Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


qonunchilik  tashabbusi huquqiga ega emas edi. Senturiy komisiyalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 qonunchilik 
tashabbusi huquqiga ega emas edi.
Senturiy komisiyalari. Rimda xalq yig‘inlari yoki komisiyalar-
ning uch ko‘rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha 
kuriya komisiyalari
 mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq yig‘ini 
– senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalari-
ni
 siqib chiqardi. Senturiy komisiyalari konsullar tomonidan Rim 
shahridan tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha 
Rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy I toifa 98, jami senturiylar-
ning yarmidan ko‘p senturiy qo‘yar edi. Ovoz berish senturiylar 
bo‘yicha o‘tkazilib, har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ovoz berish 
qat’iy qabul qilingan tartibda: dastlab I toifa senturiylari, keyin II, 
III va h. k. ovoz berar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo‘yicha 
senturiylar ovozining 50% idan ko‘proq ovozi berilsa, ovoz be rish 
to‘xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi. Bunday ovoz berish 
tartibi bo‘yicha barcha masalalarni Rim fuqarolarining boy qismi 
bo‘lgan I toifaning 98 senturiylari hal qilar edi. Bu komisiyalar-
da pretorlar, konsullar va senzorlar saylanar edi. Ovoz berishning 
mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlari-
ning noroziligiga uchradi. 
Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik 
tashabbusiga ega bo‘lmagan senturiy yig‘ilishlarini jamiyatning 
patritsiy qatlamlarining vakili (konsul, diktator, pretor) chaqi-
rishi mumkin edi. Bu komisiyalarning biror-bir qarori 
«patres» 
– senat tomonidan tasdiqlanmasa, kuchga kirmas edi. Mil.avv. 
471-yildan kuriya va senturiy yig‘inlari namunasidagi plebey 
yig‘inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig‘inlarida qabul qilingan 
qarorlar
 – «plebitsit» faqat plebeylar uchun majburiy edi. Mil.
avv. 241-yilda senturiy komisiyalari islohoti o‘tkazildi. Endi-
likda har besh toifadan 70 senturiy qo‘yiladigan bo‘ldi. Ularga 
suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning 4 senturiy 
va proletarlarning 1 senturiysi qo‘shiladigan bo‘ldi. Jami 370 
senturiy (avvalgi 193 o‘rniga). Patritsiylar va plebeylarning ku-
rashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug – triblar bo‘yicha 
tribut
 komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi (Rim hudu-
di hududiy jihatdan 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo‘lingan). 
Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va plebey tribunlari 
saylanar edi. 
Senat. Senat podsholik davrining oxirida patritsiy urug‘lari 
oqsoqollari kengashi asosida paydo bo‘ldi. Jamoa ishlarini 
harbiy boshliq bilan birga boshqarishda katta obro‘ga ega edi. 


485
Podsholik davrida podsho oldidagi davlat kengashi edi. Mil.
avv. 509-yilda podsho hokimiyati qulagandan so‘ng senatning 
ahamiyati kuchaydi. Respublika davrida senat 300 a’zoga ega 
bo‘lgan. Senat harbiy ishga, tashqi siyosatga, moliya ishlari 
va davlat mulkiga rahbarlik qilar edi. U diniy e’tiqod ustidan 
nazorat qilib, favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega edi. U 
hukumat vazifasini amalga oshirdi. Mil.avv. 287-yilgacha har 
qanday qonun loyihasi senatda muhokama qilinganidan keyin-
gina xalq yig‘ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq yig‘inida 
qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina 
qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib, senat o‘ziga kerakli 
yo‘nalishda xalq yig‘ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar 
edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik qilib, davlat moliyasining 
egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o‘z faoliyati uchun 
senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatga tobe edilar. 
Mil.avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansab-
dor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro‘yxa-
tini senzorlar tuzganlar. Ularning rahbari eng keksa va obro‘li 
senator – princeps senatus (u munozara paytida birinchi bo‘lib 
so‘zlagan) edi. Senat ro‘yxatida birinchi senzorlar, keyin kon-
sullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga 
oliy magistratlar: diktator, konsullar, pretorlar haqli edi. Se-
natning qarori senatus konsul (senatus konsultum) yoki dekret 
(dekretum – qaror) deyilar edi. Senat Rim oligarxiyasining 
tayanchi edi. Senator unvoni umrbod edi. Odatda, senatorlar 
ro‘yxati ilgari magiustratura lavozimini egallagan yoki egallab 
turgan kishilardan ma’lum bir mulk senzi asosida (Oktavian 
davrida 1 mln sestersiy) nobillarning tor doirasidan tuzilgan. 
Imperiya davrida Oktavian hukmronligidan boshlab, senat-
ning funksiyalari cheklana boshladi (ayniqsa moliya, harbiy 
ish, tashqi siyosat, provinsiyalar boshqaruvi). Imperiya davri-
da senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hasha-
mati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. 
Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 
taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil 
lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Imperiya davrida senat o‘z 
mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. 
Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator se-
nator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. 
So‘nggi imperiyaning tugashi arafasida konsullik, pretor, edil 
lavozimlari faxrli unvonga aylandi. 


486
Amalda hokimiyat prinseps qo‘lida bo‘lib, senat davlatning 
oliy tashkilotlaridan biri hisoblanar edi. Imperator Diokletian 
davridan senat o‘z ahamiyatini to‘la yo‘qotdi, u Rim shahar 
kengashiga aylandi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling