ylar (patricius – «zodagon otaning o‘g‘li») jamoa yer jamg‘arma- sidan foydalanish, kuriya komisiyalarida (comitca – lotin tilida yig‘ilish) ishtirok etish huquqiga ega edilar. Ko‘p sonli plebey- lar (plebs – lotin tilida omma) esa, o‘z urug‘larini saqlab qolib, Rim urug‘chilik tashkilotidan tashqarida bo‘lib, hech qanday huquqlarga ega emas edi. Shu sababli, patritsiy va plebeylar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yuz yillab davom etdi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida bir qism plebey boyib ketdi. Kambag‘allashib qolgan plebeylar, xonavayron bo‘lgan fuqarolar hamda ozod qo‘yilgan qullar qudratli patritsiylar homiyligi (patron)ga o‘tib, ularga kliyent (clients – «qaram kishilar») bo‘ldilar. Kliyent o‘z patroni – urug‘ining a’zosi bo‘lib, unga bo‘ysunar edi. So‘nggi Rim podsholari o‘z shax- siy hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib bordilar. Ular patritsiylarga qarshi kurashda plebeylardan siyosiy qurol sifatida foydalandilar. Podsho Serviy Tulliyning islohotlari Rim jamiyatini urug‘ jamoasidan davlatga o‘tishi- da muhim o‘rin tutdi. U harbiy islohot va unga bog‘liq senz (mulk) islohotlarini o‘tkazdi. Bu o‘zgarishlar natijasida kuriyalar bo‘yicha yig‘inlarni ik- kinchi darajali qilib qo‘ygan senturiy komisiyalari yetakchi o‘ringa chiqib oldi. Podsholik davri so‘nggida mulkchilikning antik shakli bilan Rim polisi yoki civitas – fuqarolik jamoasi- ni shakllanishi tugadi. Serviy Tulliy o‘tkazgan siyosiy islohot- lar bu qarama-qarshiliklarni ma’lum darajada yumshatdi. Serviy Tulliy islohoti urug‘chilik tuzumi asoslarini yemirdi. Podsho Serviy Tulliy (mil.avv. 578–534-yillar) Rimning bar- cha erkak aholisini (patritsiy va plebeylarni) olti mulkiy toifa- ga bo‘ldi: 100 000 mis assga teng mulkka ega bo‘lgan I toifa; 75 000 assga teng mulkka ega bo‘lgan II toifa; 50 000 assga teng mulkka ega bo‘lgan III toifa; 25 000 assga teng mulkka ega bo‘lgan IV toifa; 11 500 ass qiymatli mulkka ega bo‘lgan V toifa, VI toifa butun boyligi faqat bolalari bo‘lgan barcha kam- bag‘allar proletariy (latincha proles – «avlod»)larni tashkil etdi. 472 Har bir toifa Rim qo‘shini tarkibiga belgilangan miqdorda senturiy (yuzlik qo‘shin) berishi shart edi: I toifa – og‘ir qurol- langan piyodalar 80 senturiy, suvoriylar 18 senturiy, jami 98 senturiy; II toifa – 22 senturiy; III toifa – 20 senturiy; IV toifa – 22 senturiy; V toifa – 30 senturiy yengil qurollangan piyo- dalarni; VI toifa – 1 senturiy, jami olti toifa 193 senturiy (yuzlik) berishi shart edi. Xaql yig‘inida har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ko‘pchilik senturiy ovozi bilan qaror qabul qilingan. Senz fuqarolarning huquq va burchlari uyg‘unligini ta’minlashi lozim edi. Rimlik fuqaro qanchalik darajada boy va zodagon bo‘lsa, shuncha da- rajada umum foydasiga mablag‘ sarflashga majbur edi. Serviy Tulliy xalq yig‘inining yangi ko‘rinishi senturiy komisiyalarini joriy qildi. Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdi- lar. Senturiylarda odamlarning soni bir necha o‘ndan (1 toifa) bir necha yuzgacha (proletar senturiylari) tebransa-da, har bir senturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk senzi toifasi 193 ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi. Shundan xulosa qilgan holda, senturiy komisiyalarida hal qiluvchi ovozga mulk- dor fuqarolar egalik qildilar. Mulkiy senzdan tashqari, yosh senzi ham belgilandi: yoshlarning senturiylari (17 yoshdan 46 yoshgacha) harbiy dala xizmatini o‘tadilar, keksalarning senturiylari (46 yoshdan katta) garnizonlarda xizmat qilar edilar. Rim qo‘shini podsho qo‘mondonligi ostidagi 4 legiondan tashkil topgan edi. Serviy Tulliy yana ma’muriy-hududiy islohot o‘tkazdi. Rim davlati hududi 21 okrugga (mil.avv. 241-yildan ularning soni 35 taga yetdi) bo‘lindi. Bu okruglar trib deb (ulardan 4 tasi shahar, qol- gan 17 tasi qishloq tribi) ataldi. Senturiy komisiyalari ixtiyoriga kuriya komisiyalarining muhim vakolatlari – qonunlarni qabul qilish, mansabdor shaxslarni saylash, urush e’lon qilish va tinchlik bitimi tuzish kabilari o‘tdi. Serviy Tulliy islohoti demokratik ruhda bo‘lib, u zodagon bo‘lmagan, qobiliyatli oddiy fuqaroga o‘zini mehnati va samarali faoliyati bilan yanada yuqoriroq mulk senziga o‘tish imkoniyatini berar edi. Bu islohot oqsuyak urug‘ zoda- gonlarining ta’sirini zaiflashtirdi. Serviy Tulliy ibtidoiy jamoa munosabatlarini zaiflashtirdi. Rim shahrini lotin shaharlari ittifoqidagi mavqeyini mustahkamladi, patritsiy va Plebeylar- ni bir-biriga yaqinlashtirdi. Islohot davlat hokimiyatining ilk 473 asoslarini mustahkamladi. Serviy Tulluyning islohotlarini oddiy aholi qo‘llab-quvvatladi. Lekin bu islohot senator «ota- lar»ning qahr-g‘azabiga sabab bo‘ldi. Ular fitna uyushtirib, islohotchi podshoni o‘ldirdilar. Uning kuyovi va davomchisi Tarkviniy Mag‘rur islohotchi podsho Serviy Tulliyning siyo- satini davom ettirdi. U hunarmandchilik, savdo va qurilishni rivojlantirishga harakat qildi. Senatni past mavqedagi urug‘ vakillari bilan to‘ldirdi. Amaldagi hokimiyat eski patritsiy urug‘lari qo‘lida saqlanib qoldi. Chunki ular yerning eng ko‘p miqdoriga ega bo‘lib, birinchi tabaqani tashkil etib, senturiy komisiyalarida ko‘pchilik (98)ni tashkil qildi. Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho‘ponlar jamiyati edi. Rimliklar etrusklardan yerga ishlov berishning samarali usullari va uzumchilikni o‘zlashtirib oldilar. Etrusklarning tajribasidan foydalanib, rimliklar forum atrofida eng katta yer osti kanalini qurdilar. Ular yana etrusklardan marka- ziy zalga ega, tomida tuynugi bo‘lgan uyning maxsus shakli atriyni o‘zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi davrida mahalliy hunarmandchilik va savdo aloqalari rivoj- landi. Savdoning rivojlanishi uchun shaharning geografik jihatdan qulay joylashganligi, serqatnov suv yo‘li bilan Tibr daryosining o‘rta oqimida joylashganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bir necha asrlar davomida rimliklar savdo aloqa- larini pul o‘rnida hayvon (pekus)ni ayirboshlash yordamida amalga oshirdilar. Qadimda asosan ho‘kiz, qo‘y va mis metali ayirboshlashning asosiy mahsulotlari edi. Dastlab Rim savdo aloqalarini Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa, Attika va Karfagen bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Eng birinchi savdo shart- nomasi Karfagen bilan tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda, plebeylar shug‘ullandilar. Bu soha bo‘yicha Rimdagi Kapitoliy va Palatin o‘rtasida etrusk kvar- tali «Vikus tuskuss» muhim rol o‘ynadi. Dastlabki Rim dini animistik ko‘rinishda bo‘lib, unda to- temizmning bir qancha qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib, Rim shahrining asoschilari Romul va Remni em- izgan ona bo‘ri afsonasini aytish mumkin. Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to‘la edi. Ularni sehr- garlik, qurbonlik va duo-afsunlar o‘qish bilan yumshatish mumkin edi. Rimliklar asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ul- 474 langanliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho‘ponning barcha ishlariga homiylik qiladigan ko‘pgina xudolarga sig‘inar edilar. Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo‘riq yerni haydashda odamlarga yordam ko‘rsatgan. Yerlarni o‘g‘it- lashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan. Ekin ekish- da Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma’buda Siga, g‘alla unib chiqqanda ma’buda Segitiyaga murojaat qilar edilar. Begona o‘tlardan ekinlarni Runsinator, g‘allani chirishidan esa Robig himoya qilgan. Boshoqning yetilishi xudo Laturnaning, gullashi ma’buda Floraning vazifasi, o‘rimni xudo Messis bosh- qargan. Uy-joyni Lara va Penat, eshiklarni Yanus, uy o‘chog‘ini ma’buda Vesta himoya qilgan. Har bir oila o‘zining homiy xu- dosiga ega edi. Rim e’tiqodi, eng avvalo, barcha diniy urf-odatlarga qat’iy ri- oya qilish edi. Shu sababli, ko‘p sonli kohinlar mavjud bo‘lib, ular barcha xudolarning nomlari va vazifalarini yaxshi bilar edilar. Kohinlar duolarning rasmiy tasdiqlangan to‘plamlarini tuzar edilar. Ular kalendarni ham joriy qildilar. Qaysi kunda qaysi diniy marosimlarni bajarishni, baxtli va baxtsiz kunni aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. Avgurlarning max- sus kollegiyasi mavjud bo‘lgan. Kohin-folbin garuspiklar qur- bonlik hayvonlarining ichki a’zolariga qarab fol ochardilar. Ko- hinlar Rimda saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxslar bo‘lib, lekin alohida toifa emas edilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling