Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
partizan urushiga o‘tdi. Urush cho‘zilib ketdi. Bundan noro-
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
partizan urushiga o‘tdi. Urush cho‘zilib ketdi. Bundan noro- zi bo‘lgan xalq yig‘ini senatning irodasiga qarshi qo‘shinga qo‘mondonlik qilish uchun o‘z sarkardasi, o‘zining dovyurakli- gi va harbiy qobiliyati bilan obro‘-e’tibor qozongan dehqonning o‘g‘li, plebey 48 yoshli Gay Mariyni qo‘mondon qilib tayinladi. Gay Mariy mil.avv. 107-yilda konsulligidan so‘ng, yaxshi qurol- langan qo‘shin bilan mil.avv. 105-yilda Yugurta urushini tugat- di. Yugurta Mavretaniyada, qaynotasi podsho Bokx saroyidan panoh izladi. Bokx uni rimliklarga berishga majbur bo‘ldi. Yu- gurta Rimda qatl qilindi. Numidiya qaram davlatga aylantirilib, uning rasman hukmdori qilib Yugurtaning aqli zaif ukasi ta- yinlandi. U nafaqat Yugurta urushini (mil.avv. 111–105-yillar) tugalladi, balki Rimni shimoldan kimvr va tevton german qabi- lalari hujumidan himoya qildi. 516 Ayni shu vaqtda Rim uchun yangi bir xavf tug‘ildi. Rim ning shimoliy chegaralarida german qabilalaridan bo‘lgan kimvr va tevton qabilalarining bosqini boshlandi. Kimvrlar va tevton- lar dastlab Yutlandiya yarim orolida yashar edilar. Mil.avv. II asr oxirida bu qabilalar o‘z joylaridan ko‘chdilar. Tevtonlar g‘arbga – Galliya, kimvrlar janubga tomon yurdilar. Jangovar kimvr qabilalari (150 ming kishi atrofida) mil.avv. 113-yillar atrofida Janubiy Germaniyaga kirib, Alp dovonlariga kelib, Italiyaning shimoliy-sharqiy chegaralariga xavf soldilar. Kon- sul Papirey Karbon Noreya shahri yonida kuchli qo‘shin bilan kimvrlarga hujum qildi, lekin shafqatsiz tor-mor qilindi. Italiya- ga yo‘l ochiq edi, lekin kimvrlar Alpdan shimolga o‘tib, Galliya hududiga bostirib kirdilar. Galliyada ham rimliklar mil.avv. 109-yilda yana yengildilar. Kimvrlarning gelvetlar, Galliya- ning o‘zida ularga qarindosh bo‘lgan tevtonlar bilan birlashuvi rimliklar uchun xavfli vaziyatni yana murakkablashtirdi. Mil. avv. 107-yilda konsul boshchiligidagi Rim qo‘shini Akvitaniya- da pistirmaga tushib to‘la yo‘q qilindi. Ammo rimliklar mil.avv. 105-yilda Janubiy Galliyada kimvrlardan eng dahshatli mag‘lu- biyatga uchradilar. Jang maydonida Kanna halokatidan ham ko‘proq 80 mingga yaqin legionerlar jasadi qoldi. Kimvrlar o‘z g‘alabalaridan keyin himoyasiz Italiyaga emas, Ispaniyaga yurish qildilar. Rim senati konsul Gay Mariy tashabbusi bilan harbiy-siyosiy islohotlar o‘tkazildi. Islohotlar natijasida yaxshi ta’lim berilgan yangi qo‘shin tuzildi. Ko‘p sonli tevton qabilalari mil.avv. 102- yil Sekstiy Akva yonidagi jangda rimliklardan yengildi. Mil.avv. 101-yilda Shimoliy Italiyadagi Vertsella yonidagi jangda kim- vrlar ham tor-mor qilindi. Janglarda 150-200 ming germanlar halok bo‘ldilar. Yana shunchasi Italiya va O‘rtayer dengizi qul bozorlarida sotib yuborildi. Gay Mariyning bunday yutuqlarining asosiy sababi uning harbiy islohotlari edi. Ilgari Rim qo‘shini zaruriyat bilan cha- qirilgan fuqarolarning ko‘ngilli qismlaridan iborat bo‘lib, urush harakatlari tugaganidan so‘ng ular o‘z tinch ishlariga qaytar edilar. Qo‘shinda xizmat qilish ma’lum miqdorda mulkka ega bo‘lgan, o‘zini qurol-yarog‘ bilan ta’minlay oladigan fuqarolar- ning faxriy majburiyatlaridan biri edi. Bunday tarkibda tuzilgan qo‘shin Rim shahar-davlati sharoitida o‘zini oqlar edi. Endilik- da Rim O‘rtayer dengizining turli qismlarida to‘xtovsiz urushlar 517 olib borayotgan bir paytda harbiy majburiyat nafaqat faxriy, aksincha, og‘ir bo‘lib, ayniqsa, ko‘ngillilarning asosini tashkil etadigan dehqonlar uchun xonavayron qiladigan majburiyat bo‘ldi. Gay Mariy senatdan qo‘shinga mulkiy ahvoliga qaramasdan barcha fuqarolarni qo‘shinga yollashga ruxsat oldi. Eng kam- bag‘al shaharlik va yersiz dehqonlar davlatdan qurol-yarog‘, harbiy xizmati uchun maosh, xizmat muddati tugaganidan so‘ng yer ulushi oladigan bo‘ldilar. Italiyaliklar va boshqa itti- foqchilar harbiy xizmatga ko‘plab jalb qilina boshlandilar. Nati- jada dehqonlardan tuzilgan ko‘ngillilar qo‘shini professional qo‘shinga aylana boshlandi. Bu qo‘shin o‘z ehtiyoj manfaatlari bilan aholini boshqa tabaqalaridan ajralib turar edi hamda ular o‘z qo‘mondonlariga so‘zsiz va sadoqat bilan bo‘ysunar edilar. Chunki har bir legionerning taqdiri va farovon hayoti bu sar- kardalarga bog‘liq edi. Gay Mariy qo‘shinning tuzilishi, qurolla- nishi, jangni tashkil qilish, jangchilarning harbiy mashqlarini tashkil qilish, qismlarning tuzilishiga taalluqli bo‘lgan qator is- lohotlarni amalga oshirdi. Rim qo‘shinida eng qadimgi davrdan bayroq yoq edi. Asosan dala nishonlari uchun pichan tutami qistirilgan uzun tayoq ko‘tarilgan edi. Gay Mariy qo‘shinga bur- gut tasviri tushirilgan nishon joriy etdi. Shu vaqtdan boshlab burgut tasviri legionning ramziga aylandi, bundan tashqari har bir kogorta ham o‘z ramziga ega bo‘ldi. Qo‘shinni qayta qurish- ning ijobiy natijalari tevton qabilalari ustidan (mil.avv. 102-yil) qilingan g‘alabalarda yaqqol ko‘rindi. Bu ijobiy o‘zgarishlar Gay Mariyni Rimda eng obro‘-e’tiborli kishiga aylantirdi. Natijada Gay Mariy uzluksiz 5 yil davomida 5 marta, jami esa 7 marta mavjud qonunlarga zid ravishda konsul qilib saylandi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling