Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistratura.
Kohinlar. Rimda diniy e’tiqod siyosiy hayotdan ajralmadi.
Qadimgi Rimda barcha oliy magistratlar qandaydir bir kohin- lik funksiyalarini bajarganlar. Kohinlar alohida ijtimoiy qatlam emas edi. Kohinlar kollegiyaga uyushgan bo‘lib, faqat diniy vazifani bajardilar. Pontifiklar kollegiyasi boshda uch, keyin olti kishini tashkil qildi. Kollegiya boshlig‘i buyuk pontifik deb atal- gan. U diniy marosim, rasm-rusumlarni bajarishda qatnashib, kalendar, ob-havo yozuvlarini olib borgan. Pontifiklar patritsiy- lar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Magistratlarga diniy masalalar bo‘yicha maslahatlar bergan. Buyuk pontifik mil.avv. III asr ox- iridan alohida komisiyalarga saylangan, pontifiklar kooptatsiya yo‘li bilan tayinlanganlar. Pontifiklar Mil.avv. 300-yildagi Ogul- niy qonuni bo‘yicha plebeylar ham pontifik lavozimlarini egal- lashi lozim bo‘ldi. Turli ibodatxona kohinlari flaminlar deb atal- gan. Ma’buda Vesta ibodatxonasi kohinlari Rimda katta obro‘ga ega bo‘lganlar. Bashoratchi kohin – avgurlar alohida kohinlar kollegiyasiga kirganlar. Boshda avgurlar faqat patritsiylardan saylangan. Magistratura. Rim konstitutsiyasi bo‘yicha magistraturalar kollegial bo‘lib (2 konsul, 2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2 senzor va 4 kvestor), bir yil ijro etilgan. Lavozimlar har yili qayta saylangan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim yil). Konsullar, pretorlar, kvestor va edillar lavozimga 1-martdan (mil.avv. 153-yilgacha, keyin 1-yanvardan), plebey tribunlari esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar. Dastlab sud hokimiyati ikki pretorga tegishli edi. Harbiy qo‘shin ta’minoti (intendant) qismi va harbiy o‘lja to‘rt kves- tor (mil.avv. 267-yildan sakkiz kvestor), shahar obodonchiligi, ta’minoti, tartibni saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish to‘rt edilga tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey tri- bunlari himoya qilar edi. Xalq tribunlari triblar bo‘yicha plebey yig‘inlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimi faqat plebeylarga tegishli edi. Dastlab ikki tribun saylangan. Keyin esa ularning soni 10 taga yetdi. Tribunlarning asosiy vazifasi plebeylarn- ing manfaatlarini himoya qilish edi. Xalq tribunlari diktator va senzordan tashqari barcha magistratlarning faoliyatiga arala- shish huquqiga ega edilar. Xalq tribunining veto (taqiqlayman) 487 si magistratning farmoyishi, xalq yig‘ini va senatning qarori- ni bekor qilgan. Xalq tribunlariga magistratni qamash huquqi ham tegishli edi. Tribunning turar joyi har qanday plebey uchun yashirinish joyi edi. Tribun uyi tun-u kun ochiq bo‘li- shi lozim edi. Lekin shahar chegarasidan tashqarida tribunlar o‘z hoki miyatini yo‘qotar edi. Tribunlar senat qaroriga norozilik bildirishlari mumkin edi, lekin dastlab ular senatda so‘zlash huquqiga ega emas edilar. Ularga senat majlisi bo‘layotgan bino eshiklari oldida turishgagina ruxsat berilgan. Keyinchalik tribunlar senatga kirish, munozaralarda ishtirok etish, hatto senat majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‘ldilar. Tribunlar bilan boshda xalq tribunlari yordamchilari – plebey edillari lavozimi kiritildi. Plebey edillari komisiyalarida saylangan. Rim respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an’analar kuchaygan bo‘lishiga qaramasdan, boshqaruvdagi hal qiluv- chi rolni senat va magistratlar o‘ynadilar. Bu Rim respublikasi aristrokratik mazmunining ifodasi edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling