Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Me’morchilik va haykaltaroshlik. Rim me’morchiligi va
haykaltaroshligi yunon va etrusklarning kuchli ta’siri ostida rivojlandi. Rimliklar etrusklardan qurilish texnikasining ba’zi usullarini o‘zlashtirib oldilar. Mil.avv. 312-yilda senzor Appiy Klavdiy Seka davrida, rimliklar ilk bor tosh to‘shalgan Appiy yo‘lini qurdilar. Odatda, rimliklar yo‘llarni 5 qatlamli tuzilma bilan qurar edilar. O‘sha 312-yilda rimlik muhandislar Rim- ning suv ta’minotini yaxshilash uchun arkli suv quvurlari – akveduklarni qura boshladilar. Mil.avv. II asrda beton kashf qilindi. Binolar qurilishida g‘isht, tuf, travertin va marmar ishlatila boshlandi. Rim qurilish san’atining ko‘p asrlik tajribasi Mark Vitruviy Pollionning 10 jildlik «Arxitektura to‘g‘risida» (mil.avv. I asrda) asarida umum- lashtirildi. Bu vaqtda Rimda ko‘p qavatli uylar, ko‘priklar, ter- 580 malar, zafar arklari qurildi. Mil.avv. 55-yilda Mars maydonida toshdan qurilgan birinchi amfiteatr – «Pompeya» qurildi. Respublika davrida Rimning jamoatchilik markazi forum bo‘ldi. Bu yerda davlat xazinasi va arxivi (Tabulyariy), notiqlar minbari (Rostra), senat majlislari o‘rni (Kuriya), davlat qamoq- xonasi (Tullianium) binolari qurilgan edi. Ellin davrida Rim yunon haykallari va boshqa san’at asarlari bilan bezatila bosh- landi. Imperiya davrida forum, ibodatxona , bazilika, portik, za- far arklari, me’morial kolonnalar va otliqlar haykallari bilan be- zatildi. Ularning ichida hashamatli Trayan kolonnasi va forumi ajralib turadi. Imperator Adrian barcha xudolar ibodatxonasi Panteonni bunyod qildi. Ulkan gumbaz diametri 9 metr bo‘lgan aylana teshigi bilan tugaydi. Bu teshik orqali quyosh nurlari pastga g‘aram bo‘lib tushib, marmar polda sinib, atrofga mayin va bir tekis yorug‘likda taraladi. Rim hammomlari (Terma) Rim davlatining ilk davrida gigi- yenik maqsadlarda qurilgan, keyinchalik katta hajmdagi ajo- yib inshootlarga aylangan. Inshoot sovuq, iliq va qaynoq, bug‘ hammomlari, gimnastika zali, gimnasion, kutubxona, sayr uchun xiyobonlar va hatto rasm galereyasidan iborat bo‘lgan. Imperator Karakalla hammomi (terma)da bir vaqtning o‘zida 2500 kishi yuvinishi mumkin bo‘lgan. Konstantin davrida bun- day hammomlar Rim shahrida 10 ta bo‘lgan, kirish uchun oz haq to‘langan. Rimliklar jamoa binolarini qurishdan oldin, ulkan tosh akveduk – vodoprovodlarni qurdilar. Mil.avv. IV asr oxirida Ap- pey Klavdiy o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan vodoprovodni o‘tka- zib, birinchi sun’iy yo‘lni bunyod qildi. Imperiyada 372 yo‘l bo‘lgan, yo‘lning kengligi 8 metr bo‘lib, tosh parapet har bir cha qirimda ustunlar qo‘yilgan. Rimda 9 ta tosh ko‘prik quril- gan. Ispaniyada imperator Trayan qurgan uzunligi 180 metr bo‘lgan ko‘prik hozirgacha saqlanib qolgan. Imperator Vespasian Rim shahrida milodiy 70-yilda sun’iy ko‘l o‘rnida ulkan amfiteatrni (keyinchalik u Kolizey deb ataldi) qurishni boshladi. Qurilishda Rim aholisining 25 % ishtirok etdi. 690-yilda qo‘zg‘olon ko‘targan Yahudiya qo‘zg‘oloni bostirilib, Ierusalimning xazinasi Rimga olib ke- lindi. Asir olingan 30 ming yahudiy qullikka sotildi. Impera- tor hunarmandlar uyushmasi ko‘magida yuqori ma lakali hu- narmandlarni qurilishga jalb qildi. Xomashyo sifatida tosh, tuf ishlatildi. Qurilishning beshinchi yilida vulqon qumi va 581 ohak qo‘shib, sement hosil qilindi, u toshdan yengil bo‘lib, Kolizeyning arklari ham juda yengil qurildi. Arklar ning birinchi qavati toshdan bo‘lib, keyingi qavatlar ohaktosh va sementdan k’otarildi. Qizil rangli g‘isht kashf qilindi. 200 ming tonna ohak tashib kelindi, I mln dona g‘isht ishlatildi. G‘isht zavodlari qurilib, ular tinimsiz konveyer usulida ish- latildi. Qurilishning o‘ninchi yili imperator Vespasian vafot etdi. Uning vorisi imperator Tit qurilishni ikki yil muddat- da tugatdi. Ulug‘vor inshootning balandligi 50 metr bo‘lib, 80 minggacha tomoshabin kirishi mumkin edi. Amfiteatrda tomoshabin senatorlar, suvoriylar o‘tiradigan lojalar, keyin oddiy fuqaro uchun oxirgi yog‘och o‘rinlarda eng kambag‘al- lar o‘tirar edi. Amfiteatrda beshta kirish yo‘li bo‘lib, har bir kirish ma’lum bir ijtimoiy qatlamga mo‘ljallangan. Kirib joy- lashuv yarim soat vaqtga mo‘ljallangan bo‘lib, kirish uchun bir necha yo‘laklar qilingan edi. Rimliklar mohir kemasozlar bo‘lganlar. Karfagenning den- gizdagi cheksiz hukmronligi, etrusklarning dengiz raqobati- da yengilishi rimda kemasozlikning jadal rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Rim shahrining o‘zida ko‘p qirrali Ostiya dengiz porti qu- rildi. Ostiya porti verflar (kema quriladigan, ta’mirlanadigan), doklar (port xo‘jaligi), omborlarga ega edi. Imperiya davrida dengiz bo‘yidagi har bir shaharning o‘z flotiliyasi bor edi. Den- giz portlari, gavanlar yaxshi jihozlangan edi. Fortifikatsiya in- shootlari ham mustahkam bunyod qilinib, muntazam ta’mirlab turilgan. Boy rimliklarning hashamatli saroylari marmar kolonnalar, san’at asarlari, mozaika, haykallar bilan bezatilgan va isit- gichlarga ega edi. Kambag‘al fuqarolar esa ko‘p qavatli, hech qanday qulayliklarga ega bo‘lmagan, rejasiz qurilgan uylarda yashar edilar. Rim san’atining eng katta yutuqlaridan biri haykal-portret- lar edi. Yunon haykallari barkamol fuqaro obrazini yaratgan bo‘lsa, Rim haykalida odamning o‘zi aynan ko‘rinishida bunyod qilingan edi. Qadimgi odatga ko‘ra, rimliklar uylarida ajdodlarining mum niqoblarini saqlar edilar. Ilk davrda etrusklar jez haykallarni yaratdilar. Mil.avv. I asrdan jezning o‘rniga marmar ishlatila boshlandi. Rim haykaltaroshligining so‘nggi respublika asar- laridan «Orator», «Togatus», «Brut» haykallari, Mariy, Pompey, Sitseron, Kichik Katon va Sezarning byustlarini ko‘rsatish 582 mumkin. Bundan tashqari, ko‘pgina imperator va malikalar, amaldor, sarkarda, shoir va faylasuflarning marmar byustlari saqlanib qolgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling