Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
partiyasi va nobillarga qarshi turgan plebey demokratiyasining
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
partiyasi va nobillarga qarshi turgan plebey demokratiyasining populyarlar partiyasi paydo bo‘ldi. Populyarlar va optimatlar atamasini birinchi bo‘lib mil.avv. 63-yilda notiq va siyosiy ar- bob Sitseron ishlatdi. 3. Rim respublikasining tashqi siyosati. Bo‘lib o‘tgan vo- qealar senat hokimiyatining samarali boshqaruvi yo‘qligi, xalq kengashi ahamiyatining o‘sishi va ichki siyosatning beqarorligi, siyosiy arboblarning o‘sib borayotgan roli, ularning ochiqdan- ochiq demagogiyasi kurashning zo‘ravonlik usullarini qo‘llash- ga tayyorligi yaqqol ko‘rindi. Grakxlar va ularning eng faol tarafdorlarining o‘limidan so‘ng, populyarlarning zaiflashuvi vaqtinchalik edi. Rim jamiyatidagi qarshiliklar bartaraf qilinmagan edi. Begona hududlarda urush harakatlari olib borayotgan Rim qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilayotgan, nobillar homiylik qilgan qo‘mondonlarning muvaf- faqiyatsizliklari norozilikni kuchaytirdi. Rimning ichki siyosatidagi beqarorlik tashqi siyosiy masala- da hukmron doiralar e’tiborini vaqtinchalik susaytirdi. Mil.avv. II asrning so‘nggi 10 yilligida Rimning xalqaro ahvoli keskin- lashgan edi. Yaqin Sharqdagi eng kuchli ellin davlati Misr bilan Rim ittifoq tuzgan edi. Yaqingacha qudratli bo‘lgan Salavkiylar davlati yemirilish davriga kirib, Sharqda parfiyaliklar bosimiga qarshi tura olmay qoldi. Kichik Osiyoda Aristonik qo‘zg‘oloni 515 bostirilganidan so‘ng vaziyat osoyishta edi. Ammo bu vaqtda Afrikada Rim hukmronligiga Numidiya podsholigi jiddiy xavf tug‘dirayotgan edi. Numidiyaning taniqli podshosi Masinissa- ning nevarasi, Rimda ta’lim olgan yugurta Numidiya podsholigi taxtini egalladi. Yugurta (mil.avv.160 –104-yillar) bilan urush olib borayot- gan Rim qo‘shinlari birin-ketin mag‘lubiyatga uchradilar. Pod- sho Yugurta rimlik sarkardalarni sotib oldi va harbiy hiylalar bilan rimliklarni bir necha bor tor-mor qildi. Numidiya sha- harlarida shu vaqtda bo‘lgan italiyalik savdogar va sudxo‘rlar qirg‘in qilindi. Yugurta o‘z siyosatida rimliklarni dushman deb bilgan turli Shimoliy Afrika qabilalarining qo‘llab-quvvatlashi- ga tayandi. Mil.avv. 109-yilda Numidiyadagi Sutule yaqinidagi jangda Yugurta rimliklarni tor-mor qildi. Rimliklar Numidiya hududidan chiqib ketish va Yugurta bilan shartnoma tuzish majburiyatini oldilar. Sutule yonidagi g‘alaba Yugurtaning Shimoliy Afrika qabilalari oldida harbiy-siyosiy mavqeyeini kuchaytirdi. Ko‘p sonli gugul qabilalari, Mavretaniya podshosi Bokx Yugurtaga yordam berishga va’da qildi. Rimning Shimoliy Afrika mulklarini yo‘qotish xavfi yaqqol ko‘rindi. Yugurta rimlik harbiy qo‘shin boshliqlarini, Rimdagi ayrim senatorlarni kat- ta pora evaziga sotib oldi. Sotilgan poraxo‘r harbiy boshliqlar nomigagina urush harakatlarini olib bordilar. Rimda xalq yig‘ini Yugurta bilan rimliklar uchun sharman- dali «tinchlik» shartnomasini tasdiqlamadi. Numidiyaga qarshi yana urush boshlandi. Qo‘shin tartibga solindi. Tezda asosiy Numidiya shaharlari bosib olindi. Yugurta sahroga chekinib, Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling