Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Дилигенский Г. Г. Северная Африка в IV–V вв. – М.: 1961.
2.Грант М. Римские императоры. Биографический справочник 
правителей Римской империи. 31 г. До н.э. – 476 г. н.э. – М.: 1998.
3. Грант М. Цивилизация древнего Рима. – М.: 2003.
4. Казаков М.М. Xристианизация Римской империи в IV в. – 
Смоленск: 2002.
5. Корсунский А. Р., Гюнтер Р. Упадок и гибель Западной 
Римской империи и возникновение германских королевств (до 
середины IV в.). – М.: 1984.
Asosiy sanalar
199-yil
Imperatorlik taxti uchun fuqarolar urushi
bo‘lib o‘tdi.
193–235-yillar
Severlar sulolasining asoschisi Septimiy 
Sever hukmronligi.
235-yil
Imperator Aleksandr Severning vafoti.
III asrning 60-yillari
Galliyada dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi.
III asrning 70-yillari
Imperator Avrelian Rimga bo‘ysunishdan 
bosh tortgan Galliya va Misrda Rim 
hokimiyatini qayta tikladi.
337-yil
Imperator Konstantin vafoti.
476-yil
G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi.


573
QADIMGI RIM MADANIYATI
1. Din. 2. Huquq. 3. Adabiyot. 4. Me’morchilik va haykalta-
roshlik. 5. Ta’lim va fan. 6. Tarix.
Qadimgi Rim madaniyati o‘ z taraqqiyotida bir necha 
bosqichlarni bosib o‘tdi. Rim Italiya, Yunoniston va Sharq 
mamlakatlarining nisbatan yuqori rivojlangan madaniy yu-
tuqlarini o‘zlashtirib oldi. Rim madaniyati asra-sekin shakllan-
di va nihoyasida yuqori darajada rivojlangan madaniy-ma’naviy 
yutuqlarni o‘zida aks ettirdi. Respublika davridagi Rim madani-
yati imperiya davri Rimi madaniyatining asosi bo‘ldi.
1. Din. Rimliklarning an’anaviy e’tiqodida totemizm, fetishizm 
va animizmning qoldiqlari mavjud edi. Rim dinida urug‘ va oila 
e’tiqodlari muhim o‘rin tutar edi. Har bir uyda oila e’tiqodining 
markazi o‘choq, bosh oilaning otasi kohin edi. Har bir kishi-
da o‘zining ruhiy homiysi bo‘lib, u erkaklarda geniy, ayollarda 
yunona edi. Rimliklarning e’tiqodiga ko‘ra, vafot etgan ajdodlar 
xudo-homiylarga aylanar edilar. 
Rimliklarda har biri qandaydir bir aniq funksiyani ba-
jaradigan kichik xudolar juda ko‘p edi. Misol uchun, xudo 
Forkul uy eshigi qo‘riqchisi, Liment ostona, Kardiya eshik 
zulfinlarining qo‘riqchisi edi. Lekin asosiy e’tiqod qilinadigan 
qudratli xudolar alohida o‘rin tutar edi. Ularning orasida eng 
birinchisi chaqmoq xudosi Yupiter bo‘lib, uning ibodatxona-
si Kapitoliyda Tarkviniy Mag‘rur davrida qurilgan edi. Uning 
xotini Yunona nikoh va onalik hamda ayollar homiysi edi. 
Ularning qizi Minerva – hunar, san’at va urushlar ma’budasi; 
Vesta – fuqarolik jamoasi homiysi va uy o‘chog‘i ma’budasi; 
Mars – urush xudosi; Yanus – o‘tmish va kelajak, kirish va 
chiqish, boshlanish va tugallanish, ikkiyuzlamachilik xudo-
si; Venera – sevgi va hosildorlik ma’budasi; Serera – ekinlar 
va hosil ma’budasi; Neptun – dengiz xudosi; Merkuriy – savdo 
va o‘g‘rilar homiysi; Vulkan – temirchilar xudosi; Pluton – na-
rigi dunyo zulmat xudosi; Baxus – vinochilik xudosi; Diana 
– oy va ovchilik xudosi; Silvana – o‘rmon xudosi va boshqa-
lar. Rimliklar biror-bir muhim ishni boshlashdan oldin bu 
ish to‘g‘risida xudolar irodasini bilmasdan boshlamaganlar. 
Shu sababli avgurlar (kohinlar) qushlarning uchishi va o‘zini 


574
tutishi, qurbonlikka keltirilgan hayvonlarning ichki organ-
lari (ayniqsa, jigari)ga, yashin chaqnashiga qarab, xudolar-
ning irodasini o‘qiganlar. Har bir toifa ma’lum bir ma’budga 
e’tiqod qilgan (suvoriylar – otliq Neptun va Diosnuraga, ple-
beylar Sestsera, liber, liberaga), alohida kasblar (savdogar-
lar – Merkuriyga, hunarmandlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar 
– Minervaga) sig‘inganlar. Har bir familiya – oila o‘z homiy 
xudosiga ega bo‘lgan. Fuqaro diniy marosimlarda ishtirok 
etishga majbur edi. 
Rim e’tiqodiga etrusk va yunon e’tiqodi qarashlari ham o‘z 
ta’sirini o‘tkazdi (Yunona, Minerva, Vulkan). Etrusklardan 
hayvonlarning ichki a’zolariga qarab fol ochish o‘zlashtirib 
olingan edi. Mil.avv. III asrdan rimliklar o‘z xudolarini yunon 
xudolari bilan tenglashtirgan edilar: Yupiter – Zevs, Yunona – 
Gera, Minerva – Afina, Mars – Ares, Venera – Afrodita, Serera 
– Demetra, Merkuriy – Germes, Baxus – Dionis. Rim e’tiqodi 
diniy qonun-qoidalariga rasman rioya qilish bilan cheklan-
gan bo‘lib, chuqur diniy his-tuyg‘udan mutlaq mahrum edi. 
Kohinlar odamlar va xudolar o‘rtasidagi vositachi rolni o‘ynar 
edilar. 
Mil.avv. III–I asrlarda Italiyaga sharqdan Serapis, Isida,
Mitra va boshqa diniy e’tiqodlar kirib keldi. Rim imperiyasi-
ga turli Sharq e’tiqodlari – Misrdan Isida, O‘rta Sharqdan 
zardush tiylik ilohi Mitra va boshqa ilohlar kirib keldi. Pompey-
ning sharq yurishlari bilan Mitraga sig‘inish Rim shahri, Bri-
taniya va Dunay bo‘ylarida tarqaldi. Mitraga sig‘inuvchilar 
kohinlar boshchiligida jamoalar tuzdilar. G‘orlar va yer osti 
galereyalarida Mitraga sajda qilib, uning marosimlari o‘tka-
zildi. Mitraga qurbonlik qilinadigan bunday inshootlar Mitre-
um deb atalib, ular butun imperiya bo‘yicha tarqalgan. Mit-
raga sig‘inish III asrning II yarmida imperatorlar Diokletian 
va Maksimian davrida keng tarqaldi. Imperator Maksimian 
harbiy yurishlari vaqtida Mitraga davlat homiysi deb hurmat bajo 
keltirdi. 
Rim jamiyatining mafkuraviy tushkunligi ifodasi sifatida 
nasroniylik e’tiqodi milodiy I asrda Rimning Yahudiya provin-
siyasida paydo bo‘ldi va II asrdan tez tarqala boshladi. Eski 
diniy e’tiqodlar, ma’bud va ma’budalar, ularning marosimlari 
jamiyatning ma’naviy ehtiyojini qondirmadi. Nasroniylik ham 
shu tarzda kirib keldi. Yangi e’tiqod dastlab kambag‘allar va 
qullar orasida tarqaldi. Uning rasm-rusumlari sodda, tenglik 


575
va u dunyoga ishonch bilan odamlarni o‘ziga jalb qilar edi. 
Rasmiy hokimiyat nasroniylarga shubha bilan qarab, ularni 
ta’qib qildi. II asrdan nasroniylik aholining turli qatlamlari 
orasida jadal tarqaldi. Bu e’tiqodning kuchli tashkiloti shakl-
landi. Hukmron tabaqa asta-sekin yangi e’tiqodning davlat 
hokimiyatiga foydasini tushunib yetdi va uni rasmiy din sifa-
tida e’tirof etdi. Imperator Konstantin 313-yilda o‘zining Mi-
lan edikti (qonuni) bilan nasroniylik diniga e’tiqod qilishga 
ruxsat berdi. Kostantin 330-yilda nasroniylikni qabul qildi. 
Imperator Feodosiy 381-yilda nasroniylikni davlat dini deb 
e’lon qildi.
Davlat hokimiyati diniy e’tiqodga katta e’tibor berar edi. 
Kohinlar davlat xizmatchilari hisoblansa-da, lekin hech qa-
chon qadimgi Sharqdagidek alohida toifaga birlashmagan 
edilar. Rimda bir qancha kohinlik kollegiyalari mavjud edi. 
Kohinlar elitasi oliy
 pontifik (barcha ilohiy va insoniy ishlar 
sudyasi), pontifiklar kollegiyasining bevosita rahbari va uch 
bosh flamin (ular Yupiter, Mars va Kvelin e’tiqodlarini bosh-
qarar edilar)dan iborat edi. Pontifiklar dastlab 6 ta bo‘lib, 
Sezar davrida 16 taga yetdi. Ular diniy marosimlarning qat’iy 
bajarilishini nazorat qilar edilar. Oliy pontifik taqvim tuzib, 
diniy bayramlar o‘tkazilishiga mas’ul edi. Unga 15 flamin 
bo‘ysunib, flaminlar alohida xudolarga qurbonlik keltirar 
edilar. Avgurlar fol ochish bilan shug‘ullanar edilar. Rim 
diniy kalendarida 70 ga yaqin diniy bayramlar mavjud edi. 
Bu bayramlar mo‘l-ko‘l qurbonlik keltirish, marosimlar va 
quvnoq tomosha – bazmlar bilan tantanali o‘tkazilar edi. Res-
publikaning oxirida bayramlar bir yilda 115 kunni tashkil 
qilgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling