Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


II triumvirat. Respublikaning qulashi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. II triumvirat. Respublikaning qulashi. Sezarni o‘ldirib, 
fitnachilar o‘zlarini yo‘qotib qo‘ydilar. Ular tiraniyaga qarshi ku-
rash va boshqarishning respublika tuzumini qayta tiklash shi-
ori ostida harakat qildilar. Lekin senatorlar ozodlikning tikla-
nishini olqishlash o‘rniga vahimaga tushib qochib ketdilar. 
Hech qanday rejaga ega bo‘magan fitnaning faol ishtirokchilari 
Brut va Kassiy shahardan qochishga majbur bo‘ldi. Sezarning 
eng yaqin do‘stlaridan biri, mil.avv. 44-yildagi konsul Mark An-
toniy Rimning amaldagi xo‘jayiniga aylandi. Antoniy Sezarning 
merosxo‘ri sifatida marhumning uyidan uning arxivi, 100 mln 
sestersiy miqdoridagi pul mablag‘ini o‘zlashtirib oldi. Sezarning 
dafn qilish marosimi dabdabali qilib o‘tkazildi. 
Dafn marosimi arafasida Sezar vasiyatida o‘zining bosh me-
rosxo‘ri qilib, asrandi o‘g‘li, singlisining 18 yoshli farzandi Gay 
Oktavian Furinni belgilagani ma’lum bo‘ldi. Antoniy aholining 
turli guruhlari o‘rtasida o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun 
faol harakat qildi. Senatga yon berdi. Sezarning veteranlariga 
suyanishni ko‘zlab, ularga qonun bilan yer ulushi berdi. O‘z 
hokimiyatini kuchaytirish uchun boy Galliya provinsiyasini 
o‘z ixtiyoriga o‘tkazdi. Senat Sitseron boshchiligida unga qar-
shi muxolifatga o‘tdi. Boshda Antoniy Gay Yuliy Sezar Okta-
vianga mensimasdan qaradi. Oktavian senat bilan vaqtincha-
lik ittifoq tuzdi. Respublika tarafdori bo‘lgan mashhur notiq va 
konsul Sitseron yangi tiran Mark Antoniyga qarshi Oktavianni 
qo‘llab-quvvatladi. Shu vaqtda respublika tarafdorlari bo‘lgan 
Brut va Kassiy Bolqon yarim orolida katta harbiy kuch to‘pladi-
lar. Mil.avv. 42-yil kuzida Makedoniyadagi Filipp shahri yaqi-
nida triumvirlar qo‘shinlari bilan senat respublikasi tarafdor-
lari qo‘shinlari o‘rtasida ikki jangda respublikachilar yengildi.
Fuqarolar urushining oxirgi bosqichi boshlandi. Senatning 
topshirig‘i bilan Oktavian Mark Antoniyga qarshi urush bosh-
ladi. Mil.avv. 43-yil aprelida Mutina yonidagi jangda Antoniy 
yengildi. Legionerlar Oktavianga imperator unvonini berdi-
lar. Antoniy esa respublika dushmani deb e’lon qilindi. An-
toniy yengilgach, senat g‘alabani bayram qildi. Sitseron bosh-
chiligidagi senat oligarxiyasi Oktavianning o‘z mutlaq hokimiya-
tini o‘rnatishiga yo‘l bermaslikka urindilar. Oktavianning kon-
sul bo‘lishiga qarshi chiqdilar va unga qo‘shin qo‘mondonligini 
topshirishga buyruq berdilar. Oktavian esa qo‘mondonlikni 
topshirmadi. Antoniyni ta’qib qilmadi. Aksincha, Mark Antoniy 
va Sezar tarafdorlaridan bo‘lgan Lepid bilan o‘zaro shartnoma 


535
tuzdi. Ularning ittifoqi II triumvirat (Bononi shahri yaqinida 
mil.avv. 43-yil) nomi bilan ma’lum. Bu ittifoq I triumviratdan 
farq qilgan holda xalq yig‘inida rasmiy tasdiqlandi. Triumvirlar 
kelishuviga binoan Oktavian mil.avv. 41-yil 19-avgustida kon-
sul etib saylandi. Italiyada ular o‘zlariga qarshi bo‘lgan respub-
lika tarafdorlarini ta’qib ostiga oldilar. G‘oliblar proskripsiya 
ro‘yxatiga nafaqat o‘zlarining dushmanlari bo‘lgan senatorlar-
ni, balki boy bo‘lgan rim fuqarolarini ham kiritdilar. Ular Sulla 
davridagi proskripsiyadan hajmi va shafqatsizligi bilan oshib 
tushdi. E’lon qilingan proskripsiya natijasida minglab odamlar, 
birinchi navbatda, taniqli respublikachi Sitseron halok bo‘ldi. 
Respublikachilar tor-mor etilgach, Brundiziyda Oktavian va 
Antoniy triumvirlar o‘rtasida provinsiyalar yangidan taqsimlan-
di: Oktavianga G‘arbiy provinsiyalar Illiriya bilan birga berildi, 
Antoniy sharqdagi provinsiyalarga ega bo‘ldi, Lepedga Afrika 
qoldirildi. Shartnoma sulolaviy nikoh bilan mustahkamlandi. 
Antoniy Oktavianning yaqinda beva qolgan singlisi Oktaviyaga 
uylandi. Pompeyning o‘g‘li Sekst Pompey dengizda qaroqchilik 
qilib, Rimga oziq-ovqat keltirishni qiyinlashtirdi. Oktavian unga 
qarshi keskin urush harakatlari olib borib, bir necha jangda 
S.Pompeyning flotini yanchib tashladi. Italiyada Oktavianning 
obro‘si oshib ketdi. Mil.avv. 36-yilda Antoniy Parfiyaga yu rish 
boshladi, lekin bu yurish natijasiz tugadi. Antoniy mil.avv. 
34-yilda Armanistonga yurish qilib, arman podshosini xoinlik-
da ayblab qatl qildi. Shundan so‘ng Kleopatra podsholar pod-
shosi deb e’lon qilindi. Uning o‘g‘illari mustaqil hisoblangan 
yoki rim provinsiyalari tarkibiga kirgan podsholiklarni Antoniy-
dan sovg‘aga oldilar. Antoniy va Kleopatra ma’lum bir siyosiy 
maqsadlarni ko‘zlagan edilar. Antoniy Misr podsholigining 
katta boyliklari parfiyaliklarga qarshi harbiy yurish uyushti-
rish imkoniyatini beradi deb hisobladi. Kleopatra Ptolemeylar 
podsholigini mil.avv. III asr boshlaridagi chegaralarda tiklashni 
orzu qilgan edi. Rim hukmron tabaqalar Antoniyning faoliyati-
ni Rimning manfaatlariga zid hisobladi. Oktavian rimliklarning 
Antoniyga nisbatan dushmanlik kayfiyatini yanada kuchayti-
rishga harakat qildi. Oktavian Rimga qaytib, Antoniyga qarshi 
zimdan kuch to‘play boshladi. Tez orada triumvirlardan biri 
Lepid Sitsiliyada hokimiyatni qo‘lga olishga urindi, lekin uning 
qo‘shinlari Oktavian tomoniga o‘tib ketdi. Natijada Lepidning 
siyosiy faoliyati tugallandi. Lepid oliy pontifik lavozimiga ega 
bo‘lgani uchun Oktavian uning hayotini saqlab qoldi. Shundan 


536
so‘ng Lepid Rimda hech qanday siyosatga aralashmay, mil.avv. 
12-yilgacha yashab, 77 yoshida vafot etdi. Italiya va uning atro-
fidagi hududlarda o‘z hokimiyatini mustahkamlagan Oktavian 
raqibi Antoniyga qarshi urushga jiddiy tayyorlana boshladi. 
Mark Antoniy Misrga jo‘nab ketdi va u yerda malika Kleopat-
raga uylandi. U mutlaq hukmdor sifatida sharqdagi Rimning 
yer-mulklariga egalik qildi. Mil.avv. 32-yilda rimliklar Misrga 
qarshi urush e’lon qildilar. Antoniy tarafdorlaridan tozalan-
gan senat uni «respublika dushmani» deb e’lon qildi. Oktavian 
250 jangovar kema, 80 ming legionerlardan iborat quruqlik-
dagi qo‘shinga, Antoniy esa 100 ming piyoda askar, 12 ming 
otliq va 500 kemaga ega edi. Mil.avv. 31-yil 2-sentabrda Epir 
qirg‘og‘idagi Aksiy burni yonida dengiz jangi bo‘lib, bu jang-
da Antoniy floti yengildi. Mil.avv. 30-yilda Oktavian Suriya va 
Misrga yurish qildi va hech qanday qarshiliksiz Aleksandriya 
shahrini egalladi. 
Jangda yengilib, hokimiyatdan ajralgan, umudsizlikka tush-
gan Antoniy o‘zini qilichga tashlab o‘ldirdi. Kleopatra esa o‘lim 
to‘shagida yotgan eriga o‘zini o‘ldirib, uning orqasidan borishni 
va’da qildi. Ammo buning o‘rniga u Oktavian tomoniga o‘tmoq-
chi bo‘ldi. Faqat g‘olib Oktavian uni kishanlab, Rimga olib 
borish niyati borligini bilib qolib, o‘zini o‘ldirdi. Aytishlaricha, 
malika o‘zini zaharli ilonlarga chaqtirib o‘ldiradi. Oktavianning 
buyrug‘i bilan Sezar va Kleopatraning o‘g‘li Sezarion hamda An-
toniyning Fulviyadan bo‘lgan katta o‘g‘li Antullni o‘limga hukm 
qildilar. Antoniyning qolgan 9 bolasini uning sobiq xotini Ok-
taviya (Oktavianning singlisi) o‘z tarbiyasiga oldi. Ptolemeylar 
sulolasi 300 yilga yaqin hukmronlik qilgan Misr Rim provin-
siyasiga aylantirildi. Shu bilan Rimda fuqarolar urushining 
fojiali davri tugadi. Sezarning asrandi o‘g‘li Oktavianning Rim 
O‘rtayer dengizi davlatiga uzoq hukmronlik yillari boshlandi 
(mil.avv. 30-yildan–milodiy 14-yiligacha). 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling