Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Sulla diktaturasining o‘rnatilishi. Spartak bosh-


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Sulla diktaturasining o‘rnatilishi. Spartak bosh-
chiligidagi qullar qo‘zg‘oloni. Rim respublikasi mil.avv. 80-
yil boshlarida Italiyada ittifoqchilik urushlari tugaganidan 
keyin moliyaviy tushkunlik, savdo-hunarmandchilik degra-
datsiyasi va ichki siyosiy beqarorlik holatida edi. Shu bilan 
bir vaqtda Pont podshosi Mitridat VI ning Kichik Osiyo va 
Bolqon yarimorolini bosib olishi Rimni sharqda urush bosh-
lashiga chaqiriq bo‘ldi. Mitridat mashhur shaxs bo‘lib, ba-
land bo‘yli, juda katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan. U 22 
tilni bilgan, har tomonlama ma’lumotli kishi edi. Mitridat VI 
Bosfor, Kolxida, Kichik Armanistonni bosib olib, rimliklar-
ning Kichik Osiyo mulklariga bostirib kirdi. Mahalliy aho-
li uni xaloskor sifatida kutib oldi. Kichik Osiyoning barcha 
shaharlarida uning topshirig‘i bilan bir kunda 30 ming rimlik 
o‘ldirildi. Mitridatga qarshi urushda qo‘shinga qo‘mondonlik 
qilish uchun birdaniga ikki sarkarda da’vogar bo‘ldi. Ulardan 
biri optimatlar yetakchisi, mil.avv. 88-yilda konsul bo‘lgan 
50 yoshli Lutsiy Korneliy Sulla edi. Ikkinchi da’vogar popu-
lyarlarning o‘tmishdagi ittifoqchisi, 6 marta konsul bo‘lgan 
shuhratparast, 68 yoshli keksa Gay Mariy edi. 
Rim qo‘shiniga qo‘mondonlik qilish senat tomonidan Lut-
sey Korneliy Sullaga (mil.avv. 138–78-yillar) topshirildi. Rim-
da xalq yig‘ini esa Sullani chetlatib, Sharqqa yurishga Gay 
Mariyni qo‘mondon etib tayinladi. Shu vaqtda Janubiy Ita-
liyada turgan g‘ayratli sarkarda Sulla o‘z qo‘shinlariga juda 
katta va’dalar berib, Rimga yurish qildi. Rim o‘zining ko‘p 
asrlik tarixi davomida birinchi bor rimlik qo‘shinlar tomoni-
dan jang bilan egallandi. Gay Mariy Afrikaga yashirinishga 
majbur bo‘ldi. Sulla o‘z qo‘shini bilan Yunonistonga yurish 
qilib, Mitridat VI qo‘shinlarini tor-mor qildi. Shu vaqtda Rim-
da to‘ntarish sodir bo‘lib, hokimiyatni yettinchi marta konsul 
qilib saylangan Gay Mariy va 4 marta konsul bo‘lgan Sinna 
egalladilar Tez orada Mariy bezgak kasalligidan vafot etdi. 
Sulla mil.avv. 83-yilda o‘z qo‘shini bilan Janubiy Italiyaga 
kelib tushdi. Fuqarolar urushining yangi davri boshlandi. Bu 
urush Sullaning g‘alabasi bilan tugadi. 
Sulla hokimiyatni bosib olgach, o‘z mavqeyini huquqiy ras-
miylashtirdi. U senatga murojaat qilib, davlatda tartib o‘rnatish 
uchun bir kishini favqulodda vakolatlar bilan ta’minlash zarur-
ligini aytdi. Komisiyalar (mil.avv. 82-yil)da oliy hokimiyat 
to‘g‘risida qonun qabul qilinib, Sullaga noma’lum vaqtgacha 


526
diktatorlik vakolatini berdi. Qonunga ko‘ra, Sulla qonunlar 
chiqarish va boshqaruvni tashkil etish uchun cheklanmagan 
vakolatlarga ega bo‘ldi. Diktator barcha sohalarda fuqarolar 
hayoti va mulkiga o‘zi xohlagancha egalik qiladi; u alohida 
kishilarga oliy hokimiyatni berishi mumkin, koloniyalar bar-
po qilishi mumkin, tashqi siyosatni olib borishi mumkin, har 
qanday muammo bo‘yicha qonunlar chiqarishi mumkin. Ilgari 
diktatura muddati qat’iy (6 oygacha) cheklab qo‘yilar edi. Sulla 
esa noma’lum vaqtgacha diktator etib tayinlandi. Sulla o‘zining 
raqiblarini bartaraf qilish uchun proskripsiya deb nomlangan 
tadbirni amalga oshirdi. Sulla tomonidan tuzilgan, mol-mul-
ki tortib olinishi kerak bo‘lgan va o‘zi xoin deb hisoblagan 
kishilarning alohida ro‘yxati (proskripsiya) shunday deb atalar 
edi. Kim bu ro‘yxatga tushgan bo‘lsa, u qonundan tashqari deb 
e’lon qilinib, har qanday kishi uni o‘ldirishi, hatto bu uchun 
mukofot olishi mumkin edi. Shu yo‘l bilan 100 senator va 2500 
suvoriy o‘ldirildi va ularning mulki musodara qilindi. O‘ldiril-
ganlarning boshi forumga qo‘yildi. Hukm qilinganlarning mul-
ki auksionda sotildi. Sullaning yaqinlari, uning ozod qullari va 
veteranlari katta mol-mulkka ega bo‘ldilar. G‘arazli maqsadlar, 
shaxsiy dushmanlik bilan ko‘pgina begunoh kishilar o‘ldirildi. 
Sulla bepul non tarqatishni bekor qildi, qarz foizlarini chek-
ladi hamda mil.avv. 241-yilda bekor qilingan senturiy komisi-
yalarini qayta tikladi. Senat tarkibiga Sulla o‘z tarafdorlaridan 
bo‘lgan 300 yangi a’zoni kiritdi. Diktator plebey tribunlari va 
komisiyalarning qonunchilik hokimiyatini bekor qilib, bu va-
kolatni senatga berdi. Sullaning maqsadi eski bo‘lib, patritsiy–
plebey aslzodalarining hokimiyatini qayta tiklash edi. 
Uning davrida senatda aslzodalar hukmronlik qila bosh-
ladilar. Sud hokimiyati suvoriylardan qaytarib olinib, senatga 
berildi. Sulla o‘rnatgan tartib-qoidalarning tayanchi uning ve-
teranlari edi. Sulla o‘zining legioner veteranlariga (harbiy xizmati 
tugagan askarlar) Italiya shaharlari va qishloqlaridan proskrip-
siya ro‘yxati bo‘yicha qatl etilgan «yangi fuqarolarning» yerlarini 
taqsimlab berdi. Veteranlar har qanday norozilikni bostirishga 
tayyor turar edilar. Lekin tez orada mil.avv. 79-yilda ko‘plar 
uchun kutilmagan holda Sulla diktatorlik vakolatini o‘zidan so-
qit qilib, hokimiyatdan chetlashdi. Diktator tuzalmas qichima 
kasalligiga yo‘liqqan bo‘lib, badaniga yiringli yara toshib ketgan 
va faqat suvda cho‘milib, bir oz orom topar edi. Sobiq diktator 
baliqchilik bilan shug‘ullanib, memuarlar yozdi. Sulla mil.avv. 


527
78-yil 60 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etdi. 
Sulla konstitutsiyasi yana 8 yil yashadi. 
Mohir sarkarda Sulla askarlari orasida katta obro‘ga ega edi. 
U xudbin, sovuqqon bo‘lib, pulga juda o‘ch edi. U ma’lumotli 
odam bo‘lib, yunon adabiyoti va falsafasini yaxshi bilgan. Bir 
qobilyatsiz shoir Sullaga bag‘ishlangan maqtov she’rini keltir-
ganda Sulla unga boshqa she’r yozmaslik sharti bilan katta 
miqdorda pul berishga buyruq beradi.
Sulla konstitutsiyasiga birinchi bo‘lib 78-yilda konsul 
bo‘lgan Mark Emiliy Lepid qarshi chiqdi. Konsullikni top-
shirib, Lepid qo‘shin to‘plab Rimga yurish qildi. Lekin Mars 
maydonidagi jangda yengildi. U Sardiniyaga qochib ketdi 
va shu yerda vafot qildi. Ikkinchi bo‘lib Sullaga qarshi mil.
avv. 81-yil Ispaniyada noiblikni topshirgan Sertoriy chiqdi. 
Kvint Sertoriy iberlar bilan yaxshi munosabatda bo‘ldi. Ibirlar
uning legionlari safini to‘ldirdilar. Sulla tartib-qoidalariga 
sodiq bo‘lgan senat unga qarshi Gney Pompey boshchiligi-
da katta qo‘shin yubordi. Mil.avv. 72-yil Ispaniyada Sertoriy 
qo‘zg‘oloni bostirildi va qatl etildi. 
Shu vaqtda Italiyani Spartak rahbarligidagi misli ko‘rilmagan 
qullar qo‘zg‘oloni qalqitib yubordi (mil.avv. 74 –71-yillar). Spar-
tak kelib chiqishi Frakiyadan bo‘lib, Rim qo‘shinida yollanma 
askar bo‘lib xizmat qiladi va xizmatdan qochadi. Keyin esa asir 
olinib, gladiatorlikka berilgan. Spartak o‘zining jismoniy kuchi
dovyurakligi uchun ozodlikka chiqadi. Kapuya shahridagi Len-
tul Batiatning gladiatorlik maktabiga qilichbozlik o‘qituvchisi 
bo‘lib ishga kiradi. Boshda Spartak qo‘zg‘oloniga ahamiyat be-
rilmadi. Sarkardalik qobiliyatiga ega bo‘lgan shijoatli Spartak 
tez orada o‘z qo‘l ostida qullardan tuzilgan 120 ming kishilik 
qo‘shin to‘pladi. Bir necha bor rimliklar ustidan g‘alaba qildi. 
Ayniqsa, Shimoliy Italiyadagi Mutina shahri yonida Spartak 
yaxshi qurollangan ikki konsul boshchilik qilgan Rim qo‘shin-
larini tor-mor qildi (mil.avv. 72-yil). Bu hol Rimni vahimaga 
tushirib qo‘ydi. 
Senat mil.avv. 72-yilda Spartakka qarshi qo‘shinga bosh-
chilik qilishni favqulodda vakolatlar bilan eng boy quldor Mark 
Krassga topshirdi. Spartak tezlik bilan Rimni chetlab o‘tib, Ita-
liyaning janubiga yurish qildi. Farazlarga ko‘ra, Spartak Sitsili-
yaga o‘tishga harakat qilgan. Spartakning Sitsiliyaga o‘tishi-
da kemalar bilan ta’minlashga va’da bergan Kilikiya dengiz 
qaroqchilari (piratlar) uni aldadilar. Qullar qo‘shini Bruttiya 


528
viloyatida qamalib qoldi. Krass bu yerda 52,5 km uzunlikdagi 
okop qazishga buyruq berdi. Spartak qo‘shinlari rimliklarning 
bu to‘siqlarini buzib o‘tib, Brundiziy portiga qarab harakat qil-
dilar. U o‘z qo‘shinini kemalar bilan Yunonistonga olib o‘tmoq-
chi edi. Tez orada Spartak qo‘shinlaridan bir necha qismlar 
ajralib ketdi. Bu Spartakning kuchini zaiflashtirdi. Krass qullar 
qo‘shinini ta’qib ostiga olib, ularning orqasidan izma-iz bordi. 
Apuliya viloyatida Krass va Spartak qo‘shinlari o‘rtasida hal qi-
luvchi jang bo‘ldi (mil.avv.71-yil). Jang boshlanishida Spartak-
ka otini minishga hozirladilar, lekin u qilichini sug‘urib otni 
o‘ldirdi. Spartak g‘alaba qilgan taqdirda eng yaxshi otlarga ega 
bo‘lishi mumkinligi, yengilgan taqdirda hech qanday ot kerak 
emasligini aytdi. Jang juda shafqatsiz bo‘lib, rimliklar g‘alaba 
qildilar. Spartak va minglab qullar bu jangda qahramonlarcha 
halok bo‘ldi. Uch yil davom etgan qullar qo‘zg‘oloni bostirildi. 6 
ming qul Kapuyadan Rimga boradigan yo‘lda xochga mixlandi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling