Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- RIM RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-SIYOSIY PAROKANDA BO‘LISHI VA RESPUBLIKANING QULASHI 1. Rim respublikasining parokanda bo‘lishi. 2. Sulla dik
- 1. Rim respublikasining parokanda bo‘lishi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Аппиан. Гражданские войны. – Л.: 1935. 2. Плутарх. Сравнительныe жизнеописания, т. 3. Биографии Тиберия и Гая Гракхов. 3. Утченко С. Л. Кризис и падение Римской республики. – М.: 1965. 4. Чиглинцев Е.А. Античное рабство как историографическая проблема. – Казан: 2000. Asosiy sanalar Mil.avv. 191– 88-yillar Ittifoqchilar urushi. Mil.avv. 138 –132-yillar Sitsiliyada qullar qo‘zg‘oloni. Mil.avv. 133-yil Tiberiy Grakx xalq tribuni etib saylandi. Mil.avv. 133-yil Rimda agrar qonun loyihasi taklif qilindi. Mil.avv. 133–121-yillar Rimda agrar harakat. 521 Mil.avv. 119-yil Rimda agrar komisiya faoliyati to‘xtatildi. Mil.avv. 111–105-yillar Yugurta urushi. Mil.avv. 105–102-yillar Kimvr-tevtonlar hujumi. Mil.avv. 104–101-yillar Sitsiliyadagi yangi qullar qo‘zg‘oloni. 522 RIM RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-SIYOSIY PAROKANDA BO‘LISHI VA RESPUBLIKANING QULASHI 1. Rim respublikasining parokanda bo‘lishi. 2. Sulla dik- taturasining o‘rnatilishi. Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni. 3. Pompeyning Sharq yurishlari. I triumvirat. 4. II triumvirat. Respublikaning qulashi. 1. Rim respublikasining parokanda bo‘lishi. Rim respub- likasi tuzumining parokanda bo‘lishi siyosiy hayotning o‘zga- rishida yaqqol ko‘rindi. Alohida shaxslar, butun-butun gu- ruhlarning siyosiy faoliyatining asosiy maqsadi hokimiyat yoki boylikka erishish edi. Pretor yoki konsul mansabini egallash uchun shahar kam- bag‘allarining ovozi asosiy rol o‘ynar edi. Shu sababli, lavozim- ga nomzodlar ularni o‘z tomonlariga ag‘darib olish uchun non, vino yoki moy tarqatish bilan ko‘p xarajat talab qiladigan o‘yin- lar, bayramlar uyushtirar edilar. Hatto saylovlarda bevosita saylovchilarning ovozi sotib olinar edi. Nomzodlar va saylovchi- lar o‘rtasida vositachilar bo‘lib, ular nomzod mablag‘idan say- lovchilarga pul va non, may tarqatib, ularning ko‘nglini olgan- lar. Saylovlarga nomzodlar oldindan tayyorgarlik ko‘rib, o‘z ta- nish-bilishlari, obro‘-e’tiborli kishilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishishga harakat qilganlar. Nomzodlar saylovlar kompaniyasi davrida o‘zlariga ittifoqchi- lar izlab, turli xil kelishuvlar va murosalarga kelar edilar. Siyo- siy kurash nutqlar so‘zlash, varaqalar tarqatish va sud da’vo- lari bilan amalga oshirilar edi. Siyosiy raqiblarga qarshi turli xil sud jarayonlari qo‘zg‘atilar va siyosiy raqib turli yo‘llar bilan obro‘sizlantirilar edi. Rim respublikasining so‘nggi davrida poraxo‘rlikning avj oli- shi, korrupsiya, ma’naviy-axloqiy buzuqlik respublika ijtimoiy hayotining aynishidan dalolat berar edi. Nobillar va suvoriylar- ga shaharning quyi tabaqalari o‘z ovozlarini saylovlarda sotish- lari odatiy hol bo‘lib qoldi. Hatto Rimning tashqi dushmanlari ham Rim lashkarboshi va siyosatchilarini sotib olishga mu- vaffaq bo‘ldilar. Yugurta o‘ziga qarshi urushga yuborilgan rim lashkarboshilariga pora berib, ularni uzoq vaqt keskin urush harakatlari olib borishdan tiyib turgan edi. Numidiya podsho- 523 si (hozirgi Mavritaniya hududi) Yugurta Rimdagi poraxo‘rlik to‘g‘risida mashhur so‘zini aytgan edi: «Rim sotqin shahar, kim- ki uni sotib olishni istasa, unga albatta erishadi». Rim respub- likasida oliy darajadagi amaldorlar uchun pora olish odatdagi hol bo‘lib qoldi. Misr podshosi Ptolemey Avlet taxtga o‘z huquqi tan olinishi uchun Sezar va Pompeyga 6000 talant miqdorida pora bergan edi. Suriyadagi noib Avl Gabiliy Ptolemeyni taxt- ga chiqarish uchun 10000 talant to‘lagan. Korrupsiya Rim su- dini ham chetlab o‘tmadi. Rimliklar Rimda mil.avv. 74-yilda- gi shov-shuvga aylangan sud ishini uzoq vaqt eslab yurdilar. Sudyalarning biri sudda boshqa sudyalarga taqsimlab berish uchun ayblovchi va ayblanuvchidan ham pora olgan edi. Rim respublikasi hukmronligining so‘nggi yarim asrida sudxo‘rlik kapitali, moliyachilar va bankirlarning soni ko‘pay- di. Sudxo‘rlik bilan nafaqat suvoriylar, balki qonun bo‘yicha rasmiy taqiqlangan bo‘lsa-da, senatorlar ham boshqalar vo- sitachiligida shug‘ullandilar. Rimga qaram bo‘lgan jamoalar, shaharlar, hatto podsholiklar ma’muriyati amalda moliyachi- lar va sudxo‘rlar bilan birgalikda mahalliy aholini talar edilar. Rimda provinsiyalar noiblari va boshqa mansabdor shaxslar- ning poraxo‘rliklariga oid sud ishlari odatdagi hol bo‘lib qoldi. Provinsiyalarni talab, boyib qaytgan noiblar to‘g‘risida «Rim- dan boy provinsiyaga qashshoq bo‘lib ketdi, qashshoq provin- siyadan boy bo‘lib qaytdi» degan ibora tez-tez ishlatiladigan bo‘ldi. Provinsiyalarning talanishi, foydali moliya operatsiyalari natijasida Rimda bu ish bilan shug‘ullanadigan kishilar qo‘lida juda katta boylik to‘plandi. Rimliklarning oldingi ajdodlari bun- day boylikni tushlarida ham ko‘rmagan edilar. Bu hali chegara emas edi. Mashhur patritsiy Lukullning boyligi 100 mln sestertsiy, Krassning boyligi 200 mln sestretsiyga baholangan. Mashhur notiq va siyosiy arbob Sitseronning boyligi 100 ming sestert- siyga yaqin edi. Rimda 100 ming sestertsiy daromad qilmagan kishini boy deb hisoblamas edilar. Juda katta boylikka ega bo‘lish bilan birga, Rimda juda ko‘p zodagonlar qarzga botgan edi. Qarz majburiyatlarining o‘sishi narx-navoning tez ko‘tarilib ketishiga, siyosiy vaziyatning beqaror bo‘lishiga olib keldi. Rim zodagonlari, siyosiy arboblar jamoa oldida obro‘sizlanmaslik uchun juda katta sarf-xarajat qilishga majbur edilar. Oila ham patriarxal ahamiyatini yo‘qotdi. Ayollar endi erga bo‘ysunish- dan bosh torta boshladilar. Nikoh ko‘p holatlarda siyosiy maq- 524 sadlarni ko‘zlab tuzila boshlandi. Rim ayollarining o‘z erlariga nisbatan xiyonati, buzuqligi odatdagi hol bo‘lib qoldi. Qulchilik munosabatlarida ham bir qancha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mil.avv. I asrning I yarmidan ba’zi qullar ozod qilina boshlandi. Qul mehnati foydasiz ekanligi yaqqol ko‘rindi. Ozod qo‘yilgan qullar tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, ularning ayrim- lari juda katta boylik, ko‘chmas mulk to‘pladilar. Rim aslzoda patritsiylar respublikasi edi. Senat a’zolari, kon- sullar, oliy amaldorlar, odatda, eng boy Rim oilalaridan sayla- nar edi. Konsul hokimiyati rimliklarning o‘zlari aytganlaridek, eng boy patritsiy oilalar o‘rtasida «qo‘ldan qo‘lga» uzatilar edi. Patritsiy oilalarning qarshiligi tufayli oddiy nomzod konsul say- lovlarida juda kam 20-30 yilda bir marta g‘olib bo‘lar edi. Aslzo- dalar bunday g‘olibni mensimasdan «yangi odam» deb aytar edilar. Italiyadagi ko‘p shaharlar, hududlar Rim davlati tarkibi- da bo‘lsalar ham ular ittifoqchilar hisoblanib, Rim fuqarosi hi- soblanmas edilar. Mil.avv. 90-yillarda Italiya aholisi fuqarolik huquqini talab qilib, qo‘zg‘olon ko‘tardi (mil.avv. 90–88-yillar). Bu urush natijasida Italiya aholisi fuqarolik huquqini oldi. Italiyada ittifoqchilar urushi tugamasdan Rimda birinchi fuqarolar urushi boshlandi. Ikki lashkarboshi zodagon Lutsiy Korneliy Sulla va oqsuyak zodagonlar uchun begona bo‘lgan «yangi odam» Gay Mariy o‘rtasidagi nizo urushning boshlani- shiga bahona bo‘ldi. Gay Mariy lotin shaharchasi Arpin yaqi- nidagi suvoriy oilasidan bo‘lib, qattiqqo‘l, adolatli odam edi. U harbiy xizmatni sidqidildan o‘tab, konsullik lavozimiga yetti marta saylandi. Mariy birinchi konsulligi davrida harbiy islohot o‘tkazdi. Ilgari 17 yoshdan 45 yoshgacha barcha Rim fuqarolari urush vaqtidagina harbiy xizmatga chaqirilar va o‘z hisoblari- dan qurol-yarog‘ olar edilar. Gay Mariy qo‘shinga kambag‘allarni ham qabul qilishga ruxsat berdi. Endilikda askarlar davlat hi- sobidan qurol-yarog‘, davlat xazinasidan maosh oladigan bo‘ldi- lar. Harbiy xizmat muddati 16 yil deb belgilandi. Shu tarzda Rim ko‘ngillilar qo‘shini muntazam qo‘shinga aylandi. Legioner endi o‘zini fuqarodan ko‘ra askar deb hisobladi. Askarlarning moddiy ahvoli davlatga va lashkarboshining saxiyligi, omadi chopishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Asta-sekin lashkarboshilarning buyrug‘i, davlat hokimiyati obro‘sidan ko‘ra muhim bo‘la bosh- ladi. Qo‘shinning Rim siyosiy hayotidagi mavqeyi kuchaydi. Gay Mariyning raqibi Lutsiy Korneliy Sulla patritsiy oilasidan kelib chiqqan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling