Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Ta’lim va fan. Rimda ta’limning birinchi bosqichi maktab
edi. Maktablar xususiy bo‘lib, davlat ta’lim jarayoniga aralash- mas edi. Maktabda ishi yurishmagan, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan kimsalar ham dars bergan. Boshlang‘ich maktabda 7-12 yoshli bolalar o‘qish-yozish, og‘zaki sanashga o‘rgatilar, o‘qish faqat bir semestrni tashkil etgan. Keyingi o‘qish pullik edi. O‘rta maktabda olimlar, yozuvchi va adabiy tanqidchilar (ko‘pincha ozod bo‘lgan qul – yunonlar) grammatikani o‘qitar edilar. Boy oilalarda bolaga 7 yoshidan yollangan qul-pedagog dars bergan. O‘smirlar 12-16 yoshda grammatika va adabiyotni o‘qitadigan maktabga borganlar. Bundan tashqari logika, arif- metika, geometriya, astronomiya fanlari va musiqaning ayrim unsurlarini o‘rganganlar. 16 yoshdan o‘smirlar notiqlik san’ati bo‘yicha notiq o‘qituvchilardan saboq olganlar. Notiqlik san’ati taniqli huquqshunosning rim huquqidan mashg‘ulotlari bilan to‘ldirilgan. Imperiya davrida o‘qituvchilar, ayniqsa, notiq-ritor- lar professor deb aytilgan. Rimlik notiqlik o‘qituvchisi Kvinti- lian (milodiy I asr) birinchi professor bo‘lgan va 68-yildan davlat ish haqi to‘lagan. O‘rta asrlarda professor unvoni universitet o‘qituvchilari – doktor, magistrlarga oliy malaka unvoni sifatida berilgan. Antik davrda notiqlik maktablari mashhur bo‘lib, 15-16 yosh- li qobiliyatli o‘quvchilar notiqlik san’atini o‘zlashtirganlar. Im- periya davrida siyosiy notiqlarga o‘rin qolmagani uchun notiq- lik maktablari faxrli va daromadli kasb bo‘lgan advokatlarni tayyorladi. Rim imperiyasining madaniy markazlari Rim, Alek- sandriya, Pergam, Rodos, Afina va Massiliya shaharlari edi. Bu shaharlarda kutubxonalar, teatrlar va maktablar mavjud edi. Har bir shaharning o‘z madaniy muhiti bo‘lib, Rim shahri madaniyati inshootlariga taqlid qilinib, hashamli jamoa in- shootlari barpo qilingan. Tabiiy fanlar rivojlanib, qator ilmiy asarlar yozildi. Texnik bilimlarning nazariy asoslari yaratildi. Vitruviyning 10 jildli «Arxitektura to‘g‘risida», Sekst Yuliy Frontinning «Akveduklar to‘g‘risida», Aleksandryalik Geronning «Mexanika» asarlari- da texnika sohasining nazariy asoslari tavsiflandi. Tiniq shi- sha kashf etilib, shishasozlik sohasi rivojlandi. Binolarni isi- tish tizimi yaratildi. Qurilishda sement kashf qilinib, qishloq 583 xo‘jaligida suv tegirmonlari, vintli press va hosilni o‘radigan mexanizm ixtiro qilindi. Strabonning 17 jildli «Geografiya»si, Pomponiy Melaning «Yer tuzilishi to‘g‘risida» nomli 3 jildli kito- bi, Klavdiy Ptolemeyning «Geografiya bo‘yicha yo‘riqnoma» nom- li 8 jildli asari, Kvintilinning «Notiqni o‘qitish» 12 jildli notiqlik nazariyasi to‘plami, Kolumellaning astronomiya bo‘yicha «Qish- loq xo‘jaligi to‘g‘risida» nomli 12 jildli asarlari fan taraqqiyoti- ning katta yutuqlari edi. I asr o‘rtalarida Katta Pliniy (24–79-yil- lar) o‘zining 37 jildli «Tabiatshunoslik» asarini yozdi. Bu asar ensiklopedik mazmunda bo‘lib, fizika, geografiya, botanika, zoologiya, mineralogiya va boshqa fanlar bo‘yicha ma’lumotlar beradi. Fiziolog Klavdiy Galen (129–199-yillar) va akusher ham- da pediatr Soran shuhrat qozondilar. Avl Korneliy Sels Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling