Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Agrar masala. Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni Rim jamiya-
tining ichida va butun mamlakat miqyosida kuchli ziddiyatlar mavjudligining belgilaridan biri bo‘ldi. Quldorlik munosabatla- rining keng tarqalishi, dehqonlarning yersizlanishi, xonavayron bo‘lishining ommaviy tus olishi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirdi. Hukmron tabaqaning uzoqni ko‘ra oladigan vakillari dav- lat va uning harbiy kuchini mustahkamlash maqsadida Rim qo‘shinlarining asosini tashkil etgan dehqonlar ahvolini yax- shilash zarurligini tushunar edilar. Shu maqsadda yirik yer egalari qo‘lida to‘planib qolgan ortiqcha jamoa yerlarining bir qismini yersizlarga va muhtojlarga taqsimlash taklif qilindi. Ammo nobillar va katta yer egalari hal qiluvchi rol o‘ynagan senat yerni qayta taqsimlashga keskin qarshilik ko‘rsatar edi. Agrar islohotlarni o‘tkazish uchun Rimda harakat boshlandi. Taniqli plebey urug‘i Semproniylardan bo‘lgan mashhur Sisi- pionning nevarasi, otasi ikki marta konsul bo‘lgan senzorning o‘g‘li 28 yoshli Tiberiy Semproniy Grakx agrar islohotlarni o‘tka- zish uchun keskin kurash boshladi. Mil.avv. 133-yilda Tiberiy Grakx xalq tribuni lavozimiga saylanib, o‘z agrar qonun loyiha- sini taklif qildi. Bu qonun loyihasi bo‘yicha yerga egalik qilish 513 500 yugergacha cheklanib, agar oilada ikki voyaga yetgan o‘g‘il bo‘lsa, har bir oila 1000 yugergacha yerga ega bo‘lishi mum- kin edi. Qolgan ortiqcha yer pul mablag‘i bilan kompensatsiya qilish asosida davlatga qaytarilishi kerak edi. Yangidan tashkil etilgan yer jamg‘armasi 30 yuger (7,5 ga.) miqdorida chek yerga bo‘linib, yersiz va kam yerli fuqarolarga merosiy ijara huquqi- da taqsimlanishi kerak edi. Ularning egalari xazinaga uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda soliq to‘lashlari lozim edi. Qishloqda- gi kichik ishlab chiqaruvchilarning yersizlanishi va xonavayron bo‘lishini to‘xtatish maqsadida davlatdan olingan yerlarni sovg‘a qilish yoki sotish taqiqlangan. Qonun loyihasi qabul qilindi. Is- lohotni amalga oshirish uchun tarkibida Tiberiy va uning ukasi Gay bo‘lgan komisiya tashkil etildi. Islohotga qarshi bo‘lgan senat tashkiliy xarajatlarga pul mablag‘i berishdan bosh tortdi. Tiberiy senatga qarshi bo‘lgan yana bir qonunni komisiyalarda qabul qilinishiga erishdi. U agrar komisiyaning ehtiyoji uchun vafot etgan Pergam podshosi Attal III ning xazinasini berishga erishdi. Tiberiy Grakxning islohotchilik faoliyatiga qarshi kuch- li qarshilik boshlanib, uning dushmanlari navbatdagi saylovlar paytida Tiberiy va uning tarafdorlarini o‘ldirdilar. 10 yil o‘tgach, islohotlar dasturini Tiberiyning ukasi Gay Grakx taklif qildi. Gay Grakx agrar sohada emas, sud, ma’muriy tizim, qo‘shin va pul tizimida qator islohotlarni tizimli amalga oshirdi. Bir qancha tadbirlar shahar plebey foydasiga o‘tkazildi (arzon non sotish) va suvoriylar toifasidan provinsiya noiblari suiiste’mollarini ko‘radigan sud komisiyalari tashkil etildi. Lekin shahar plebeyning katta qismi va suvoriylar agrar is- lohotlardan manfaatdor emas edilar. Buning ustiga provin- siyalarga qishloq xo‘jalik koloniyalarining tashkil etilishi su- voriylarning noroziligiga olib keldi. Gay Grakxning Italiyaning Rimdan tashqari hududlari aholisiga fuqarolik huquqini berish niyati Rim plebsini unga qarshi bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Plebey o‘z imtiyozlari va o‘zlari oladigan xayr-ehsonni boshqalar bilan baham ko‘rishni istamas edi. Gay Grakx islohotchilik faoliyati- da jamiyatning turli xil tabaqalariga tayandi. Uning raqiblari mil.avv. 122-yildagi saylovda uning qayta saylanishiga yo‘l ber- madilar. Ommaviy to‘qnashuvda Gay Grakx va uning tarafdor- lari halok bo‘ldi. Uning o‘limidan so‘ng agrar qonunni hech kim bekor qilishga botina olmadi. Lekin yerlarni taqsimlovchi komi- siya tugatildi va yer berish to‘xtatildi. Mil.avv. 111-yildagi agrar islohot ilgari 500 yugergacha egallangan yerlarni va islohotlar 514 natijasida 30 yugerlik yerlarni o‘z egalariga xususiy mulk sifa- tida qonunlashtirdi. Islohotchi aka-uka Grakxlarning tizimli amalga oshirgan ko‘pgina tadbirlari eng jiddiy natijalarga olib keldi. Gay Grakx o‘limidan so‘ng, oligarxiya o‘z mavqeyini qisman tikladi. Suvoriy- lar sud ishlarini o‘z qo‘llarida saqlab qoldilar. Agrar islohot o‘tka- zish to‘xtatildi. Mil.avv. 121-yilda agrar islohotlar natija sida olin gan yer ulushlarini begona qilmaslik bekor qilindi. Mil.avv. 119-yilda agrar komisiya faoliyati to‘xtatildi. Mil.avv. 111-yilda plebey tribuni Spuriy Toriy qonuniga asosan fuqarolar ijara- ga olgan 500 yugergacha bo‘lgan barcha davlat yerlari xusu- siy mulk deb e’lon qilindi. Italiyada tashkil topgan 10 ming lab dehqon xo‘jaliklar o‘nlab yillar mavjud bo‘ldi. Shahar plebsiga tarqatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori o‘sdi. Ple- bey Grakxlar faoliyati senatda va siyosiy hayotda nobil larning yagona hukmronligiga putur yetkazdi. Aka-uka Grakxlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari natijasida Rimda senat, suvoriylar va barcha boy toifalarning optimatlar Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling