Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Rim siyosiy hayoti. Milodiy14-yilida Avgust o‘limidan 
so‘ng uning merosxo‘rlari Tiberiy Klavdiy Neron (14–37-yillar), 
Gay Sezar Kaligula (37–41-yillar) va Klavdiy Neron Germanik 
(41–54-yillar)lar imperatorlik taxtini egalladilar.
Lekin bu hukmdorlarning hukmronligini so‘nggi yillarida si-
yosiy raqiblar bilan qonli kurashi prinsepslarning o‘ldirilishi 
bilan tugallandi. Kaligula fitna qurboni bo‘ldi. Neron o‘zini-o‘zi 
o‘ldirdi. Senat bilan prinsepsning qarama-qarshiligi eski Rim 
nobilitetini munisipal va provinsiya zodagonlari tomonidan 
siqib chiqarish jarayonini o‘zida aks ettirdi. Tiberiy (14–37-yil-
lar) komisiyalari yig‘ini tugadi. Magistratlar saylovi senat ix-
tiyoriga o‘tdi. Boshqa Tiberiy senat bilan kelishib hukmron-
lik qildi. Uning hukmronligi yillarida chegarani qo‘riqlaydigan 
bir necha legionlar o‘zlarining og‘ir hayotlaridan norozi bo‘lib, 
qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Tiberiy provinsiyalarni qo‘llab-quvvatladi, 
ularning soliq to‘lovlarini oshirmadi. Hammaga shubha bilan 
qaraydigan Tiberiy pretorian gvardiyasining prefekti Lutsey Eliy 
Seyanni o‘ziga yaqinlashtirdi. Shuhratparast Seyan o‘z g‘arazli 


543
maqsadlarini ko‘zlab Tiberiyning o‘g‘li Druzni zaharlab o‘ldirdi. 
Qator senatorlar ta’qib qilindi. Tiberiy 27-yildan umrining oxi-
rigacha (37-yil) Kapri orolida yashadi va imperiyani shu yerdan 
boshqardi. O‘zining yaqin kishisi Seyanning fitnasi ochilib qol-
di, uning hamtovoqlari shafqatsiz jazolandi. 
Senator-suvoriylar an’anaviy elitasining siyosiy tushkunligi bi-
lan pretorian gvardiyasi boshliqlarining mavqeyi kuchaydi. Agar 
Tiberiyni senat hokimiyat tepasiga keltirgan bo‘lsa, 33-yildan 
so‘ng uning jiyani Klavdiy Neronni pretorian gvardiyasi impera-
tor deb e’lon qildi. Buning evaziga yangi imperator har bir preto-
rian gvardiyachisiga 15 ming sestersiy miqdorida mukofot berdi. 
Senat hukmdorning shaxsiy qo‘riqchilari (pretorian gvardiyasi) 
qabul qilgan qarorlarni tasdiqlaydigan oddiy tashkilotga aylandi. 
Tez orada qo‘shin ham o‘zining siyosiy huquqini talab qilib chiq-
di. Milodiy 68-yillari qonli fuqarolar urushi natijasida Tit Flaviy 
Vespasian imperator deb e’lon qilindi.
Vespasian (69–79-yillar) fuqarolar urushida qo‘shin-
ning qo‘llab-quvvatlashi bilan g‘olib chiqib, Flaviylar sulolasi 
(69–96-yillar)ga asos soldi. Flaviy va uning birinchi merosxo‘rlari 
davrida Rim davlati ma’lum darajada mustahkamlandi. Davlat 
xazinasi to‘ldirildi. Flaviylar provinsiya zodagonlaridan senat 
tarkibini to‘ldirdilar va senat bilan murosa qilgan holda ich-
ki va tashqi siyosatni olib bordilar. Vespasianning kichik o‘g‘li 
Domitsian (81–96-yillar) davrida siyosiy terrorning yangi to‘lqi-
ni boshlandi. Domitsian cheklanmagan hokimiyatga intilib, 
senatni o‘zini xudo va hukmdor deb e’lon qilishga majbur qildi 
va o‘zi raqib deb hisoblagan senator va boshqa boy fuqarolarni 
qatag‘on qildi. Shu sababli, u milodiy 96-yili fitnachilar tomoni-
dan o‘ldirildi. 
Domitsian o‘ldirilganidan so‘ng imperatorlar 100 yil davo mida 
senat bilan kelishgan holda davlatni boshqardilar. Impera torlar 
provinsiyalar ravnaqi uchun qator tadbirlarni amalga oshir-
dilar, g‘olibona tashqi urushlar olib bordilar. Imperiya chega-
ralarini tashqi dushmanlardan himoya qildilar. Shuningdek, 
ular Rimning qadimgi urf-odatlari va an’analariga hurmat bi-
lan qaradilar. Fan va san’atga homiylik qildilar. Ayniqsa, Itali-
yadan tashqarida tug‘ilgan birinchi Rim askar-imperatori Mark 
Ulpiy Trayan (98–117-yillar) va imperator-faylasuf Mark Avreliy 
(161–180-yillar) davlat hokimiyati va jamiyatning barqaror 
rivoj lanishi uchun o‘zlarining namunali ichki va tashqi siyosat-
lari bilan shuhrat qozondilar.


544
Milodiy I–II asrlarda Rim imperiyasining tashqi siyosati 
mudofaa xarakteriga ega bo‘ldi. Keyinchalik, imperiya hudud-
lari bir qadar kengaydi. Britaniya oroli Rim imperiyasi provin-
siyasiga aylandi. Afrika va Bolqon yarim orolida yangi provin-
siyalar paydo bo‘ldi. Ammo bepoyon hududlarda barqarorlikni 
saqlab turish, provinsiyalarda tez-tez ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar 
faol istilochilik siyosatini olib borishga xalaqit berdi. Galliya va 
Yahudiyadagi kuchli qo‘zg‘olonlar, Quyi Dunaydagi daklar, shi-
moldagi german qabilalari bilan urushlar, sharqda esa Parfi-
yaning kuchayishi Rim davlatining chegaralari mudofaasini 
mustahkamlashni talab qildi.
Imperatorlar Trayan (mil.98–117-yillar), Adrian (117–138-yil-
lar) va Mark Avreliy (161–180-yillar) davrida yaxlit mudofaa lini-
yalari shakllandi. Adrian davrida Rim fuqaroligiga ega bo‘lma-
gan provinsiya aholisi ham legionlarga harbiy xizmatga qabul 
qilina boshlandi. Milodiy I–II asrlarda prinsepslar hokimiyati-
ning moddiy asoslari kuchaydi. Provinsiyalarning ko‘pchiligini 
daromadlari imperator xazinasi (fisk)ga tushdi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling