Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Rimliklarning turmush tarzi. Boy rimliklar hashamatli uy-
larda yashaganlar. Bu uylarning pollariga mozaika qoplanib, devorlari ga tasvirlar tushirilgan. Faqat boylargina o‘z xususiy uylariga ega bo‘lganlar. Qolgan rimliklar ko‘p qavatli uylarda ijarada yashaganlar. Har bir rim shahrida hammomlar (terma), jamoat ho- jatxonalari bo‘lgan. Hammom nafaqat cho‘milish joyi, balki uchrashuvlar, bitimlar tuziladigan, sport bilan shug‘ullanadi- gan joy ham bo‘lgan. Teatrlarga borish rimliklarning sevimli ishi bo‘lgan. Rimliklar hayotida oila muhim o‘rin tutgan. Oila- ning boshlig‘i – pater (ota) katta hokimiyatga ega bo‘lgan. Qizlar 13 yoshda, o‘g‘il bolalar 14 yoshda unashtirilgan, o‘rtacha umr ko‘rish – 50 yoshga bormagan. Rim shifokorlari fanni yaxshi bilmaganlar. Kasallar shifokor- ning kundalik tajribasi, xudoga ishonish va sehr-afsun bilan davolangan. Ko‘pchilik tabiiy vosita va dorilar o‘rniga qadim- gi sharqdan kirib kelgan davolash ma’budi Eskulabga sig‘in- gan. Jarrohlar, doyalar, stomatologlar, ko‘z kasalligi bo‘yicha vrachlar bo‘lgan. Jarrohlar yaralarni, singan suyaklarni, hat- to bosh miya qopqog‘ini ochib jarrohlik amaliyoti o‘tkazganlar. Jarrohlik amaliyoti vaqtida og‘riqni qoldirish uchun ko‘knori- ning suti ishlatilgan. Rimliklar azart o‘yinlarini yaxshi ko‘rganlar. Ular ot poy- galari, xo‘roz urushtirishlar va kubik tashlashga pul tikkanlar. 586 Lekin azart o‘yinlar bayramlardan tashqari paytda qonun bilan taqiqlangan. Rimlik boy ayollar uchun yuz oqartirish rusm bo‘lgan. Shu sababli yuzni oqartirish uchun unga bo‘r yoki hatto zaharli oq qum ishqalangan. Ayollar sochlarini turmaklaganlar, er- kaklar sochlarini kalta qirqib, yuzlarini silliq qilib qirib yur- ganlar. Rimliklarning ko‘p kiyimlari jundan qilingan. Hind ip ma- tolari, xitoy ipagi juda siyrak va nodir hisoblangan. Odatda, ko‘pchilik ko‘ylak – tunika kiygan. Obro‘li fuqarolar 6 metr- li matodan toga kiyganlar. Qizlar turmushga chiqquncha oq rangda kiyinganlar, keyin esa yorqin bo‘yalgan kiyim kiygan- lar. Senatorlar qizil yo‘l o‘tgan toga kiyganlar. Diktator ham shunday kiyim kiygan. Hokimiyatning boshqa vakillari: pre- tor, sudya, kvestor-xazinachilar, senzorlar ham oq toga kiy- ganlar. Rimda kun 12 soatdan tashkil topgan. Boylar so‘rida yon- boshlab ovqatlanganlar. Rimliklar ovqatni qo‘l bilan yegan- lar. Sanchqi keyinroq 1400-yillarda paydo bo‘lgan. Angliyada XVII asrda ham sanchqi bo‘lmagan. Qoshiq kamdan-kam ish- latilgan. Nonning qattiq joyi qoshiq bilan bosilgan. Boy rimlik uchun nonushta non hamda suv aralashtirilgan vino, ba’zi- da asal, pishloq va mevalardan iborat bo‘lgan. Kambag‘alning nonushtasi bo‘tqa yoki bir parcha non va nordon vinodan ibo- rat bo‘lgan. Tushlik issiq yoki yaxna taomlar, baliq, meva, non va vinodan tashkil topgan. Asosiy ovqat kechki ovqat bo‘lgan. Taom salat yoki chig‘anoqlardan boshlanib, cho‘chqa, buzoq, tovuq yoki g‘ozning qovurilgan go‘shti hamda dissertga me- vali yoki asalli pecheniy yeyilgan. Mehmonlar ziyofatdan qol- gan har qanday yog‘li bo‘laklarni uyga olib ketishlari mumkin bo‘lgan. Dafn. Rimda mayitlar gulxanda yoqilgan. Rimliklar mayit- lar tiriklarning ishlariga ta’sir qiladilar, o‘zlari uchun belgi- langan udumlarga tirik qarindoshlar mensimay qarasa o‘ch oladilar, deb hisoblaganlar. Vafot etgan ota o‘g‘illari uchun xudoga aylangan. O‘g‘il dafn gulxanidan otasining suyagini ko‘tarib, o‘lgan otasi xudoga aylanganini e’lon qilgan. Erkak- lar togasini kiymagan o‘smirlar hech qanday marosimsiz tuproqqa dafn qilingan. Rim qonuniga ko‘ra, dafn marosimi va krematsiya shahar devoridan tashqarida o‘tkazilgan. Rim- 587 liklar qabrlar ustida ajoyib yozuvlar bilan sag‘ana va mavzo- leylar barpo qilganlar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling