Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
va Populoniyadan qazib olingan
temir Kampaniya va etrusk shaharlariga yetkazib berilar edi. Mil.avv. IV–III asrlarda Rim shahrida obodonchilik, qurilish ishlari avj oldi. Senzor konsul lavozimlarini egallagan, mil.avv. 292-yilda diktator bo‘lgan Appiy Klavdiy davrida senat ilga- rigi xarajatlarda o‘ta tejamkorlik siyosatidan voz kechdi. Kat- ta xarajat talab qilgan qimmat, lekin foydali inshootlar qurildi: Italiyaning turli hududlarida a’lo yo‘llar, jumladan, mashhur 493 Appiy yo‘li, Rimdagi suv quvuri qurildi. Botqoq yerlar quritilib, ekinzorlarga aylantirildi. Appiy Klavdiy yurisprudensiyani ham rivojlantirishga shart-sharoit yaratdi. Italiyaning ko‘pgina hududlari xo‘jaligining yetakchi soha- si dehqonchilik edi. Etruriyada unumdor tuproq, yumshoq iqlim, yuqori agronomiya madaniyati va agrotexnika taraqqiyoti yuqori hosil olishni ta’minlar edi. Bu yerda bug‘doy, arpa, tariq, polba; Kampaniya va Janubiy Italiyada uzumchilik, zaytun da- raxti keng tarqalgan edi. Etruriya g‘allasi Rim va lotin shaharla- rini, Buyuk Yunonistondan keltirilgan zaytun yog‘i Latsiya va Etruriyani ta’minlar edi. Mil.avv. VI–III asrlarda jamoa yer egaligining yemirilishi bi- lan birga, yerga xususiy mulkchilik kuchaydi. Urug‘ning yerlari kichik ulushlarga bo‘linib, yer ishlov berish uchun qarindosh- lar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifa- tida o‘zlariga tegishli yer maydoniga ishlov berar edilar (ular davlatdan 2 yugerdan 0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy va jamoa yerlaridan tashqari, davlat yer jamg‘armasi (ager pub- likis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo‘lmagan ijara to‘lovi bilan okkupatsiya (lotincha egallash) qilish huquqi- ga ega edi. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Ple- beylar ham yuz yillik kurashlar natijasida «ager publikis»dan foydalanish huquqiga ega bo‘ldilar. Ilk respublika davrida Rim iqtisodiyotining asosi qishloq xo‘jaligi edi. Mayda va o‘rta yer egaligi yetakchi rol o‘ynagan. Mil.avv. IV asrdan patritsiylar jamoa yerlarini («ager publikus») bosib ola boshladilar. Natija- da yirik xo‘jalik (imeniye)lar paydo bo‘lib, qullar mehnatidan ko‘proq foydalanila boshlandi. Boshda qadimgi Italiyada ayirboshlashning keng tarqalgan vositasi bo‘lib chorva hayvoni (pecus, shundan pulning lotin- cha nomi – pecunta) xizmat qildi. Eng qadimgi davrdan boshlab Rimda mil.avv. III asrgacha pul sifatida og‘irligi 2-2,5 kg gacha bo‘lgan, ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. Ularni mil.avv. V asrdan og‘irligi 1000-1830 gramm bo‘lgan, xudo va hayvonlar tasviri tushirilgan quyma jez parchalari siqib chiqara boshladi. Mil.avv. IV–III asrlarning ikkinchi yarmidan 327,45 gramm og‘irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave) tangalar keng tarqaldi. Mil.avv. IV asrning ikkinchi yarmidan natural xo‘jalik o‘rniga pul-tovar xo‘jaligi keldi. Rim pul birligi – mis ass paydo bo‘ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasi- da zarb qilina boshlandi. Shundan «moneta» so‘zi kelib chiqdi. 494 Mil.avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib, 173 gramm- ga keldi. Jez tanganing tressis Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling