Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Imperium Romanum. Milodiy I asrga kelib Rim asrlar 
davomida kichik bir shahar davlatdan bepoyon hududga ega 
bo‘lgan davlatga aylandi. Bu vaqtda deyarli butun O‘rtayer den-
gizi davlatlari Rimga bo‘ysunar edi. Provinsiyalar Rim davlati-
ning bir qismi emas, balki rim xalqining pomestesi (ya’ni daro-
mad oladigan yeri) (praedia populi Romani), uning hokimiyati 
(imperium) tarqaladigan viloyatlar deb qaraldi. II asrga kelib 
qachonlardir rim hokimiyatini bildirgan Imperium Romanum 
Rim imperiyasi ma’nosini oldi; bu so‘zning ostida Rimning 
hokimiyati qamrab olgan bepoyon hudud tushuniladi. Boshda 
imperator unvoni ramziy ma’noda qo‘llanib, urushda muhim 
g‘alabaga erishgan rim qo‘shini qo‘mondonlariga berilgan. Rim 
respublikasi o‘rnida mutlaq monarxiya qaror topgach, hokimi-
yatni egallagan har bir hukmdor o‘zini harbiy qo‘shin bilan alo-
qasini ko‘rsatish uchun imperator unvonini oldi. Chunki mut-
laq monarxiyaning ishonchli tayanchi qo‘shin edi.
 Boshqaruv 
tizimi va apparati imperator qo‘lida to‘plana boshladi. Senat o‘z 
siyosiy mavqeyini yo‘qotishi bilan uning tarkibi ham o‘zgardi. 
Respublika davrida yuqori mavqega ega bo‘lgan zodagon 
oilalari fuqarolar urushi va proskripsiyalarning qurboni bo‘ldi-
lar. Qolganlari esa kambag‘allashib qoldi. Prinsipatning birinchi 
yillarida ularning o‘rnini suvoriylar, munisipiylardan chiqqan 
boy zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga 
gall qabilasi ekvlarning romanlashgan zodagonlari uchun yo‘l 
ochildi. Vespasian davrida senatga munisipiylar, koloniyalar va 
provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi. Milodiy I asr so‘nggida 


552
kelib chiqishi gallardan bo‘lgan kishilar senatga kiritildi. Keyin-
gi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan 
kelgan senatorlar, ko‘pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim 
nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan 
birga senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo‘qoldi.
Prinsepslar hokimiyatining yana bir tayanchi suvoriylar 
toifasi edi. I–II asrlarda suvoriylar savdo-moliya zodagonlari 
mavqeyini saqlab qoldi. Lekin bu davrda suvoriylar xizmatda-
gi odamlarga aylana boshladi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham 
o‘zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munisipiy-
lari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini, 
eng avvalo, boyib ketgan moliya zodagonlari, o‘rta qatlamni esa 
davlat xizmatiga ko‘tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriy-
larga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi prinseps mulk-
larining boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xiz-
mati qo‘riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian 
davrida suvoriylar prinsepsning shaxsiy devonxonasida xizmat 
qila boshladilar. Shu vaqtgacha prinsepsning shaxsiy devon-
xonasida barcha ishlarni imperatorlarning ozod qullari baja-
rar edi. Avgurt davridan suvoriylar toifasining vakili uchun eng 
oliy daraja pretor prefekti lavozimi bo‘lib, undan keyingi o‘rinda 
Misr prefekti turar edi. Suvoriylar toifasi imperator hokimiyati-
ning mustahkamlanishiga va imperator boshqaruvining oqilo-
na bo‘lishiga yordam berdi. 
Rim shaharlari budjeti turli boj to‘lovlari, ijaraga berilgan 
yerlardan olngan ijara puli hisobidan shakllantirilgan. Nerva va 
Trayan davrlarida shahar prokuratorlari lavozimi joriy qilinib
ular keng vakolatga ega bo‘lib, shahar moliyasini ham nazorat 
qilganlar. Shaharlarda shahar senati (keyinchalik kuriya deb 
atalgan), boshqaruv organi bo‘lgan ikki edil shahar obodon-
chiligi, o‘yinlar va bayram uchun mas’ullar bo‘lgan. 
Rim shahrining aholisi mil.avv. II asrda 1 mln kishi, rim 
dunyosining barcha aholisi 50-60 mln kishini tashkil etgan. 
Rim imperiya poytaxti sifatida hashamatli jamoa binolari bilan 
bezaldi. Har bir imperator o‘z nomini abadiylashtirish uchun 
terma, ibodatxona yoki zafar arki, bazilika (ayvon) bunyod qil-
di. Tomoshalarni uyushtirishga juda katta mablag‘lar sarflan-
di. Rim shahrining 200 mingga yaqin plebsi muntazam bepul 
non olar edilar; deyarli har bir imperator davrida favqulodda 
pul tarqatilar edi (congiaria). Imperiya davrida Rim olomoni-
ning asosiy talabi shoir Yuvenal aytganidek, «non va tomosha» 


553
edi. Rim plebsi sirk va amfiteatrlarda tomoshalar vaqtida ba’zi 
paytda hukmronlik qilayotgan imperatorga uning faoliyatini 
yoqlab olqishlar yoki boshqa talablarni qo‘yar edilar. Rimdagi 
ko‘pchilik plebs kambag‘al bo‘lib, o‘z patronlarining xayr-ehsoni 
bilan yashar edilar. Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy 
huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bi-
lan, ko‘pchiligi davlatdan tekin non olib, zodagonlarning uylari-
da kliyent majburiyatini bajarar edilar. Poytaxt Rim iste’molchi 
markaz bo‘lib, g‘alla Afrika va Misrdan keltirilgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling