Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Qullar. Qulchilik Rimda eng qadimgi davrlardan mavjud
edi. Klassik qulchilik nima u? Moddiy ne’matlar ishlab chiqa- rishda dehqonchilik-hunarmandchilikda asosiy ishchi ku- chi qullar bo‘lgan iqtisodiyot klassik qulchilikning ko‘rinishi, mazmun-mohiyati bo‘ladi. Lekin qulchilik o‘z klassik shakliga Puni urushlari davrida ega bo‘ldi. Har qanday Rim istilochilik urushlari minglab kishilarni asirlikka olish va qullikka sotish bilan birga olib borildi. Ko‘pgina urushlar Rimga 100 minglab asirlarni olib kelishga sabab bo‘ldi. Karfagen yurishlaridan sarkarda, konsul Regen Rimga 20 ming asirni qul qilib jo‘nat- di. Mil.avv. 209-yilda Tarent ishg‘oli vaqtida 30 ming aholi qul qilindi. Agrigent qamali vaqtida 25 ming kishi asir olindi. Mil. 507 avv. 167-yilda Epir shahri qamal qilinganda, uning asir olingan 150 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Rimliklar Sardiniyani bosib olib, uning tirik qolgan barcha aholisini qul qilib sotdilar. Qullarning narxi tushib ketdi. «sard kabi arzon» iborasi shun- dan kelib chiqdi. Mil.avv. III asrda Rim iqtisodiyotida qullar asosiy ishlab chiqa- ruvchilarga aylanib, moddiy ne’matlarni yaratuvchi asosiy ishchi kuchi bo‘ldi. Bu ilmiy adabiyotda klassik qulchilik deb nomlan- di. Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining yirik pomeste – latifundiyalari paydo bo‘lishi bilan Italiyada qulchilik klassik shaklga kira boshladi. Yirik latufindiyalarning g‘alla va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalikka aylanishi bilan ming- lab kichik yer egalari ular bilan raqobat qila olmay, xonavayron bo‘ldilar. Qullarning mehnati juda arzon, o‘zlari esa qadrsiz edilar. Quldorlik xo‘jaligi bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashib, tobora ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qul mehnatidan keng foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy ahvoli yomonlashdi. Qul buyum va hayvonga tenglashtiril- di. Xo‘jayin qulning ustidan mutlaq hukmron bo‘lib, u qulni o‘ldirishi, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga yem qilishi mumkin edi. Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud bo‘lib, bu yerda har qanday fuqaro qulni sotishi yoki sotib olishi mumkin edi. O‘rtayer dengizidagi eng katta qul bozorlari Delos (Egey dengizi) orolida, Akvileya shaharlarida (Shimoliy-sharqiy Italiya), Tanais (Don daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud edi. Delos qul bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi. Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga qarab uning narxi o‘zgarib turar edi. Jang natijasida olingan asirlar qo‘shindagi kvestor ix- tiyoriga berilgan. Kvestor ularni kim oshdi savdosida sotar edi. Kim oshdi savdosida qul savdogarlari ularni sotib olib, keyin bozorga chiqarar edilar. Rim fuqarolarini qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yilda qa- bul qilingan senat qonuni bilan bekor qilingan edi. Biroq Itali- ya va provinsiyalarning Rim fuqaroligi bo‘lmagan aholisi uchun qarzi evaziga qul qilish o‘z kuchini saqlab qoldi. Provinsiyalar- da rimlik soliqchilar aholiga katta foizda qarz berib, ularni qul qildilar. Qullar safini to‘ldirishning yana bir manbasi ular- ni tabiiy ko‘payishi edi. Cho‘ri qullarning bolalarini ko‘payti- rish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan rag‘batlantirilar edi. Go‘dakligidan qullikda tarbiyalangan qullarning bolalari kasb-hunarga o‘rgatilgan. Qullar safini to‘ldirishning yana bir 508 manbasi dengiz qaroqchilarining dengizlarda qirg‘oqqa yaqin shahar-qishloqlarni talab, o‘z qurbonlarini qullikka sotishi edi. Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz ming qullarni bo- zorga yetkazib berar edilar. Ma’lumotli qullar yoki ma lakali qul- lar (o‘qituvchi, aktyor, oshpaz, raqqosalar)ning bahosi juda ba- land turar edi. Italiya qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib qolaver- di. Qullar asosan qishloq xo‘jaligida ishlatildi. Ulardan qishloq xo‘jaligidan tashqari tog‘-kon, metallurgiya va qurilishda foyda- lanila boshlandi. Faqat qullarga va qaroqchilarga xochga tortib o‘lim jazosi berilgan. Boshqa obro‘li jinoyatchilarning boshi kesilgan. Ozod kishilarni qiynoqqa solib, so‘roq qilish taqiqlangan. Qullarni qiynoq ostida so‘roq qilishga ruxsat etilgan. Qul uchun eng og‘ir jazo tosh konlariga, gladiatorlar maktabiga sotib yuborish edi. Rimning deyarli barcha fuqarolari qullarga ega edilar. O‘rta darajadagi fuqaroning shahardagi uylarida 5-10 ta qul, sha- har tashqarisidagi qo‘rg‘onida 15-20 ta qul ishlab turgan. Qullarni erkinlikka chiqarish faqat imperiya davrida keng tus oldi.Qul qarib qolgach, uni boqmaslik uchun ko‘chaga haydab yuborilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling