Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Rim magistraturasi. Rimda amaldorlar apparati yo‘q edi.
Barcha ijroiya hokimiyat saylanadigan lavozimli shaxslarga – magistratlarga tegishli edi. Respublika tuzumi o‘rnatilishi bilan barcha mansablar xalq yig‘inlarida saylangan. Mansablar ma- gistrat deb atalgan. Magistrat (magister) boshliq so‘zidan olin- gan. Magistratuta – (mansablar) ordinar (odatdagi) va ekst ra ordinar (favqulodda) shakllarga bo‘lingan. Magistrant xalq tepa- sida turadi. Xalq bilan birga «davlatning ulug‘vorligini» tashuv- chisi bo‘ladi. Vakolatlarini topshirgandan keyingina sobiq ma- gistratni sudga tortish mumkin edi. Magistratni haqorat qilish, rim xalqining ulug‘vorligini haqoratlash bilan tenglashtiriladi. O‘z lavozimida turgan vaqtda magistratni javobgarlikka tor- tish, lavozimidan tushirish mumkin emas. Mansablarga haq 481 to‘lanmasligi oddiy Rim fuqarolarini magistratura lavozimlari- ni egallashga imkoniyat bermadi. Aksincha, davlat vazifalariga saylanish va uni bajarish uchun fuqaroning o‘zi katta miqdor- da mablag‘ga ega bo‘lishi shart edi. Chunki lavozimni bajarish uchun kotiblar, choparlar, qo‘riqchilar, quyi tabaqa xizmatchi- larini yollab, ularga ish haqi berish kerak edi. Shu sababli, boy kishigina magistrat bo‘lishi mumkin edi. Magistrat lavozi- mini o‘tash – xizmat emas, faxr, sharaf. Barcha magistratlar beg‘araz, ish haqi olmay o‘z vazifasini bajargan, bir yil muddat- ga saylangan (diktatordan tashqari), barchasi kollegial bo‘lgan. Hokimiyatning umumiy tushunchasi Potestas atamasi bilan belgilangan; qo‘shin oliy qo‘mondonligi, oliy fuqarolik hokimi- yati, ma’lum bir diniy funksiyalarni o‘z tarkibiga oladigan Oliy hokimiyat imperium (oliy) nomini olgan. Konsul. Respublika tuzumi o‘rnatilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki konsul qo‘liga o‘tdi. Dast- lab ular pretor (oldinda yuruvchilar) deb atalar edi. Farazlarga ko‘ra, respublikaning birinchi yillarida ijroiya hokimiyatining boshida bir oliy magistrat – pretor bo‘lib, unga o‘rinbosari – kvestor yordam bergan. Plebeylarning Muqaddas toqqa birin- chi chiqib ketishlaridan so‘ng xalq tribunlari va plebey edillari, ularning yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo ijroi- ya hokimiyatga pretorning yagona rahbarligi va u tomonidan hokimiyatni bosib olinish imkoniyati mavjudligi xavfi tug‘ildi. Shuning uchun mil.avv. V asr o‘rtalarida bir oliy magistrat o‘rniga ikkitasi saylanadigan bo‘ldi. Ular bir xil hokimiyatdan foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular bir-birlari bilan maslahatlashishlari lozim edi. Shuning uchun ular konsullar (consulo – maslahatlashaman so‘zidan olingan) deb ataldilar. Lisiniy va Sekst qonuni bo‘yicha mil.avv. 367-yildan konsul- lardan biri plebeylardan saylana boshladi. Oliy magistratlar tarkibiga konsullar, senzorlar va pretorlar kirar edi. Konsullarni senturiy yig‘inlarda patritsiylar orasidan saylar edilar. Konsullar roziligisiz senat komisiyalari to‘plana olmas edi. O‘zlari esa vazifalarini bajarish davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. Konsullar urush vaqtida qo‘shin qo‘mondoni vazifasini bajarganlar. Senat va komisiyalarni cha- qirar edilar hamda qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Kon- sullar hokimiyati faqat biri ikkinchisining qaroriga veto (taqiq) qo‘yishi bilangina cheklangan edi. Amaliy hayotda esa konsul- lar patritsiylar va ularning oliy organi – senatning siyosiy man- 482 faatlari bilan hisoblashishga majbur edilar. Rimdan tashqarida konsul cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan, shaharda esa konsullarning huquqi ma’lum bir normalar bilan cheklangan. Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullar- cha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ular- ning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsul- lik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling