Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi. Mil.avv. I asr-
da Italiyada ittifoqchilar urushi bo‘lib o‘tdi. Rimning italiyalik ittifoqchilari rimliklar bilan birga, harbiy xizmatning barcha majburiyatlarini o‘tab, bundan hech qanday yengillik, foy- da olmadilar. Provinsiyalarda shaharlarning katta qismi ma- halliy ishlarda bir qism o‘z-o‘zini boshqarish huquqidan («sosi – ittifoqchilar») foydalanar edilar. Bunday shaharlar qatorida keng avtonomiyadan foydalanuvchi erkin shaharlar ham bor edi. Rim provinsiyalarini bunday boshqarishda «bo‘lib tashla va hukmronlik qil» («dividt et impera») siyosatidan foydalandi- lar. Dehqonlar yerga egalik qilish kafolatlariga muhtoj edilar. 518 Yersiz dehqonlar va qo‘shinda harbiy xizmat muddatini o‘tagan veteranlar yer ulushi olish, shahar plebey esa turli xayr-ehson, oziq-ovqat mahsulotlarini tekin olish ilinjida edilar. Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega bo‘lishga harakat qildilar. Respublikaning I asrlarida Rim davlat hokimi- yati ittifoqchilarning ancha qismiga Rimga ko‘chib o‘tib, uning fuqarolari bo‘lish huquqini berdi. Vaqt o‘tishi bilan bunday im- koniyatlar cheklandi. Rimning O‘rtayer dengizi davlatiga aylani- shi bilan Italiya federatsiyasi kamroq rol o‘ynadi. Rimda Italiya aholisiga past nazar bilan qarash an’anasi kuchaydi. Xalq tribuni Appuley Saturnin mil.avv. 103-yilda rim aho- lisiga favqulodda arzon narxlarda rim fuqarolariga davlat to- monidan non sotish to‘g‘risidagi qonunni o‘tkazdi. Saturnin dasturida G.Mariy veteranlarini yer bilan ta’minlashni ham ko‘zda tutdi. Nobillarning qattiq qarshiligiga qaramay, Satur- ninning agrar qonuni qabul qilindi. G.Mariy siyosiy hokimiyat- ga erishish va yangi konsullikga saylanish uchun populyarlar- ni qo‘llab-quvvatladi. Saturnin qonuni qabul qilingan bo‘lsa-da, uni amalga oshirish mumkin bo‘lmadi. Demokratik harakatning keng ko‘lamga aylanib ketishi suvoriylarni qo‘rqitib yubordi. Nati- jada suvoriylar nobilitet bilan birlashdi. Mil.avv. 100-yildagi siyo- siy kurash qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. G.Mariy ham nobil- lar tomoniga o‘tdi va senatdan favqulodda vakolatlar olib, qo‘zg‘o- lonni bostirdi. Saturnin agrar qonuni mayda va katta yer egaligi o‘rtasidagi kurashning yangi bosqichi bo‘ldi. Italiyadagi vaziyat juda keskin edi. Yetarlicha siyosiy tajriba ga ega bo‘lgan nobillarning ba’zi bir vakillari faqat o‘z vaqtida o‘tkarilgan islohotlar norozilikni oldini olishi mum- kin deb hisob lar edilar. Bu islohotlarni o‘tkazish tashabbusi bilan mil.avv. 91-yilda xalq tribuni lavozimiga saylangan op- timat Kichik Liviy Druz chiqdi. U Rim fuqarolari va italiya- liklarning keng qatlamlariga suyangan holda senat obro‘ini mustahkam lash, shu bilan bir vaqtda kuchayib ketayotgan suvoriylarni zaifl ashtirish maqsadini ko‘zladi. U bir necha qonun loyihalarini taklif qildi: 1. Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish. 2. Kampaniya va Sitsiliyadagi hali taqsimlanmagan jamoa yer - lari da Rim fuqarolari koloniyalarini tashkil qilish. 3. Senatorlarning sud komisiyasiga provinsiya noiblari suiis- te’mollari to‘g‘risidagi ishlarni berish, shu bilan birga, se natni 300 suvoriy bilan to‘ldirish. 519 4. Eng kambag‘al fuqarolarga arzon non sotishni ko‘paytirish. Birinchi qonun loyihasi keskin qarshilikka uchradi. Ittifoq- chilar to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadigan xalq ken- gashidan bir kun oldin Liviy Druz o‘ldirildi. Liviy Druzning o‘ldirilganligi, uning qonun loyihasi rad etil- ganligi haqidagi xabar Rimga qarshi ittifoqchilarning urushini keltirib chiqardi (mil.avv. 91– 88-yillar). Katta yer egaligining o‘sishi Italiya aholisi foydalanib kelgan yerlarni okkupatsiya qilinishiga olib keldi. Italiya aholisi rim fuqaroligini olish uchun kurashdi. Rim bu urushga bor kuchini to‘pladi. Eng yaxshi sarkardalar Gay Mariy, Lutsiy Korneliy Sulla, Litsiniy Krass va hatto ozod qullar ham qo‘shinga safarbar qilindi. Urush davomida rimliklar yon berishga majbur bo‘ldilar. Rim fuqa- roligini barcha italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va umbrlarga berish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Keyin esa ikki oy davomida qurolini topshiradigan qozg‘olonchi ittifoqchi- larga ham fuqarolik va’da qilindi. Faqat shundan keyingina qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida ajralish boshlandi. Urushni oxiriga- cha davom ettirmoqchi bo‘lgan mars va boshqa qabilalarning shahar va qishloqlari kultepaga aylantirildi. Ittifoqchilar urushi qator muammolarni hal qildi. Urush quyidagi asosiy natijalar bilan tugadi: - Rim rasmiy jihatdan ham jamoa-davlat sifatida yashashni to‘xtatdi; - Ittifoqchi jamoalar mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruvini saqlab qolgan yagona davlat tarkibiga kirgan shahar-munisipiylarga aylandi; - Munisipiylar ichki qurilishda Rim tartiblarini o‘zlashtira oldilar. O‘z-o‘zini boshqaruvning bosh organi xalq yig‘ini say- lagan sobiq magistrantlar, 100 dekurionlardan saylangan se- nat (kuriya) edi. Senat a’zolari, odatda, boy shaharliklar, o‘rta yer egalari – quldorlar edi; - Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga birlashuvidan birinchi navbatda, boy italiyaliklar foyda ko‘rdilar. Jumladan, dekurionlar toifasi shu vaqtdan boshlab hukmron sinfning iqti- sodiy va siyosiy jihatdan kuchli guruhi sifatida o‘rin egallay boshladi; - Italiya iqtisodiyotida quldorlik munosabatlari jamoalararo doiradan chiqib, yanada jadal rivojlana boshladi; - Asosan yersizlikdan azob chekkan Italiya dehqonlari vete- ranlar sifatida provinsiya yerlarini egallash imkoniga ega bo‘l- 520 dilar. Provinsiyalarda italiyalik savdogarlar, sudxo‘rlar, ija- rachilar hamda hunarmandlar keng faoliyat ko‘rsata boshladi- lar. Eng kambag‘al italiyaliklar legionerlar va davlat yordamini oladigan Rim yo‘qsillari safini to‘ldirdilar. Rim fuqarolari sonini 400 mingdan ikki milliongacha o‘sishi ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlarni tugatmadi, balki yanada kuchay- tirdi. Ittifoqchilar urushida rimliklarning g‘alabasi juda qim- matga tushdi. Italiya shahar va qishloqlari vayron qilindi. Juda ko‘p qurbonliklar berildi. Iqtisodiy tushkunlik boshlanib, pul qadrsizlandi. Iqtisodiyotdagi tushkunlik rim jamiyatida ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashuvi bilan birga bordi. Tashqi siyosat- da bu vaqtda jiddiy muammolar tug‘ildi. Rim respublikasi- ning og‘ir vaziyatidan foydalangan Pont podshosi Mitridat VI Yevpator Rimning Osiyodagi provinsiyalariga bostirib kirdi. Mil. avv. 88-yilda Rim respublikasi chuqur ijtimoiy-siyosiy tanglik va qonli tashqi urushlar davriga kirdi. Oqibatda, Respublika tizimi zaiflashdi, demokratik tuzumdan mutlaq hokimiyat to- moniga jadal siljish boshlandi. Agrar masala, Italiya shaharla- rining huquqsizligi, oddiy xalq-plebsning ahvolini yomonlashuvi hamda hukmron tabaqalar o‘rtasidagi kurash respublika tuzumi asoslarini zaiflashtirdi. Rim respublikasi o‘z halokati tomon jadal yurishni boshladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling