Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 
2. Huquq. Rim huquqi antik sivilizatsiyaning eng katta yu-
tuqlaridan bo‘lib, asrdan-asrga yuridik tafakkurning klassik 
namunasi bo‘ldi. Rim huquqining manbalarini odatdagi 
huquq, senat qabul qiladigan qonunlar, magistratlarning 
ediktlari va yuristlarning faoliyati tashkil qilar edi. Rim ta-
rixida huquqiy normalarni kodifikatsiya qilish natijasida XII 
qonunlar jadvali yaratildi.
 Mil.avv. 366-yilda xususiy kishi-
lar o‘rtasidagi huquqiy qarama-qarshiliklarni tartibga solish 
uchun Rimda shahar pretori lavozimi joriy etildi. Pretorlar-
ning yuridik amaliyotidan fuqarolik prosessual
 huquqi paydo 
bo‘ldi. Kvent Musey Stsevola (mil.avv. 159–83-yillar) o‘zining 


576
«Sivil huquqi» asarida O‘n ikki jadval qonunlarini sharhlash 
bilan birga vasiyatlardan boshlanib, jarayon bilan tugaydigan 
rim huquqining to‘la tizimini yaratdi. Mashhur huquqshunos 
Kvent Servidey Stsevola mil. II asr oxiri – III asr boshlarida 40 
ta kitobdan iborat «Digest», 6 kitobdan iborat «Javoblar», 20 ki-
tobdan tashkil topgan «Savollar» tuzdi. 
I–III asrlar Rim huquqi tarixi davrida klassik davr hisobla-
nadi. Rim imperiyasida 212-yilgacha huquq va sud amali-
yotining ikki shakli: kvirit (Rim) huquqi va xalqlar huquqi 
mavjud edi. Bundan tashqari, ba’zi provinsiyalarda mahalliy 
huquqiy tizimlar va Rim noiblarining ediktlari amal qilar edi. 
Imperator Adrianning abadiy ediktini e’lon qilinishi imperiya 
hududida yagona huquqiy kenglikni yaratish yo‘lidagi muhim 
qadam bo‘ldi. II asrning ikkinchi yarmida Gay 4 jilddan ibo-
rat huquq darsligi (institutsiyalar) to‘plamini tayyorladi. II asr 
oxiri III asrning boshlarida mashhur huquqshunoslar Emiliy 
Papian, Domisiy Ulpian va Yuliy Pavel faoliyat ko‘rsatdilar. 
429–438-yillar imperator Feodosiy II buyrug‘i bilan «Feodosiy 
kodeksi» nomi bilan imperator qonunlari to‘plami tayyorlan-
di. 529-yilda «Yustinian kodeksi», 533-yilda «Digetslar» – Rim 
huquqshunoslarining asarlaridan olingan ma’lumotlar to‘pla-
mi 50 jildda e’lon qilindi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling