Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Dominat davrida imperiya. 235-yilda navbatdagi im-
perator Aleksandr Sever o‘ldirilishi bilan hokimiyat uchun 


563
turli da’vogarlar o‘rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tush-
kunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichidan ham 
imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi-imperatorlar 
bir-birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda, ularning barchasi 
o‘ldirilar edi. 284-yil kuzida tarixga Diokletian nomi bilan kir-
gan illiriyalik 39 yoshli Diokl (284–305-yillar) imperator deb 
e’lon qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan 
Rim imperiyasining so‘nggi davri yoki Dominat (284–476-yil-
lar) davri boshlandi. 
Ozod bo‘lgan qulning o‘g‘li, tegishli ma’lumot olmagan, le-
kin aqlli va shafqatsiz bo‘lgan imperator Gay Avreliy Valeriy 
Diokletian hukmronligi vaqtida «dominat» (lotincha dominus 
– «janob», «xo‘jayin») nomini olgan siyosiy tizimning asoslari 
yaratildi. Diokletian va uning vorislari davrida Rim davlati-
ning cheklanmagan monarxiyaga o‘tishi tugallandi. Imper-
ator hokimiyati ilohiylashtirilib, unga iloh sifatida sig‘inish 
joriy qilindi. Unga ta’zim bajo keltirish, uning oldida tiz 
cho‘kish, boshini yerga qo‘yib yiqilish va kiyimi etagini ochish 
rasm bo‘ldi. Imperatorning ko‘pchilik oldida namoyon bo‘lishi 
haqiqiy diniy bayram, an’anaga aylandi. U hashamatli qim-
matbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimi bilan boshqalardan 
ajralib turar edi. Senat o‘z siyosiy mavqeyini yo‘qotdi. Umum-
davlat ishlari endilikda senatda muhokama qilinmaydigan 
bo‘ldi. Senat faqat sport o‘yinlari va senatorlarga tegishli 
ishlarni ko‘rib, uning qarorlarini imperator tasdiqlashi lozim 
edi. Bu davrda konsul, pretor, kvestor lavozimlari faqat faxriy 
bo‘lib qoldi.
Diokletian yirik tashkilotchi va xushyor siyosatchi bo‘lgani 
uchun bir qator provinsiyalarning separat kayfiyatlarini hisob-
ga olgan holda imperiyani 4 qismga bo‘ldi va o‘ziga uch yor-
damchi (tetrarxiya) belgiladi. Bundan tashqari, imperiya 101 
provinsiyaga bo‘linib, bir necha provinsiyalar yana kattaroq 
ma’muriy birlik – dioses (jami 12 dioses)ga birlashtirildi. 
Diokletian imperiyaning siyosiy ahvolini nisbatan barqaror 
holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani sog‘lomlashtirishga 
qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. 301-yil imperator 
Diokletian edikti bilan chayqovchilik va sudxo‘rlikka qarshi ku-
rash boshlandi. Oziq-ovqatga qat’iy baholar belgilandi. Hunar-
mand va yollanma ishchilarning ish haqining qat’iy stavkalari 
belgilandi. Pul muomalasi unifikatsiya qilindi. Provinsiyalarda 
pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda to‘laqonli tilla, kumush 


564
va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh 
qilindi. Ilgari soliqlar pul bilan emas, mahsulot bilan ko‘proq 
olinar edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya qildi. 
289–290-yillarda imperiya aholisi yalpi ro‘yxatdan o‘tkazildi. 
Ro‘yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi. 
Soliq kvotalari 5 yilda bir marta qayta ko‘rilar edi. Ekin yerlari 
va yaylov, o‘tloqlar kadastri (hujjat) tuzildi. Qishloq aholisi ekin 
yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab yer solig‘i 
to‘lar edi. Hunarmand-savdogarlar esa qator soliqlarni to‘lar 
edilar.
Diokletian juda ko‘p inshootlar bunyod qildi. Uning davrida 
saroylar, sirk, Rimda termalar, Illiriyadagi Salonika shahrida 
(hozirgi Bosniyadagi Split shahri)gi ulkan saroy ansambli bun-
yod qilindi. Diokletianning eng oxirgi tadbirlaridan biri u nas-
roniylik dinini ta’qib qildi. 303–304-yillarda keksa va kasal Dio-
kletian yordamchisi Galeriy tazyiqi ostida nasroniylarga qarshi 
o‘zini 4 ediktini (farmon) e’lon qildi. Rim imperiyasi g‘arbiy va 
sharqiy qismlarga bo‘lindi. Italiya imperiya markazi sifatida im-
tiyozini to‘la yo‘qotdi. 
II asr boshlarida Trayan davri provinsiyalarining soni 45 
ta bo‘lsa, endilikda eski bepoyon provinsiyalarni bo‘lish yo‘li 
bilan ularning soni 108 taga yetdi. Diokletian markazi Niko-
mediya bo‘lgan imperiyaning sharqiy qismini boshqardi. 
Markazi Mediolan (Milan, Shimoliy Italiya) bo‘lgan imperiya-
ning g‘arbiy qismini Maksimian boshqaruviga topshirdi. Dio-
kletian va Maksimian «Avgust» unvonini olib, o‘zlariga yor-
damchi belgilab, ularga «Sezar» unvonini berdilar. Sezarlar-
ni Avgustlarning avlodi hisoblagan Diokletianning fikricha, 
bunday tartib imperiya birligini saqlashga yordam berishi, 
viloyatlarda hokimiyatning zo‘ravonlik bilan tortib olinish im-
koniyatiga yo‘l qo‘ymasligi va shuningdek, Rim davlat chega-
ralarini qo‘riqlashni osonlashtirishi lozim bo‘lgan. German 
qabilalarining Rim hududiga doimiy ravishda bostirib kirishi 
harbiy islohot o‘tkazishga majbur qildi. 
Qo‘shinning soni ko‘paytirildi. Endilikda yirik yer egalari 
kolonlar va ozod bo‘lgan qullardan jangchilar berishga maj-
bur edilar. Harbiy xizmatga german qabilalarining qismlari 
– federatlar qabul qilina boshlandi. Bundan tashqari, qo‘shin-
ning tezkor harakat qilishini ta’minlash uchun qo‘shin che-
gara qo‘shinlari va harakatdagi qo‘shinlarga bo‘lindi. Chegara 
qo‘shinlari imperiyaning mustahkamlangan qal’alari va che-


565
garalarida joylashtirildi. Harakatdagi yoki zaxiradagi qo‘shin 
urush xavfi bo‘lgan chegara hududiga yuborish uchun doimo 
jangovar holatda saqlab turildi. Davlat hokimiyati narx-na-
vo va ish haqining o‘sishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi. Bir 
vaqtning o‘zida soliq va pul islohotlari o‘tkazildi va natijada 
ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf etildi. III 
asr oxiri IV asr boshlarida o‘tkazilgan ma’muriy-harbiy va 
iqtisodiy islohotlar ulkan Rim davlatining umrini yuz yildan 
ko‘proq vaqtga uzaytirdi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling